Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (798/1-IV-son)
23.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2021-yil 25-mart kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2020-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2020-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 2020-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston Ekologik partiyasining 2020-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
“Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-733-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish);
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishga doir qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-736-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
“Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi QL-692-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-749-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Sudlar toʻgʻrisida”gi QL-754-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-757-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga “Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida;
A.R. Urinboyevni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-mart,
798/1-IV-son
