“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-738-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (785-IV-son)
04.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-738-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-mart,
785-IV-son
