Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida (PQ-5053-son)
03.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishi, davlat organlarida sohaga oid boʻlmagan vazifalarning qisqartirilishi, ular faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, shuningdek, davlat funksiyalarini amalga oshirishga xususiy sektorning jalb qilinishi kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlardan kelib chiqib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash maqsadida:
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini qisqartirish va tuzilmasini maqbullashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) 2021-yil 1-maydan boshlab:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining sonini 15 foizgacha maqbullashtirish hamda ularning yangilangan cheklangan sonini 1-ilovaga muvofiq belgilash;
vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari lavozimlarini 2-ilovaga muvofiq qisqartirish;
b) Kapital bozorini rivojlantirish agentligini tugatish va uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga berish.
2. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini kiritsin:
Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vakolatlari, huquq va majburiyatlari hamda mol-mulkini Moliya vazirligiga oʻtkazish;
tugatilayotgan Agentlikning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarini, ular bilan kelishilgan holda, keyinchalik amalga oshirish mexanizmini belgilash;
Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vakolatlari Moliya vazirligiga oʻtkazilishi hisobiga uning faoliyatini kengaytirish.
3. Mazkur qarorning ilovalarida koʻzda tutilgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari:
bir hafta muddatda markaziy apparat va idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar xodimlari sonini maqbullashtirish boʻyicha komissiyalar tashkil etsin hamda qisqartiriladigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlasin;
shtat birliklari qisqartirilayotgan xodimlar bilan munosabatlarda mehnat qonunchiligi talablariga qatʼiy amal qilinishi hamda xodimlarning mehnat huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlasin;
shtat birliklarini maqbullashtirish natijasida funksional majburiyatlarning qayta taqsimlanishini hisobga olib, 2021-yil 1-mayga qadar boshqaruv xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
5. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021-yil 15-mayga qadar:
vazirlik, idoralar va boshqa budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ushbu qaror bilan belgilangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga va yordamchi xodimlar sonining belgilangan meʼyorlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishni kuchaytirish, xodimlarning oʻz kasb darajasini oshirishdan manfaatdorligini taʼminlashni nazarda tutuvchi mehnatga haq toʻlashning yagona tizimini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Moliya vazirligi (O.Z. Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida, shuningdek, davlat korxonalari boshqaruv organlarida kamida bir nafardan oʻrinbosari lavozimlarini qisqartirish, shuningdek, boshqaruv xodimlari sonini 10 foiz miqdorida maqbullashtirish tashabbusi bilan chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O.A. Xasanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol qoʻllash orqali mahalliy davlat hokimiyati hamda davlat boshqaruvi organlarida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashning zamonaviy usullarini joriy etish;
maʼmuriy islohotlar doirasida davlat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini, shuningdek, bir-birini takrorlovchi funksiya va vazifalarni chuqur tahlil qilgan holda davlat organlari sonini qisqartirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlari sonini qayta koʻrib chiqish;
b) 2021-yil 1-sentabrga qadar xodimlarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini reyting baholashni amalga oshirish uchun maxsus dasturiy majmua ishlab chiqilishini hamda davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-avgustga qadar axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-aprel,
PQ-5053-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
T/r Vazirlik va idoralar nomi* Mavjud boshqaruv xodimlari shtat birligi soni Jami qisqartirilayotgan shtat birliklari Shundan: 2021-yil 1-may holatiga boshqaruv xodimlari shtat birligi soni Davlat budjeti hisobidan Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Mavjud shtat birliklari soni Qisqartirilayotgan shtat birliklari Mavjud shtat birligi soni Qisqartirilayotgan shtat birliklari 1. Vazirlar Mahkamasi 265 7 265 7 258 (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmoni bilan qoʻshimcha ajratilayotgan shtatlarni inobatga olgan holda) 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 228 24 228 24 204 markaziy apparat 88 10 88 10 78 hududiy filiallar 140 14 140 14 126 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil 94 8 94 8 86 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 146 22 146 22 124 markaziy apparat 86 13 86 13 73 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 60 9 60 9 51 5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi** 2 289 122 2 289 122 2 167 markaziy apparat 327 36 327 36 291 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 694 49 694 49 645 tuman va shahar boʻlinmalari 1 013 1 013 1 013 Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 255 37 255 37 218 6. Moliya vazirligi** 6 038 871 6 038 871 5 167 markaziy apparat 574 54 574 54 520 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 1 322 226 1 322 226 1 096 tuman va shahar boʻlinmalari 2 776 392 2 776 392 2 384 Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi 30 4 30 4 26 Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi 28 4 28 4 24 Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti 20 2 20 2 18 Davlat asillik darajasini belgilash palatasi 28 4 28 4 24 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 1 260 185 1 260 185 1 075 7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi** 1 568 75 1 568 75 1 493 markaziy apparat 308 21 308 21 287 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 331 36 331 36 295 tuman va shahar boʻlinmalari 812 812 812 Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi 52 8 52 8 44 Eksportni ragʻbatlantirish agentligi 26 4 26 4 22 Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi 39 6 39 6 33 8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 3 898 383 2 499 352 1 399 31 3 515 markaziy apparat 201 14 196 13 5 1 187 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 646 91 607 85 39 6 555 tuman va shahar boʻlinmalari 3 022 274 1 667 250 1 355 24 2 748 Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi 29 4 29 4 25 9. Suv xoʻjaligi vazirligi 120 18 120 18 102 markaziy apparat 96 14 96 14 82 Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 24 4 24 4 20 10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 1 911 287 1 891 284 20 3 1 624 markaziy apparat 83 5 83 5 78 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 305 54 305 54 251 tuman va shahar boʻlinmalari 1 503 225 1 503 225 1 278 Jamoat ishlari jamgʻarmasi 20 3 20 3 17 11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 307 46 305 46 2 261 markaziy apparat 121 14 119 14 2 107 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 186 32 186 32 154 12. Xalq taʼlimi vazirligi 2 393 348 2 393 348 2 045 markaziy apparat 206 6 206 6 200 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 645 70 645 70 575 tuman va shahar boʻlinmalari 1 478 261 1 478 261 1 217 Respublika taʼlim markazi 23 4 23 4 19 Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi 16 3 16 3 13 Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi 25 4 25 4 21 13. Sogʻliqni saqlash vazirligi 654 68 654 68 586 markaziy apparat 139 12 139 12 127 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 419 42 419 42 377 Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi 96 14 96 14 82 14. Madaniyat vazirligi 1 053 159 1 053 159 894 markaziy apparat 81 12 81 12 69 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 193 29 193 29 164 tuman va shahar boʻlinmalari 779 118 779 118 661 15. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 233 6 233 6 227 markaziy apparat 127 127 127 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 96 4 96 4 92 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi 10 2 10 2 8 16. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi** 1 084 166 1 084 166 918 markaziy apparat 108 10 108 10 98 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 319 26 319 26 293 tuman va shahar boʻlinmalari 657 130 657 130 527 17. Qurilish vazirligi 549 81 535 79 14 2 468 markaziy apparat 88 11 74 9 14 2 77 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 196 18 196 18 178 tuman va shahar boʻlinmalari 205 43 205 43 162 Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi 40 6 40 6 34 Qurilishda texnik meʼyorlash markazi 20 3 20 3 17 18. Maktabgacha taʼlim vazirligi 2 325 349 2 325 349 1 976 markaziy apparat 142 23 142 23 119 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 290 290 290 tuman va shahar boʻlinmalari 1 893 326 1 893 326 1 567 19. Transport vazirligi 1 268 190 1 268 190 1 078 markaziy apparat 152 22 152 22 130 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 284 42 284 42 242 tuman va shahar boʻlinmalari 93 17 93 17 76 Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi 55 7 55 7 48 Fuqaro aviatsiyasi agentligi 60 9 60 9 51 Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi 74 11 74 11 63 Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 550 82 550 82 468 20. Energetika vazirligi 358 37 319 33 39 4 321 markaziy apparat 128 13 89 9 39 4 115 Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi 91 9 91 9 82 Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi 91 9 91 9 82 Atom energetikasini rivojlantirish agentligi 48 6 48 6 42 21. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 2 066 310 2 066 310 1 756 markaziy apparat 99 14 99 14 85 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 321 46 321 46 275 tuman va shahar boʻlinmalari 1 646 250 1 646 250 1 396 23. Adliya vazirligi 3 299 77 1 196 45 2 103 32 3 222 markaziy apparat 197 14 197 14 183 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 329 22 329 22 307 tuman va shahar boʻlinmalari 609 609 609 Intellektual mulk agentligi 61 9 61 9 52 Davlat xizmatlari agentligi 2 103 32 2 103 32 2 071 24. Davlat statistika qoʻmitasi 2 082 199 2 082 199 1 883 markaziy apparat 275 13 275 13 262 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 1 050 186 1 050 186 864 tuman va shahar boʻlinmalari 757 757 757 25. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 2 305 346 2 305 346 1 959 markaziy apparat 98 15 98 15 83 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 667 100 667 100 567 tuman va shahar boʻlinmalari 1 540 231 1 540 231 1 309 26. Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi 177 27 70 11 107 16 150 markaziy apparat 107 16 107 16 91 Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi 70 11 70 11 59 27. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 181 26 86 12 95 14 155 markaziy apparat 86 12 86 12 74 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 95 14 95 14 81 28. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi 277 41 277 41 236 markaziy apparat 82 12 82 12 70 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 195 29 195 29 166 29. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 1 869 286 1 869 286 1 583 markaziy apparat 63 63 63 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 245 51 245 51 194 tuman va shahar boʻlinmalari 1 337 201 1 337 201 1 136 “Oʻzbekchorvanasl” agentligi 214 32 214 32 182 Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi 10 2 10 2 8 30. Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti 68 9 68 9 59 markaziy apparat 12 1 12 1 11 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 56 8 56 8 48 31. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi 41 6 41 6 35 markaziy apparat 33 4 33 4 29 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 8 2 8 2 6 32. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati 107 16 107 16 91 33. Yoshlar ishlari agentligi 841 126 841 126 715 markaziy apparat 75 11 75 11 64 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 154 23 154 23 131 tuman va shahar boʻlinmalari 612 92 612 92 520 34. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 142 21 142 21 121 markaziy apparat 69 10 69 10 59 Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti 73 11 73 11 62 35. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 90 90 90 90 markaziy apparat 50 50 50 50 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 40 40 40 40 36. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi 67 10 67 10 57 38. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 57 9 57 9 48 39. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 37 6 37 6 31 40. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 441 62 441 62 379 markaziy apparat 94 10 94 10 84 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 309 46 309 46 263 Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 38 6 38 6 32 41. Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi 51 7 51 7 44 markaziy apparat 15 15 15 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 36 7 36 7 29 42. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi 27 4 27 4 23 43. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 186 28 186 28 158 markaziy apparat 123 16 123 16 107 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 63 12 63 12 51 44. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi 11 2 11 2 9 45. Gidrometeorologiya xizmati markazi 54 8 54 8 46 markaziy apparat 26 8 26 8 18 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 28 28 28 46. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 796 119 788 118 8 1 677 markaziy apparat 89 13 81 12 8 1 76 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 387 58 387 58 329 tuman va shahar boʻlinmalari 320 48 320 48 272 47. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 108 16 108 16 92 48. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi 332 50 332 50 282 markaziy apparat 80 12 80 12 68 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari 252 38 252 38 214 49. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari 701 38 701 38 663 50. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari 448 44 448 44 404 51. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi 24 4 24 4 20 52. YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi 9 1 9 1 8 Jami 43 969 5 288 39 925 5 175 4 044 113 38 681
Izoh:
* Davlat organi rahbariga, zarur hollarda, tashkilot markaziy apparati, idoraviy va hududiy boʻlinmalarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
zarur hollarda, mazkur davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining mavjud shtat birliklarini qisqartirilishiga ruxsat etiladi;
** Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, Toshkent shahri tumanlaridagi boʻlinmalari shtat birliklari mazkur vazirliklar umumiy shtat birliklari soniga kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirliklar va idoralarning qisqarayotgan rahbar oʻrinbosarlari va ularning cheklangan soni
T/r Tashkilot nomi Tashkilot rahbari oʻrinbosarlari soni Qisqartirilayotgan rahbar oʻrinbosarlari soni 2021-yil 1-may holatiga rahbar oʻrinbosarlari soni* 1. Moliya vazirligi** 8 2 6 2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi*** 5 2 3 3. Sogʻliqni saqlash vazirligi 7 2 5 4. Madaniyat vazirligi 4 1 3 5. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 4 1 3 6. Qurilish vazirligi**** 5 1 4 7. Transport vazirligi***** 6 3 3 8. Adliya vazirligi 5 1 4 9. Davlat soliq qoʻmitasi 6 1 5 10. Davlat statistika qoʻmitasi 4 2 2 11. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 4 2 2 12. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 4 2 2 13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 4 1 3 14. Yoshlar ishlari agentligi 4 1 3 15. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi 3 2 1 16. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 3 1 2 17. Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi 2 1 1 18. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 4 2 2 19. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi 3 1 2 20. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 5 1 4 21. Gidrometeorologiya xizmati markazi 3 1 2 22. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 4 3 1 23. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi 3 2 1 24. Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi 2 2 0 25. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi 2 1 1 26. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi 2 1 1 Jami 106 40 66
Izohlar:
* Rahbar oʻrinbosarlari lavozimi soni 3 va undan ortiq boʻlganda rahbarning birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilishi mumkin;
** Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligi agentligi direktori — moliya vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “moliya vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi;
*** Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining kasb-hunar taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi;
**** Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi — qurilish vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “qurilish vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi;
***** Transport vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi — transport vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “transport vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi.
