“Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-757-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”) (808-IV-son)
25.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-757-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-mart,
808-IV-son
