Davlat organlari va korxonalarini yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-5052-son)
03.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalarining moddiy-texnika bazasini kengaytirish orqali aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlar sifatini oshirish, mahalla va qishloq infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlarni yanada jadallashtirish maqsadida:
1. 2021 — 2023-yillarda davlat organlari va korxonalari tomonidan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilish koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — koʻrsatkichlar) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, koʻrsatkichlar, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
2021 — 2023-yillarda davlat organlari tomonidan jami 2 770 ta texnikalar xarid qilinishi va ushbu maqsadlar uchun 1,934 trln soʻm, shu jumladan Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan — 1,202 trln soʻm, respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan — 500,5 mlrd soʻm, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan — 231,6 mlrd soʻm yoʻnaltirilishi;
2021 — 2023-yillarda davlat korxonalari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan jami 1 488 ta texnikalar xarid qilinishi va ushbu maqsadlar uchun 1,236 trln soʻm yoʻnaltirilishi.
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarovga koʻrsatkichlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
koʻrsatkichlarda nazarda tutilgan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq sotib olinadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini taʼminlashda zarur boʻlgan maxsus texnikalarni xarid qilish uchun hududiy obodonlashtirish boshqarmalariga 2021-yilda qoʻshimcha 108,8 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi;
tuman (shahar)lardagi ichki yoʻllar va markaz koʻchalarini taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish dasturlari ijrosini taʼminlashda zarur boʻlgan maxsus texnikalarni xarid qilish uchun Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga 2021-yilda qoʻshimcha 196,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
4. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) koʻrsatkichlarda nazarda tutilgan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda xarid qilish maqsadida:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 2021-yilda respublika budjetidan qoʻshimcha 500,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin;
2022 va 2023-yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
5. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh.S. Xidoyatov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A.A. Abduvaliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorga muvofiq xarid qilinayotgan avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarining butligi, yaxlitligi va xavfsizligini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrsin, tegishli davlat organlari va tashkilotlarga ushbu vositalar va texnikalardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha zarur amaliy va uslubiy yordam koʻrsatib borsin.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov):
tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari bilan birgalikda davlat organlari va korxonalari tomonidan xarid qilinadigan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda xarid qilish ustidan doimiy monitoring olib borsin;
“Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzstandart” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlar sifatini oshirish, mahalla va qishloq infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalari, shu jumladan uskunalar, butlovchi mahsulotlar, ehtiyot qismlar va materiallarni mahalliylashtirish (oʻzlashtirish) boʻyicha zarur choralar koʻrsin;
“Oʻzavtosanoat” AJ bilan birgalikda yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va ularga turli xil servis xizmatlarini koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻysin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov belgilansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har yarim yil yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-aprel,
PQ-5052-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5052-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda davlat organlari tomonidan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilish koʻrsatkichlari
T/r Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari Texnikalar nomi 2021 — 2023-yillarda texnikalarga boʻlgan talab Shu jumladan: 2021-yil 2022-yil 2023-yil dona mln soʻm dona mln soʻm dona mln soʻm dona mln soʻm J A M I: 2 770 1 934 502 1 224 828 761,5 866 701 027,5 680 404 713 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 1 619 1 202 491,5 404 246 920 696 621 730,5 519 333 841 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 509 231 586,5 178 81 417,5 170 79 297 161 70 872 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 642 500 424 642 500 424 1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yengil tijorat avtomobillari 46 15 444 24 8 066 22 7 378 Avtobuslar 17 10 627,5 17 10 627,5 Maxsus texnikalar 90 187 115,0 30 75 331 60 111 784 Qishloq xoʻjaligi texnikalari JAMI: 153 213 186,5 30 75 331 101 130 477,5 22 7 378 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 123,0 137 855,5 101 130 477,5 22 7 378 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 0,0 0,0 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 30 75 331 30 75 331 2. Ichki ishlar vazirligi Yengil tijorat avtomobillari 60 21 000 20 7 000 20 7 000 20 7 000 Avtobuslar 150 55 200 50 18 400 50 18 400 50 18 400 Maxsus texnikalar 259 142 277,5 96 53 641,5 84 46 457 79 42 179 JAMI: 469 218 477,5 166 79 041,5 154 71 857 149 67 579 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 469 218 477,5 166 79 041,5 154 71 857 149 67 579 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 3. Mudofaa vazirligi Maxsus texnikalar 909 615 270 149 120 000 380 247 635 380 247 635 JAMI: 909 615 270 149 120 000 380 247 635 380 247 635 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 760 495 270 380 247 635 380 247 635 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 0 0,0 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 149 120 000 149,0 120 000 4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Yengil tijorat avtomobillari 3 639 1 213 1 213 1 213 Avtobuslar 0 0,0 Maxsus texnikalar 3 1 377 1 459 1 459 1 459 Qishloq xoʻjaligi texnikalari 24 2 313 8 771 8 771 8 771 JAMI: 30 4 329 10 1 443 10 1 443 10 1 443 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 30 4 329 10,0 1 443 10 1 443 10 1 443 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 5. Suv xoʻjaligi vazirligi Maxsus texnikalar 36 42 251 6 5 305 18 19 247 12 17 699 JAMI: 36 42 251 6 5 305 18 19 247 12 17 699 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 28 34 171 5 4 675 13 13 647 10 15 849 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 8 8 080 1 630 5 5 600 2 1 850 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 6. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Yengil tijorat avtomobillari 5 1 699 1 303 2 698 2 698 Avtobuslar 1 368 1 368 JAMI: 6 2 067 1 303 2 698 3 1 066 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 5 1 764 2 698 3 1 066 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 1 303 1 303 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 7. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Yengil tijorat avtomobillari 2 426 0 0,0 1 213 1 213 JAMI: 2 426 1 213 1 213 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 2 426 1 213 1 213 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 8. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Avtobuslar 6 2 208 6 2 208 Maxsus texnikalar 261 194 038 261 194 038 JAMI: 267 196 246 267 196 246 0 0 0 0 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 267 196 246 267 196 246,0 9. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Maxsus texnikalar 289 174 845 289 174 845 JAMI: 289 174 845 289 174 845 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 289 174 845 289 174 845 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 0 0,0 Respublika budjetid?n qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 10. Davlat bojxona qoʻmitasi Maxsus texnikalar 1 397 1 397 Avtobuslar 0 0,0 JAMI: 1 397 1 397 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 1 397 1 397 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 11. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Avtobuslar 0 0,0 Maxsus texnikalar 86 159 960 86 159 960 Qishloq xoʻjaligi texnikalari 0 0,0 JAMI: 86 159 960 0 0,0 86 159 960 0,0 0,0 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 86 159 960 86 159 960 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 0 0,0 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 0 0,0 12. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (mahalliy budjetlar orqali obodonlashtirish hamda maxsus ekspluatatsiya boshqarmalari) Avtobuslar 96 35 300 29 10 700 34 12 500 33 12 100 Maxsus texnikalar 426 271 747 277 165 547 79 56 600 70 49 600 JAMI: 522 307 047 306 176 247 113 69 100 103 61 700 shundan: Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 326 198 200 110 67 400 113 69 100,0 103 61 700 Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan 0 0,0 Respublika budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 196 108 847 196,0 108 847
*Yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarining soni va uning narxi vazirlik va idoralarning talabi, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilangan tartibda oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5052-son qaroriga 2-ILOVA
2021 — 2023-yillarda davlat korxonalari tomonidan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilish koʻrsatkichlari
T/r Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari Texnikalar nomi 2021 — 2023-yillarda texnikalarga boʻlgan talab Shu jumladan: 2021-yil 2022-yil 2023-yil dona dona dona dona Jami: 1 488 531 500 457 1. “Olmaliq KMK” AJ Yengil tijorat avtomobillari 13 5 4 4 Avtobuslar 17 5 6 6 Maxsus texnikalar 196 101 48 47 Jami: 226 111 58 57 2. “Navoiy KMK” DK Yengil tijorat avtomobillari 112 26 41 45 Avtobuslar 119 31 47 41 Maxsus texnikalar 292 64 110 118 Qishloq xoʻjaligi texnikalari 20 10 10 Jami: 543 121 208 214 3. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Yengil tijorat avtomobillari 6 3 2 1 Avtobuslar 15 10 4 1 Maxsus texnikalar 48 27 11 10 Qishloq xoʻjaligi texnikalari 33 11 16 6 Jami: 102 51 33 18 4. “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ Yengil tijorat avtomobillari 4 2 1 1 Avtobuslar 2 1 1 Maxsus texnikalar 30 14 12 4 Qishloq xoʻjaligi texnikalari 8 4 4 Jami: 44 21 18 5 5. “Oʻzbekneftgaz” AJ Yengil tijorat avtomobillari 34 16 8 10 Avtobuslar 129 43 43 43 Maxsus texnikalar 190 83 60 47 Qishloq xoʻjaligi texnikalari 22 10 8 4 Jami: 375 152 119 104 6. “Oʻzdonmahsulot” AJ Maxsus texnikalar 32 8 10 14 Qishloq xoʻjaligi texnikalari 1 1 Jami: 33 9 10 14 7. “Oʻzbekgidroenergo” AJ Avtobuslar 1 1 Maxsus texnikalar 2 1 1 Jami: 3 2 1 8. “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AJ Avtobuslar 1 1 Maxsus texnikalar 9 5 4 Jami: 10 5 5 9. “Oʻzmetkombinat” AJ Yengil tijorat avtomobillari 1 1 Maxsus texnikalar 4 2 1 1 Jami: 5 3 1 1 10. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Avtobuslar 2 2 Jami: 2 2 11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Yengil tijorat avtomobillari 23 12 10 1 Avtobuslar 19 6 6 7 Maxsus texnikalar 66 20 21 25 Qishloq xoʻjaligi texnikalari 37 21 11 5 Jami: 145 59 48 38
*Yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarining soni va uning narxi davlat korxonalarining talabi, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilangan tartibda oʻzgarishi mumkin.
