Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (94-son)
01.04.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 24-apreldagi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining kuchga kirishi munosabati bilan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda tegishli axborot-tahlil departamentlari rahbarlar va mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini qayta koʻrib chiqsinlar va yangilangan vazifalar taqsimotini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-aprel,
94-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarorida:
III. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 698–f-son farmoyishiga ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning yettinchi xatboshidagi va 12-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Raisining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
