Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.X. Kusherbayevga “Xalqparvar deputat” maqomini berish toʻgʻrisida (795-IV-son)
05.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yildagi faoliyati yakunlariga koʻra xalq manfaatlarini himoya qilishda faollik koʻrsatganligi, oʻz saylovchilari bilan doimiy muloqotda boʻlganligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda, oʻz saylov okrugidagi muammolarni bartaraf etishda deputat nazoratidan faol foydalanganligini inobatga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasining Kengashi kiritgan taklifga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Rasul Xidraliyevich Kusherbayevga “Xalqparvar deputat” maqomi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati R.X. Kusherbayevga “Xalqparvar deputat” guvohnomasi hamda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti berilsin.
3. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasiga R.X. Kusherbayevni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtadigan keyingi saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida koʻrsatish tavsiya etilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-mart,
795-IV-son
