Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (174-son)
19.05.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi sonining ancha oʻsishi, qishloq xoʻjaligi va sanoat ishlab chiqarishi hajmining koʻpayishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari boʻyicha ikkinchi guruhdan birinchi guruhga oʻtkazilsin.
2. Yangi lavozim maoshlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari uchun mehnatga haq toʻlashning belgilangan fondi doirasida 1995-yil 1-maydan boshlab joriy qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 19-may,
174-son
