6-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-682-son) · Sana: 20.04.2021 · Amalda
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
