Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda agrosanoat sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (192-son)
08.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, yangi ekin yer maydonlarini oʻzlashtirish, agrosanoat sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, har bir hududda plantatsiya usulida intensiv mevali bogʻ hamda tokzorlarni barpo etish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashni koʻpaytirish orqali eksport hajmini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va ekin yerlarining suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida foydalanishda boʻlgan nasos agregatlari yordamida sugʻoriladigan maydonlarni suv bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirishning prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan muzlatkichli omborxona, agrologistika markazi va issiqxonalarni barpo etish hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
2021-yil 15-apreldan boshlab sertifikatlangan sabzavot, poliz, dukkakli va moyli ekinlar urugʻlarini hamda mevali daraxt va tok koʻchatlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, agrosanaoat klastyerlari va kooperatsiyalari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining urugʻlik va koʻchat xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi, shuningdek, xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida samaradorligi yuqori boʻlgan bogʻlarni tashkil qilish va eksportbop mevali koʻchatlar bilan taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qarori bilan Toʻraqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi hududida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Namangan viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markaziga Toʻraqoʻrgʻon tumani hududidan 20 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Kengkoʻlsoy sel suv ombori havzasida joylashgan hovuz suvidan qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlarini sugʻorish maqsadida foydalanishni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-aprel,
192-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 192-son qaroriga 1-ILOVA
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
T/r Tuman hududlari nomi 2021-2022-yillarda jami foydalanishga kiritilayotgan yer maydoni, gektar Foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish 2021-yilda 2022-yilda jami intensiv bogʻ uzumzor tutzor lavanda jami intensiv bogʻ uzumzor tutzor 1. “Zabardast-Gʻayrat” 639 526 486 40 113 113 2. “Shoxidon nurli diyor” 406 195 190 5 211 186 25 3. “Sohil pino muskati” 270 143 2 80 61 127 9 118 4. “Quyoshli yurt vodiysi” 95 95 85 10 5. “Obod namuna diyori” 11 11 9 2 6. “Isʼhoqxon Toʻra Ibrat” 12 12 12 7. “Turkiston yangi kuch” 17 17 10 7 Jami: 1 449 887 700 81 101 5 562 402 118 42
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 192-son qaroriga 2-ILOVA
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va ekin yerlarining suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Suv bilan taʼminlash hisobiga foydalanishga kiritiladigan yer maydoni, gektar Ijro muddati Moliyalashtirish Masʼul ijrochilar miqdori, mln soʻm* manbasi 1. “Sohilobod” hududidagi zaxira yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun 4,6 km uzunlikda kanal qurish, 2 dona nasos agregati va elektr dvigatel oʻrnatish. 52,9 2021-yil 2 080 Tashabbuskor mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 2. “Isʼhoqxon Toʻra Ibrat” hududidagi zaxira yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun 2,2 km uzunlikda kanalni qurish, 1 dona nasos agregati va elektr dvigatel oʻrnatish hamda 0,2 km uzunlikda quvur tarmogʻini tortish. 4,0 2021-yil 1 100 Tashabbuskor mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 3. “Zabardast Gʻayrat” hududidagi qir-adir zaxira yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun 1,7 km uzunlikda kanal qurish, 1 dona nasos agregati va elektr dvigatel oʻrnatish hamda 2 km uzunlikda elektr tarmogʻini tortish. 82,1 2021-yil 1 970 Tashabbuskor mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 4. “Toʻraqoʻrgʻon” hududidagi zaxira yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun 4,4 km uzunlikda kanal qurish, 3 dona nasos agregati va elektr dvigatel oʻrnatish hamda 2,6 km uzunlikda quvur tarmogʻini tortish. 48,2 2021-yil 6 050 Tashabbuskor mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 5. “Quyoshli yurt vodiysi” hududidagi foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun Axsi-2 nasos stansiyasining quvur tarmogʻidan 1,8 km uzunlikda quvur tarmogʻini tortish. 95,0 2022-yil 1 696 Tashabbuskor mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 6. “Turkiston yangi kuch” hududidagi foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish. 17,0 2022-yil Tashabbuskor mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 7. “Shohidon nurli diyor” hududidagi oʻzlashtirilmagan yerlarni foydalanishga kiritish uchun nasos stansiyasini qurish. 321,0 2021-yil 11 000 Tashabbuskor mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 84,0 2022-yil 2 800 Jami: 704,1 26 696
* Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritilishi mumkin.
Izoh. Nasos stansiyalarida qurilish va rekonstruksiya ishlari yakunlanib foydalanishga topshirilganidan keyin nasoslarni saqlash va elektr energiya sarfi bilan bogʻliq xarajatlar loyiha tashabbuskorlari tomonidan qoplanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 192-son qaroriga 3-ILOVA
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida foydalanishda boʻlgan nasos agregatlari yordamida sugʻoriladigan maydonlarni suv bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Suv bilan taʼminlanadigan yer maydoni, gektar Ijro muddati Moliyalashtirish Masʼul ijrochilar miqdori, mln. soʻm manbasi 1. “Oqtosh-1” nasos stansiyasidagi 1 ta nasos agregatini taʼmirlash. 1 136 2021-yil 1 200 Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 2. “Mashʼal” nasos stansiyasidagi 1 ta nasos agregatini taʼmirlash. 241 2021-yil 119 Mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 3. “Oltin vodiy” 800 metr quvur tarmogʻini yangilash. 151 2022-yil 2 496 Mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 4. “Kuymozor” nasos stansiyasidagi 1 ta nasos agregatini taʼmirlash. 423 2022-yil 115 Mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 5. “Yortepa-2” nasos stansiyasidagi 1 ta nasos agregatini taʼmirlash. 907 2022-yil 2 000 Mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 6. “Sohilobod” nasos stansiyasining 900 metr uzunlikdagi quvur tarmogʻini yangilash. 123 2022-yil 1 944 Mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi Jami: 2 981 7 874
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 192-son qaroriga 4-ILOVA
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
gektar T/r Fermer xoʻjaliklari nomi Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish rejasi Shundan shundan yillar kesimida 2021-yilda 2022-yilda paxta maydonlarida bogʻ va uzumzorlarda paxta maydonlarida bogʻ va uzumzorlarda paxta maydonlarida bogʻ va uzumzorlarda 1. “Turkiston yangi kuch” 177 112 65 52 60 65 2. “Quyoshli yurt vodiysi” 180 180 120 60 3. “Sharq Yulduzi” 215 215 125 90 4. “Isʼhoqxon Toʻra Ibrat” 284 284 139 145 5. “Inomjon Nabiyev” 150 150 60 90 6. “Tezkor Navroʻz” 230 230 110 120 7. “Obod namuna diyori” 280 280 150 130 8. “Zabardast-Gʻayrat” 232 156 76 76 76 80 10. “Shaxand taraqqiyoti” 250 250 130 120 11. “Zafarli oltin vodiy” 200 200 90 110 12. “Toʻraqoʻrgʻon sohibkorlari” 70 70 70 Jami: 2 268 2 057 211 1 052 146 1 005 65
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 192-son qaroriga 5-ILOVA
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
tonna T/r Mahsulot turlari Barcha toifa xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirish Qayta ishlashga yoʻnaltirish Eksportga yoʻnaltirish 2021-yil 2022-yil 2021-yil 2022-yil 2021-yil 2022-yil tonna ming AQSh doll. tonna ming AQSh doll. 1. Mevalar, shundan: 22 495 24 070 1 245 1 382 9 381 15 213 8 383 16 253 1.1 olma 3 442 3 901 270 316 364 865 405 1 366 1.2 nok 170 175 13 14 18 43 18 61 1.3 bexi 130 133 10 11 14 33 14 47 1.4 oʻrik 1 720 1 889 135 153 182 432 196 662 1.5 shaftoli 1 395 1 501 110 122 148 351 156 526 1.6 olxoʻri 496 528 39 43 52 125 55 185 1.7 gilos 8 210 8 612 645 698 5 869 9 622 5 894 10 609 1.8 olcha 78 81 6 7 8 20 8 28 1.9 anor 196 212 15 17 21 49 22 74 1.10 anjir 18 19 1 2 2 5 2 7 1.11 xurmo 4 476 4 699 2 474 3 125 1 372 1 875 1.12 yongʻoq 1 059 1 199 112 266 124 420 1.13 bodom 1 105 1 121 117 278 116 393 2. Uzum 12 763 13 656 1 506 1 672 1 244 1 120 1 344 1 747 3. Sabzavotlar, shundan: 95 541 101 782 4 553 4 844 7 775 9 252 8 397 9 992 3.1 Kartoshka 11 170 11 505 3.2 sabzi 15 513 16 599 879 936 1 430 1 701 1 544 1 837 3.3 piyoz 14 391 15 398 816 868 1 326 1 578 1 432 1 704 3.4 sarimsoqpiyoz 8 255 8 833 468 498 761 905 822 978 3.5 osh lavlagi 5 431 5 811 308 328 500 596 541 643 3.6 rediska 1 683 1 801 155 185 168 199 3.7 pomidor 3 312 3 544 188 200 305 363 330 392 3.8 bodring 2 130 2 279 121 128 196 234 212 252 3.9 sholgʻom 2 478 2 651 140 149 228 272 247 293 3.10 turp 2 373 2 539 219 260 236 281 3.11 karam 9 120 9 758 517 550 840 1 000 908 1 080 3.12 koʻkat 10 021 10 723 568 604 923 1 099 997 1 187 3.13 shirin qalampir 5 218 5 584 296 315 481 572 519 618 3.14 achchiq qalampir 1 497 1 602 85 90 138 164 149 177 3.15 baqlajon 2 948 3 155 167 178 272 323 293 349 4. Poliz, shundan: 6 509 6 965 77 69 83 75 4.1 qovun 2 795 2 992 33 30 36 32 4.2 tarvuz 3 526 3 773 42 38 45 40 4.3 qovoq 187 200 2 2 2 2 5. Dukkakli ekinlar, shundan: 4 854 5 194 1 731 1 904 1 869 2 804 5.1 mosh 2 270 2 429 809 890 874 1 311 5.2 loviya 258 276 92 101 99 149 5.3 fasol 1 377 1 474 491 540 530 795 5.4 noʻxot 6,8 7,2 2 3 3 4 5.6 er yongʻoq 943 1 009 336 370 363 545 6. Moyli ekinlar 108 116 108 116 6.1 kungaboqar 108 116 108 116 Jami: 142 270 151 784 7 412 8 014 20 208 27 558 20 076 30 871
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 192-son qaroriga 6-ILOVA
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2021-2022-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan muzlatgichli omborxona, agrologistika markazi va issiqxonalarni barpo etish hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha loyihalarning
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskori Loyiha nomi Oʻlchov birligi Loyiha qiymati, mln. soʻm shundan Yaratiladigan ish oʻrinlari Ishga tushirish muddati Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi hajmi oʻz mablagʻi, mln. soʻm bank krediti, mln. soʻm xorijiy kredit, ming AQSh dollari Jami: 138 898 74 489 19 345 4 300 505 1. “Bekzodbek Bexruzbek” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 250 700 300 400 60 2021-yil may Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 2. “Raxmonov Odiljon” XK Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 1 300 75 225 5 2021-yil iyun “Agrobank” ATB 3. “Shaxand baraka zamini” fermer xoʻjaligi Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 1 275 75 200 5 2021-yil iyul “Agrobank” ATB 4. “Xudayberdiyev Nodirbek” YTT Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 1 1 350 550 800 12 2021-yil sentyabr “Xalq banki” AT 5. “Yusupov Abdusalom” YTT Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 1 1 400 600 800 15 00.01.1900 “Xalq banki” AT 6. “Xaqnazarov Abdugʻaffor” YTT Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 500 5 144 2 000 300 8 2021-yil oktyabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 7. “Turakurgan Fruits Centre” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 600 2 000 2 000 8 2021-yil oktyabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 8. “Bim stoty-n” MChJ Muzlatgichli omborxona va agrologistika markazi tashkil etish tonna 2 000 5 000 5 000 15 2021-yil oktyabr “Asaka bank” ATB 9. “Aktash logistika” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 300 820 600 220 8 2021-yil oktyabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 10. “Boburshoh savdo-sanoat” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 800 2 000 2 000 15 2021-yil oktyabr “Mikrokredit bank” ATB 11. “Umid Sardor” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 500 1 500 1 500 25 2021-yil oktyabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 12. “Road Constru Projekt Invest” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 800 2 300 2 000 300 15 2021-yil oktyabr “Turon bank” ATB 13. “Quality Granule” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 700 2 000 2 000 40 2021-yil oktyabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 14. “Turakurgan Gold Fruits” MChJ Muzlatgichli omborxona va agrologistika markazi tashkil etish tonna 600 2 000 2 000 35 2021-yil oktyabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 15. “Bekzod Behruz” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 500 1 500 800 700 25 2021-yil oktyabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 16. “Ma`rifat Print Servis” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 800 2 500 1 700 800 25 2021-yil oktyabr “Xalq banki” AT 17. “Doniyor ko'rkam fayz savdo” MChJ Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 5 650 500 150 6 2021-yil oktyabr “Mikrokredit bank” ATB 18. “Muxamadali Bilding” MChJ Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 3 15 000 15 000 30 2021-yil dekabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 19. “Zamin agro sanoat torg” MChJ Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 3 29 701 8 741 2 000 30 2021-yil dekabr “Qishloqqurilishbank” ATB 20. “Eco agro food” MChJ Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 7 4 000 4 000 20 2021-yil dekabr Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 21. “Namangan apples” MChJ Muzlatgichli omborxona tashkil etish tonna 400 4 274 3 024 1 250 15 2021-yil dekabr “Qishloqqurilishbank” ATB 22. “Namangan IMP” MChJ Muzlatgichli omborxona va agrologistika markazi tashkil etish tonna 1 000 3 000 3 000 10 2022-yil avgust Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 23. “Maxsusavtotrans” MChJ Muzlatgichli omborxona va agrologistika markazi tashkil etish tonna 2 000 15 600 3 100 12 500 20 2022-yil sentyabr “Xalq banki” AT 24. “Zamin agro invest torg” MChJ Zamonaviy issiqxona barpo etish gektar 4 29 960 9 000 2 000 30 2022-yil iyun “Qishloqqurilishbank” ATB 25. Xalilov Xusanboy Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, quritish, saralash hamda qadoqlash gektar 5 1 900 1 900 16 2022-yil iyul Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki 26. “Ferganskaya dolina fresh” MChJ Muzlatgichli omborxona va agrologistika markazi tashkil etish tonna 1 000 4 024 3 024 1 000 12 2022-yil oktyabr “Trastbank” ATB
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 192-son qaroriga 7-ILOVA
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar 1. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi binosini kapital taʼmirlash, koʻrgazma-namoyish (demonstratsiya) maydonlarini tashkil etish, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash va zaruriy infratuzilma bilan taʼminlash. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazida seleksiya, urugʻchilik, fitosanitariya, tuproq, suv tahlili va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish, “in vitro” boʻyicha statsionar va koʻchma laboratoriyalarni qamrab olgan idoralararo hududiy laboratoriyani tashkil etish. Ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda agrosanoat majmuiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi orqali samarali tashkil etish, zarur infratuzilma va texnologiyalar bilan taʼminlash. Xususan, 3 ta ilmiy-tadqiqot institutlari: Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti; Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti; Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutlaring tajriba stansiyasi maydonlarida tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish uchun zaruriy texnika va uskunalar bilan taʼminlash. Shuningdek, 6 ta ixtisoslashgan tashkilotlar: Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi; Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi; Urugʻchilikni rivojlantirish markazi; Agrokimyo stansiyasining viloyat filiali; Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK; Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi hududiy filial va boʻlimlarining agroxizmatlar koʻrsatish ishlarini takomillashtirish hamda zarur texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi tomonidan koʻrsatiladigan zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish. Bunda, agrosanoat majmuiga kiruvchi vazirlik va idoralarning viloyat hududiy boʻlimlari hamda tijorat banklari mutaxassislarini Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markaziga joylashtirish. 1. Toʻraqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi binolari kompleksining bir qismini Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi uchun ajratish, xususan: binoda dizayn va loyihalash ishlarini amalga oshirish; optik liniyali aloqa kanallariga ulanishini taʼminlash; gaz, elektr energiyasi va suv bilan taʼminlash; qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini tashkil �tish. 2021-yil may Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Namangan viloyati hokimligi (Abdurazzakov) 2. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va ularni sotib olish uchun tender tanlovlarini tashkil etish. 2021-yil avgust 3. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazini jihozlash uchun zarur jihozlarni sotib olish va oʻrnatish. 2021-yil sentyabr 4. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari reyestri va preyskurantlarini shakllantirish. 2021-yil oktyabr 5. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga “onlayn” va “call centre” orqali agroxizmatlar koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha tavsiyalarni oʻzida qamrab olgan mobil platformalarni yaratish. 2022-yil yanvar 6. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va yangi yer maydonlarini oʻzlashtirishni tahlil qilish boʻyicha yagona platformani shakllantirish hamda sunʼiy intellekt (Artificial Intelligence) tizimini joriy etish. 2022-yil mart 7. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi orqali qishloq xoʻjaligi sohasida uchuvchisiz uchish vositalari yordamida xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish. 2021-2022-yillarda 8. Namangan viloyati hokimligi tomonidan Agroxizmatlar markazida xizmat turlarini kengaytirish maqsadida tadbirkorlik subyektlarini jalb etish. 2021-2022-yillarda 9. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatish maqsadida Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazining texnika parkini tashkil etish. 2021-yil sentyabr 2. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi orqali qishloq xoʻjaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash. 1. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari, jumladan Andijon Qishloq xoʻjaligi instituti talabalari ishlab chiqarish amaliyotlarini Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazida oʻtishlarini tashkil etish. Doimiy kelishuv asosida Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Namangan viloyati hokimligi (Abdurazzakov) 2. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazida faoliyat olib borayotgan xodimlarning malakasini muntazam ravishda, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda oshirib borish. Doimiy 3. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazida faoliyat olib borayotgan va jalb etilgan xodimlarining kasbiy mahoratini baholash mexanizmini ishlab chiqish va KPI tizimini keng joriy etish. 2022-yil mart 4. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazida xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda oʻquv seminarlari va treninglarni tashkil etish hamda Training of Trainers (TOT) dasturlarini yoʻlga qoʻyish. 2021-2022-yillarda 5. Namangan viloyati hududiy agroxizmatlar markazi orqali xususiy biznes vakillarini keng jalb etgan holda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarining ilmiy va innovatsion ishlanmalarini joriy etish hamda tijoratlashtirishni amalga oshirish. Doimiy 3. Namangan viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini rivojlantirish. Uychi, Uchqoʻrgʻon, Namangan, Chust va Mingbuloq tumanlarida tashkil etilgan elita urugʻchilik xoʻjaliklarini tubdan isloh qilish. 1. Urugʻchilikni rivojlantirish markazining viloyat tuzilmasini shakllantirish va modernizatsiyalash hamda urugʻlik materiallarini saqlash uchun zamonaviy omborxonani tashkil etish. 2. Uychi, Uchqoʻrgʻon, Namangan, Chust va Mingbuloq tumanlaridagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining urugʻlarni saralash, dorilash, qadoqlash va saqlash boʻyicha infratuzilmasini rivojlantirish hamda moddiy-texnika bazasini yaxshilash. 2021-2022-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Namangan viloyati hokimligi (Abdurazzakov)
