Bandixon tumanining 2021-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida (89/VI-21-son)
28.12.2020
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, 2021-yilda Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda, xususan mahalliy budjet hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirildi.
Mazkur qonunga asosan 2021-yil uchun tuman mahalliy budjetini qabul qilish boʻyicha Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq, 2021-yilgi Bandixon tumani (Keyingi oʻrinlarda tuman deb ataladi) mahalliy budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfert 27 mlrd. 500 mln. mln. 310 ming. soʻm miqdorida tasdiqlanganligi;
tuman budjetining aylanma kassa mablagʻi 355 mln. 880 ming soʻm miqdorda belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
1. Qonunga asosan 2021-yilda:
a) Quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy toʻlovlar viloyat budjeti hamda tuman budjeti oʻrtasida taqsimlanadi:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (jismoniy shaxslarning mulklarni ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlari boʻyicha deklaratsiyaga asosan shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan daromad soligʻidan tashqari);
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
b) Tumanning viloyat budjetiga quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy toʻlovlar toʻligʻicha oʻtkaziladi:
elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
foyda soligʻidan tushumlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidenlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻidan tashqari) 100 foizi oʻtkaziladi.
v) Quyidagi soliq turlari tuman budjetiga toʻliqligicha oʻtkazib beriladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
benzin, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi;
jismoniy shaxslarning mulklarni ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlari boʻyicha deklaratsiyaga asosan shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan daromad soligʻi;
qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalaridan tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;
aylanmadan olinadigan soliq;
ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga huquq uchun yigʻimlar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yigʻimlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yigʻimlardan tashqari);
mobil ilova xizmatlari va alkagol mahsuloti, shu jumladan pivo uchun aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar tegishincha 2020-yilning 1-iyul holatiga koʻra viloyat aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq;
2. Qonunga asosan tuman mahalliy budjetlarining xarajatlar tizimida quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi hamda moliyalashtirish tartibi quyidagicha belgilandi:
a) tumandan moliyalashtiriluvchi umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari respublika budjetidan, toʻrtinchi guruh xarajatlari tegishincha tuman budjetlaridan moliyalashtiriladi;
b) tuman mahalliy budjetidan:
fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar;
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman va shahar markazlarini saqlash xarajatlari moliyalashtiriladi.
3. 2021-yil uchun tuman budjeti daromadlari prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Tumanning tuman budjetidan 2021-yilgi hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tuman budjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, ajratma meʼyorlari boʻyicha tuman mahalliy budjetlarining taqsimotini oʻrnatilgan tartibda tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
6. 2021-yil uchun tuman budjeti daromadlar va xarajatlar prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Tuman budjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozi ijrosidan qatʼiy nazar kamaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilansin.
8. 2021-yil uchun tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 529 mln. 333 ming. soʻm miqdorida belgilansin.
Tuman hokimligi Zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarini tuman budjetida koʻzda tutilmagan, kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilishi taʼminlansin.
9. 2021-yil uchun tuman budjetining yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar 6-ilovaga muvofiq belgilansin.
10. Tuman budjetida shakllangan qoʻshimcha manbalar tegishincha tuman Kengashlari tomonidan tuman hokimliklari takliflariga asosan, birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilishini inobatga olgan holda tegishli Kengashlar qarorlariga asosan ishlatilishi belgilansin.
11. Tuman hokimligi, choraklar yakuni boʻyicha mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlari hokimliklarning faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablagʻlarning tushish ehtimoli boʻlmasa, Viloyat hokimiyatiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan takliflari bilan birga kiritilgan murojaatiga asosan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yoki xarajatlarni maqbullashtirish takliflarini kiritadi.
12. Tuman hokimligi tashabbusi bilan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan mablagʻlar tegishliligi boʻyicha ushbu mahalliy budjetlarning ijrosi davomida shakllangan qoʻshimcha manba hisobidan amalga oshirilishi qatʼiy belgilab qoʻyilsin.
13. Tuman hokimligi:
tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirsin;
har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar rasmiy veb-saytlarga tumanda qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, shuningdek qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirsin;
har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar rasmiy veb-saytlarga oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida mablagʻlar taqsimotini, moliyaviy hisobotlarni, kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosini, oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolari va davlat xaridlari hamda boshqa tegishli maʼlumotlarni joylashtirsin;
mahalliy budjetlarning qoʻshimcha daromadlarini 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorlarda jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirishni, veb-saytlariga ularning natijalarini joylashtirsin.
14. Tuman hokimligi Qonunga asosan tegishli ravishda hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarini tegishli tuman Kengashiga berilishini taʼminlasin.
15. Respublika vazirlik va idoralari, shuningdek viloyat boshqarma va tashkilotlari ishchi guruhlari tomonidan tumanda oʻtkaziladigan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tuzilayotgan “Yoʻl xarita”lari, bayonlari bilan tegishli mahalliy budjetlarning daromadlar va xarajatlar prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Tuman hokimlari budjet daromadlari va xarajatlarining koʻrsatkichlarini bajarilishini taʼminlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatishi uchun tegishli Kengashlarga maʼlumot kiritsin.
17. Tuman hokimligi Qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
18. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi va tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Oʻ. ChORIYEV
Bandixon t.,
2020-yil 28-dekabr,
89/VI-21-son
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2020-yil 28-dekabrdagi 89/VI-21-sonli qaroriga 1-ILOVA
2021-yildagi asosiy
prognoz koʻrsatgichlar
ming soʻmda T/r Daromad turlari Jami JAMI 25 962 290,0 Soliq va yigʻimlar 19 762 189,0 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 2. Aylanmadan soliq 558 156,0 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 8 856 099,0 4. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 281 159,0 5. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 6. Aksiz soligʻi, jami 210 132,0 shu jumladan: benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 210 132,0 7. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 361 805,0 8. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 518 873,0 9. Yuridik shaxslar yer soligʻi 717 658,0 10. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 5 671 835,0 11. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (noruda materiallari) 12. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 58 294,0 13. Davlat boji 14. Jarimalar 15. Ijara toʻlovi 138 000,0 16. Davlat tashkilotlarining sof foydasidan daromad 17. Yigʻimlar 1 390 178,0 Oʻtkazib beriladigan tushumlar 6 200 101,0 1. Aksiz soligʻi alkagolli mahsulotlar uchun 4 026 030,0 2. Aksiz soligʻi mobil aloqa xizmatlari uchun 2 174 071,0
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2020-yil 28-dekabrdagi 89/VI-21-sonli qaroriga 2-ILOVA
2021-yil uchun Bandixon tumani budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan parlament ajratmalarining
cheklangan miqdorlari
ming soʻmda T/r Koʻrsatkichlar Baza Xarajatlar miqdori. Jami 53 462 600,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 53 462 600,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar Tuman va shahar mahalliy budjetlariga transfertlar 1. Xalq taʼlimi boshqarmasi tashkilotlarga 5 259 354,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 5 259 354,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 2. Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tashkilotlarga 1 425 892,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 1 425 892,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 3. Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tashkilotlarga 20 015 032,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 20 015 032,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 4. Mada�iyat boshqarmasi tashkilotlarga 319 873,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 319 873,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 5. Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashkilotlarga 818 522,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 818 522,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 6. Fermyerlar xoʻjaliklari buxgalteriya markaziga 389 728,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 389 728,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 7. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashkilotlarga 1 370 284,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 1 370 284,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 8. Veterinariya boshqarmasi tashkilotlarga 476 338,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 476 338,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 9. Ijtimoiy nafaqaga 12 740 126,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 12 740 126,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 10. Zaxira jamgʻarmasiga 529 333,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 529 333,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 11. Obodonlashtirish boshqarmasi tashkilotlarga 3 567 256,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 3 567 256,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 12. Davlat hokimiyat organlari 6 532 972,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 6 532 972,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 13. Ijtimoiy moslashuv markazlari 17 890,0 shu jumladan: joriy xarajatlar 17 890,0 obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2020-yil 28-dekabrdagi 89/VI-21-sonli qaroriga 3-ILOVA
2021-yil uchun umumdavlat soliqlaridan shahar va tumanlar mahalliy budjetlariga
ajratmalar meʼyori
foiz hisobida T/r Hudud nomi Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi Aylanmadan soliq Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Qoʻshilgan qiymat soligʻi Aksiz soligʻi: benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Yuridik shaxslar yer soligʻi Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (noruda materiallari) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Davlat boji Jarimalar Ijara toʻlovlari Yigʻimlar 1. Bandixon tumani 0 100 100 100 0 100 100 100 50 100 100 100 0 0 100 100
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2020-yil 28-dekabrdagi 89/VI-21-sonli qaroriga 4-ILOVA
Bandixon tuman mahalliy budjetlarining 2021-yil daromadlari va xarajatlarning
chegaraviy hajmi
ming soʻmda Hudud nomi Daromad Xarajat JAMI 25 962 290,0 53 462 600,0 Bandixon tumani 25 962 290 53 462 600
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2020-yil 28-dekabrdagi 89/VI-21-sonli qaroriga 5-ILOVA
Bandixon tuman mahalliy budjetining 2021-yilgi yuqori budjetdan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar
miqdorlari
ming soʻmda Hudud nomi Tartibga soluvchi transfert miqdori JAMI 27 500 310,0 Bandixon tumani 27 500 310,0
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2020-yil 28-dekabrdagi 89/VI-21-sonli qaroriga 6-ILOVA
2021-yil uchun tuman mahalliy budjetida yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar
miqdori
ming soʻmda T/r Hudud nomi Miqdor JAMI 355 880,0 1. Bandixon tumani 355 880,0
