Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida (523-son)
12.11.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Adliya vazirligi huzurida qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti va “Adolat” yuridik adabiyotlar nashriyoti tashkil etilsin.
Adliya vazirligi institut va nashriyotning faoliyatini tartibga soluvchi tegishli meʼyoriy aktlarni ishlab chiqsin va qabul qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari:
davlat va xoʻjalik idoralarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligi bilan har yili bitim tuzishni taʼminlasinlar.
7. Adliya vazirligi bir oy muddat ichida:
Vazirlar Mahkamasiga: vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy aktlarini huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; tegishli yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida; huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish Respublika jamgʻarmasini tashkil etish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlasin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo”, Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda qonunchilik muammolarini tadqiq qilish instituti, “Adolat” nashriyoti tashkil etilishi va “Hayot va qonun” jurnali chiqarilishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Adliya vazirligi ishtirokida ikki oy muddat ichida sudlar, adliya idoralari, notariat muassasalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlari muassasalarini binolar, transport vositalari va zamonaviy tashkiliy texnika bilan taʼminlashning aniq dasturini amalga oshirsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalarini tasdiqlash, ularning roʻyxatga olinganlik uchun toʻlovlarini yigʻish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarorining 5-bandiga oʻzgarish kiritilib quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur qarorga muvofiq jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik va ularga keyinchalik oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilganligi uchun olinadigan toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ixtiyorida qoladi va belgilangan tartibda foydalaniladi”.
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Yustitsiya ministrligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 1972-yil 27-sentabrdagi 427-son qarori (OʻzSSR QT, 1972-y., № , 57-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Qarorning qanday amalga oshirilayoganligi 1993-yilning aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-noyabr,
523-son
