“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (220-son)
17.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga muvofiq xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish orqali Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishni axborot xavfsizligini taʼminlagan holda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) “Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) texnik topshiriqlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov savdolari natijasiga koʻra “Winncom Technologies Corp” kompaniyasi (AQSh) gʻolib deb topilganligi;
b) loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari boʻyicha umumiy qiymati 25 920,4 ming AQSh dollariga, shundan investitsiya davridagi moliyaviy va boshqa xarajatlar uchun 5 973,4 ming AQSh dollariga hamda jami 19 947,0 ming AQSh dollariga teng quyidagi:
“Oʻzbektelekom” AK BNG va DPI qurilmalarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4 974,1 ming AQSh dollarilik;
“Oʻzbektelekom” AK maʼlumotlar uzatish tarmogʻining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4 990,7 ming AQSh dollarilik;
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazini oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4 985,7 ming AQSh dollarilik;
“Oʻzbektelekom” AK maʼlumotlar uzatish yadro tarmogʻida xizmatlar koʻrsatishning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4 996,5 ming AQSh dollarilik mashina va uskunalar xarid qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasi boʻyicha AT “Aloqabank” kreditini qaytarish prognoz grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar umumiy qiymati 25 920,4 ming AQSh dollariga teng loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
AT “Aloqabank”ning umumiy qiymati 19 947,0 ming AQSh dollari miqdoridagi krediti;
“Oʻzbektelekom” AKning 5 973,4 ming AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbektelekom” AK AT “Aloqabank” kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro organi hisoblanadi;
AT “Aloqabank” kreditini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar va unga hisoblangan foizlar “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-aprel,
220-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-apreldagi 220-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan AT “Aloqabank” krediti Oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari 25 920,4 19 947,0 5 973,4 2. Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami ming AQSh dollari 25 920,4 19 947,0 5 973,4 shu jumladan: Mashina va uskunalar erkin almashtiriladigan valyutada ming AQSh dollari 19 947,0 19 947,0 Investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 696,6 696,6 Boshqa xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 5276,8 5276,8 3. Tashkilotning quvvati, shu jumladan: Xalqaro axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga umumiy kirish tezligi 1 800 Gbit/sga yetkaziladi, yillik ishlab chiqarish hajmi; Sotish hajmi — 1 530 Gbit/s, taxminiy yillik eksport hajmi. Xizmatlar eksporti — 80 Gbit/s 4. Tashkil �tiladigan ish oʻrinlari – 5. Loyiha oʻzini oqlashi muddati 6 yil 6. Investitsiya davrining davomiyligi 6 oy 7. Yaratilgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 21 946,5 ming AQSh dollari ekv. 8. Kreditni qaytarish muddati, valyutada 5 yil
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-apreldagi 220-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasi boʻyicha AT “Aloqabank” kreditini qaytarish prognoz grafigi
Kredit summasi — 19 947 006 AQSh dollar Kreditni qaytarish muddati — 5 yil Imtiyozli muddat — 2 yil Foiz stavkasi** — 7,0% (yillik) AQSh dollari Toʻlash muddatlari Kredit qoldiqlari Asosiy qarzni toʻlash Foiz Jami toʻlovlar Kredit summasi 2021-y. I yarim yillik 19 947 006 696 232 696 232 2021-y. II yarim yillik 19 947 006 696 232 696 232 2022-y. I yarim yillik 19 947 006 696 232 696 232 2022-y. II yarim yillik 19 947 006 696 232 696 232 2023-y. I yarim yillik 19 947 006 3 324 501 696 232 4 020 733 2023-y. II yarim yillik 16 622 505 3 324 501 580 194 3 904 695 2024-y. I yarim yillik 13 298 004 3 324 501 464 155 3 788 656 2024-y. II yarim yillik 9073 503 3 324 501 348 116 3 672 617 2025-y. I yarim yillik 6 649 002 3 324 501 232 077 3 556 578 2025-y. II yarim yillik 3 324 501 3 324 501 116 039 3 440 540 Jami 19 947 006 5 221 744 25 168 750
Izoh: Kreditni qaytarish muddati va foiz stavkasi jalb etiladigan resurslar narxi va muddatidan kelib chiqib taraflar kelishuviga koʻra oʻzgarishi mumkin.
AT “Aloqabank” tomonidan loyiha doirasida ajratiladigan kreditlar, kafolatlar va kafilliklar hamda moliyalashtirishga doir boshqa majburiyatlar bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan, bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini hisoblashda inobatga olinmaydi.
