52-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va taʼminlashga doir vakolatlari
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-682-son) · Sana: 20.04.2021 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar koʻradi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
tegishli davlat organlari va tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yoʻnaltiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi va zarur boʻlganda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
