Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2967-2-son)
07.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2967-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 529-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2967, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2967/0659-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasi matnidagi “Pasport” degan soʻz “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. XUDAYBERGANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-mart,
86-son
