11-modda. Tomorqa xoʻjaligidagi mehnat faoliyati
Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-681-son) · Sana: 01.04.2021 · Amalda
Tomorqa xoʻjaligidagi faoliyat shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasining va oila aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qoʻylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xoʻjaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, gʻozlar, oʻrdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bogʻdorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shugʻullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila aʼzolari (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qatʼi nazar) ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Bunda shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila aʼzolari ijtimoiy soliqni ixtiyoriy asosda toʻlaydi. Ijtimoiy soliqning belgilangan miqdorini toʻlash mehnat stajini hisoblab chiqarish chogʻida bir kalendar yil deb hisobga olinadi. Ijtimoiy soliqni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.
