“Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (1344-7-son)
03.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1344-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-mart,
28/20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/20-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 21-fevraldagi 4/20-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344, 2004-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 203- modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 17-noyabrdagi 28/5-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartochkalari chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-1, 2006-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 497-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 25-iyundagi 19/2-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-2, 2011-yil 13-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28- son, 298-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/3-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-3, 2015-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 102-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/6-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-4, 2017-yil 4-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/1344-4/0361-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 16-iyundagi 21/4-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-5, 2018-yil 23-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 10/18/1344-5/1560-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/11-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-6, 2019-yil 16-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y, 10/19/1344-6/2944-son).
