2021-yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansini tasdiqlash toʻgʻrisida (162-son)
29.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qaroriga muvofiq mineral oʻgʻitlarni sotish birja savdolarida amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasining ortishiga, kimyo sanoati tashkilotlarining moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga va tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligi oshishiga olib keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq 2020-yilda umumiy qiymati 1272,3 mln dollarga teng “Navoiyazot” AJ negizida azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Navoiyazot” AJ negizida ammiak va karbamid ishlab chiqarishini qurish”, “Qoʻqon superfosfat zavodi” AJda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish (I-bosqich)” investitsiya loyihalari yakuniga yetkazildi. Natijada yiliga 500,0 ming tonna azot kislotasi, 660,0 ming tonna ammiak, 577,0 ming tonna karbamid, 100 ming tonna superfosfat ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlar yaratildi.
Respublika qishloq xoʻjaligini, shuningdek, paxta va gʻalla yetishtiruvchi tashkilotlar va boshqa isteʼmolchilarni azotli, fosforli, kaliyli oʻgʻitlar bilan yetarli hajm va agrotexnik muddatlarda taʼminlash hamda mineral oʻgʻitlarni sotishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2021-yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansining yigʻma va maqsadli prognoz koʻrsatkichlari 1 — 4-ilovalarga muvofiq;
respublikada paxta xomashyosi va gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini birja savdolari orqali (shu jumladan, forvard shartnomalari asosida) mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish hamda narxlar keskin oʻzgarishining oldini olish maqsadida:
a) “Oʻzkimyosanoat” AJ:
2021-yilda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmini sof holda 274,0 ming tonnaga (shundan: azotli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni — 246,3 ming tonnaga, fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni — 21,8 ming tonnaga va kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni — 6,0 ming tonnaga) koʻpaytirgan holda jami 1,45 mln tonna mineral oʻgʻitlar (shundan: azotli oʻgʻitlar — 1 105,4 ming tonna, fosforli oʻgʻitlar — 133,4 ming tonna, kaliyli oʻgʻitlar — 216,0 ming tonna) ishlab chiqarishni;
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan birgalikda ishlab chiqaruvchining texnologik va (yoki) hududiy omborlaridan birja savdolarida sotilgan (shu jumladan, forvard shartnomalari asosida) mineral oʻgʻitlarni shartnoma shartlariga muvofiq xaridorlarga oʻz vaqtida yuklab berishni taʼminlasin;
b) Moliya vazirligi 2021-yil 1-sentabrga qadar paxta va gʻallani ekish va parvarishlash mavsumlari uchun zarur mineral oʻgʻitlarning mavsumlararo davrlarda (jumladan, kuz-qish davrida) kafolatlangan zaxirasini yaratish uchun talab etiladigan mineral oʻgʻitlar qiymatining 50 foizi miqdorida boʻnak toʻlovlarini amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlarni Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchi kimyo tashkilotlariga ajratish choralarini koʻrsin.
3. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda 2021-yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansining oyma-oy prognoz koʻrsatkichlarini agrotexnik tadbirlar mavsumiyligi hususiyatidan kelib chiqib, birja savdolariga (shu jumladan, forvard shartnomalari boʻyicha) zarur miqdorlarda qoʻyilishini hisobga olgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Belgilansinki:
mineral oʻgʻitlar ularni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ichki bozorda birja savdolari orqali (bozor tamoyillari asosida) barcha toifadagi isteʼmolchilarga teng huquqlarda chegaralanmagan lotlarda sotiladi;
mineral oʻgʻitlarning boshlangʻich narxi ularni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda, tashkilotning samarali faoliyatini taʼminlovchi rentabellik darajasini (kamida 10,0 foiz), shuningdek, jalb qilingan kreditlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlashni hisobga olgan holda belgilanadi;
birja savdolarida sotib olingan mineral oʻgʻitlar oxirgi isteʼmolchilarning oʻz ehtiyojlari uchun ishlatiladi, shuningdek, belgilangan tartibda savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar (tarmoq tarkibidagi tashkilotlardan tashqari) tomonidan faqat ichki bozorda sotiladi hamda ularni yetarlicha qayta ishlanmagan (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha dastlabki toʻrtta kod belgisining istalgan biri darajasida tovar pozitsiyasi oʻzgarishi sodir boʻlmagan) holda eksportga ortish taqiqlanadi;
birja savdolarida ichki isteʼmolchilar tomonidan xarid qilinmasdan qolgan mineral oʻgʻitlar hajmlari har oy yakuniga koʻra eksportga yoʻnaltiriladi.
5. Quyidagilarga:
“Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar rahbarlariga — ishlab chiqarishning barqarorligini taʼminlash, mineral oʻgʻitlarni birja savdolariga oʻz vaqtida joylashtirish va birja savdolarida sotilgan (shu jumladan, forvard shartnomalari asosida) mineral oʻgʻitlarni shartnoma shartlariga muvofiq xaridorlarga oʻz vaqtida yuklab berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbarlariga — mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga texnologik reglament talablari asosida tabiiy gaz va elektr energiyasi uzluksiz va barqaror yetkazib berilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Agrokimyo stansiyasi” MChJ hududiy tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasi tahlili asosida agrokimyo kartogrammalarini tegishli hududlar boʻyicha shakllantirib, respublikaning mineral oʻgʻitlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyoji toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2022-yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda respublika isteʼmolchilarining mineral oʻgʻitlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini agrokimyo kartogrammalarining tahliliy maʼlumotlariga asoslangan holda shakllantirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2021-yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansining yigʻma va maqsadli prognoz koʻrsatkichlari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatib, hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotlarni kiritib borsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamaxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-mart,
162-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 162-son qaroriga 1-ILOVA
2021-yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansining
YIGʻMA PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
sof holda, ming tonna Moddalar nomi Azotli* Fosforli* Kaliyli I. Jami resurslar: 1 217,02 151,01 263,70 shu jumladan: 1. Yil boshiga qoldiq 111,58 17,64 47,70 2. Ishlab chiqarish 1 105,44 133,37 216,00 II. Jami sotish: 1 119,96 141,46 240,00 1. Respublika isteʼmolchilariga, jami 851,06 126,95 60,00 shundan: 1.1. Birja savdolari orqali sotish 851,06 126,95 60,00 2. Eksport 268,90 14,51 180,00 III. Yil yakuniga qoldiq 97,06 9,55 23,70
* Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi azot/azot-fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor inobatga olingan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 162-son qaroriga 2-ILOVA
2021-yilda azotli oʻgʻitlar ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansining
MAQSADLI PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
sof holda, ming tonna Moddalar nomi Jami* shu jumladan: ammiakli selitra karbamid azot-fosforli oʻgʻitlar ammoniy sulfati I. Jami resurslar: 1 217,02 655,95 479,22 5,79 42,47 shu jumladan: 1. Yil boshiga qoldiq 111,58 97,05 7,98 0,19 2,57 2. Ishlab chiqarish 1 105,44 558,90 471,24 5,60 39,90 II. Jami sotish: 1 119,96 571,49 471,24 5,60 39,90 1. Respublika isteʼmolchilariga, jami 851,06 507,55 279,65 4,20 32,55 shundan: 1.1. Birja savdolari orqali sotish 851,06 507,55 279,65 4,20 32,55 2. Eksport 268,90 63,94 191,59 1,40 7,35 III. Yil yakuniga qoldiq 97,06 84,46 7,98 0,19 2,57
* Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi azot inobatga olingan holda.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 162-son qaroriga 3-ILOVA
2021-yilda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansining
MAQSADLI PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
sof holda, ming tonna Moddalar nomi Jami* shu jumladan: ammofos superfosfat boshqa fosfor oʻgʻitlari I. Jami resurslar: 151,01 111,67 24,28 14,44 shu jumladan: 1. Yil boshiga qoldiq 17,64 14,57 1,51 1,54 2. Ishlab chiqarish 133,37 97,10 22,77 12,90 II. Jami sotish: 141,46 105,56 22,40 12,90 1. Respublika isteʼmolchilariga, jami 126,95 96,36 22,04 8,10 shundan: 1.1. Birja savdolari orqali sotish 126,95 96,36 22,04 8,10 2. Eksport 14,51 9,20 0,36 4,80 III. Yil yakuniga qoldiq 9,55 6,11 1,88 1,54
* Azot-fosfor oʻgʻitlari tarkibidagi fosfor inobatga olingan holda.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 162-son qaroriga 4-ILOVA
2021-yilda kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansining
MAQSADLI PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
sof holda, ming tonna Moddalar nomi Kaliy xloridi I. Jami resurslar: 263,70 shu jumladan: 1. Yil boshiga qoldiq 47,70 2. Ishlab chiqarish 216,00 II. Jami sotish: 240,00 1. Respublika isteʼmolchilariga, jami 60,00 shundan: 1.1. Birja savdolari orqali sotish 60,00 2. Eksport 180,00 III. Yil yakuniga qoldiq 23,70
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 162-son qaroriga 5-ILOVA
Respublikada paxta xomashyosi va gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini birja savdolari orqali (shu jumladan, forvard shartnomalari asosida) mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash
SXEMASI
Bosqichlar Chora-tadbirlar Asoslovchi hujjat turi Jarayon davriyligi Jarayon ishtirokchilari Muddat 1-bosqich Agrotexnik shartlarni inobatga olgan holda hududning mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash Agrotexnik kartalarga asosan mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash rejasi Har yili ekin ekish agrotexnik mavsumi boshlanishidan avval 1. Tuman hokimligi 2. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi 3. Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari Ekin turi boʻyicha: paxta — 1-yanvarga, gʻalla — 1-sentabrga qadar 2-bosqich Mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish boʻyicha fermer xoʻjaliklari, klaster xoʻjaliklari va “Agrokimyohimoya” HAJ oʻrtasida shartnoma tuzish Shartnoma Har yili 10-fevralga qadar (paxta) 10-sentabrga qadar (gʻalla) 1. “Agrokimyohimoya” HAJ 2. Klaster xoʻjaligi 3. Fermer xoʻjaligi 5 ish kuni davomida 3-bosqich Mineral oʻgʻitlarni belgilangan tartibda birja savdolariga joylashtirish va sotish Sotuvchining loti,xaridorning buyurtmasi Haftaning dushanba — juma kunlari 1. “Oʻzkimyosanoat� AJ tashkilotlari brokeri 2. Xaridor brokeri 20 daqiqadan kuniga 2-marta soat 11:00da va 16:00 da 4-bosqich Mineral oʻgʻit uchun toʻlovni amalga oshirish Toʻlov topshiriqnomasi Birja tiketini olgandan soʻng 1. “Agrokimyohimoya” HAJ 2. Klaster xoʻjaligi 3. Fermer xoʻjaligi 5 ish kuni mobaynida 5-bosqich Mineral oʻgʻitni yetkazib berish (lot hajmi 60 tonnadan koʻp boʻlganida) Xaridorning (“Agrokimyohimoya” HAJ, klaster xoʻjaligi, fermer xoʻjaligi) ishonchnomasi, temir yoʻl yuk xati Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kimyo tashkilotlari 10 ish kuni (forvard shartnomasi — 90 ish kuni) mobaynida 6-bosqich Mineral oʻgʻitni yetkazib berish (lot hajmi 60 tonnadan kam boʻlganida) Xaridorning (“Agrokimyohimoya” HAJ, klaster xoʻjaligi, fermer xoʻjaligi) ishonchnomasi Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng 1. “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kimyo tashkilotlari 2. Vakolatli ombor 10 ish kuni (forvard shartnomasi — 90 ish kuni) mobaynida 7-bosqich Mahsulotni fermer xoʻjaliklari yer maydonlarigacha yetkazib borish (qoʻshimcha toʻlov asosida) Shartnoma (xizmat koʻrsatish boʻyicha) Shartnoma shartlariga koʻra 1. “Agrokimyohimoya” HAJ 2. Klaster xoʻjaliklari 3. Xususiy tashkilotlar Belgilangan muddatda
