Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokida “Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” hamda “Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (165-son)
29.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (keyingi oʻrinlarda — YaXHA) ishtirokida “Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” hamda “Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash” loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hamda YaXHA oʻrtasida budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun qarz jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazilganligi;
b) YaXHA qarzlari quyidagi shartlarda jalb etilayotganligi:
“Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasi boʻyicha 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davri bilan yillik 0,01 foizda 15,0 mlrd yapon yenasi miqdorida;
“Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi boʻyicha 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR+1,1 foizda 195,0 mln AQSh dollari miqdorida;
v) YaXHA qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
YaXHA ishtirokida “Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasini amalga oshirish doirasida YaXHA tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va bir martalik toʻlov boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 1-ilovaga;
YaXHA ishtirokida “Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida YaXHA tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va bir martalik toʻlov boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, YaXHA tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
YaXHA tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga YaXHA tomonidan ajratilgan qarzlardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish yuzasidan “MUFG Bank Ltd” banki (Yaponiya) bilan banklararo bitimni imzolash tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari O.R. Isakovga YaXHA bilan “Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” va “Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash” loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan qarz bitimlarini va almashinuv notalarini Oʻzbekiston Respublikasi (Hukumati) nomidan imzolash vakolati berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi YaXHA qarzlari uchun Markaziy bankda har bir qarz shartnomasi boʻyicha alohida hisobvaraq ochsin va jalb qilingan qarzlarni Moliya vazirligi Gʻaznachiligining chet el valyutasidagi yagona gʻazna hisobvaragʻiga koʻchirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YaXHA oʻrtasida imzolangan qarz bitimlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-mart,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 165-son qaroriga 1-ILOVA
YaXHA ishtirokida “Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasini amalga oshirish doirasida YaXHA tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va bir martalik toʻlov boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori 15 mlrd yapon yenasi Qarz muddati 15 yil Imtiyozli davr 4 yil Foiz stavkasi 0,01% Boshlangʻich bir martalik toʻlov 0,10% yapon yenasi Toʻlov davri Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa** asosiy qarz foizlar bir martalik toʻlov* 20.02.2021 15 000 000 000 15 000 000 15 000 000 20.08.2021 15 000 000 000 754 167 754 167 20.02.2022 15 000 000 000 766 667 766 667 20.08.2022 15 000 000 000 754 167 754 167 20.02.2023 15 000 000 000 766 667 766 667 20.08.2023 15 000 000 000 754 167 754 167 20.02.2024 15 000 000 000 766 667 766 667 20.08.2024 15 000 000 000 758 333 758 333 20.02.2025 14 347 806 000 652 194 000 733 332 652 927 332 20.08.2025 13 695 633 000 652 173 000 688 586 652 861 586 20.02.2026 13 043 460 000 652 173 000 666 666 652 839 666 20.08.2026 12 391 287 000 652 173 000 623 006 652 796 006 20.02.2027 11 739 114 000 652 173 000 599 999 652 772 999 20.08.2027 11 086 941 000 652 173 000 557 427 652 730 427 20.02.2028 10 434 768 000 652 173 000 533 333 652 706 333 20.08.2028 9 782 595 000 652 173 000 494 565 652 667 565 20.02.2029 9 130 422 000 652 173 000 466 666 652 639 666 20.08.2029 8 478 249 000 652 173 000 426 268 652 599 268 20.02.2030 7 826 076 000 652 173 000 399 999 652 572 999 20.08.2030 7 173 903 000 652 173 000 360 688 652 533 688 20.02.2031 6 521 730 000 652 173 000 333 333 652 506 333 20.08.2031 5 869 557 000 652 173 000 295 108 652 468 108 20.02.2032 5 217 384 000 652 173 000 266 666 652 439 666 20.08.2032 4 565 211 000 652 173 000 230 797 652 403 797 20.02.2033 3 913 038 000 652 173 000 200 000 652 373 000 20.08.2033 3 260 865 000 652 173 000 163 949 652 336 949 20.02.2034 2 608 692 000 652 173 000 133 333 652 306 333 20.08.2034 1 956 519 000 652 173 000 98 369 652 271 369 20.02.2035 1 304 346 000 652 173 000 66 667 652 239 667 20.08.2035 652 173 000 652 173 000 32 790 652 205 790 20.02.2036 0 652 173 000 0 652 173 000 Jami 15 000 000 000 13 692 380 15 000 000 15 028 692 380
* Bir martalik toʻlov qarz hisobidan toʻlanadi.
** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 165-son qaroriga 2-ILOVA
YaXHA ishtirokida “Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida YaXHA tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va bir martalik toʻlov boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori 195 mln AQSh dollari Qarz muddati 25 yil Imtiyozli davr 7 yil Foiz stavkasi* 6 oylik LIBOR + 1,1% Boshlangʻich bir martalik toʻlov 0,10% AQSh dollari Toʻlov davri Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa*** asosiy qarz foizlar bir martalik toʻlov** 20.02.2021 195 000 000 195 000 195 000 20.08.2021 195 000 000 3 931 471 3 931 471 20.02.2022 195 000 000 3 996 633 3 996 633 20.08.2022 195 000 000 3 931 471 3 931 471 20.02.2023 195 000 000 3 996 633 3 996 633 20.08.2023 195 000 000 3 931 471 3 931 471 20.02.2024 195 000 000 3 996 633 3 996 633 20.08.2024 195 000 000 3 953 192 3 953 192 20.02.2025 195 000 000 3 996 633 3 996 633 20.08.2025 195 000 000 3 931 471 3 931 471 20.02.2026 195 000 000 3 996 633 3 996 633 20.08.2026 195 000 000 3 931 471 3 931 471 20.02.2027 195 000 000 3 996 633 3 996 633 20.08.2027 195 000 000 3 931 471 3 931 471 20.02.2028 189 729 720 5 270 280 3 888 616 9 158 896 20.08.2028 184 459 450 5 270 270 3 739 505 9 009 775 20.02.2029 179 189 180 5 270 270 3 672 582 8 942 852 20.08.2029 173 918 910 5 270 270 3 506 447 8 776 717 20.02.2030 168 648 640 5 270 270 3 456 548 8 726 818 20.08.2030 163 378 370 5 270 270 3 293 935 8 564 205 20.02.2031 158 108 100 5 270 270 3 240 513 8 510 783 20.08.2031 152 837 830 5 270 270 3 081 423 8 351 693 20.02.2032 147 567 560 5 270 270 3 024 479 8 294 749 20.08.2032 142 297 290 5 270 270 2 884 761 8 155 031 20.02.2033 137 027 020 5 270 270 2 808 445 8 078 715 20.08.2033 131 756 750 5 270 270 2 656 399 7 926 669 20.02.2034 126 486 480 5 270 270 2 592 411 7 862 681 20.08.2034 121 216 210 5 270 270 2 443 887 7 714 157 20.02.2035 115 945 940 5 270 270 2 376 376 7 646 646 20.08.2035 110 675 670 5 270 270 2 231 375 7 501 645 20.02.2036 105 405 400 5 270 270 2 160 342 7 430 612 20.08.2036 100 135 130 5 270 270 2 030 017 7 300 287 20.02.2037 94 864 860 5 270 270 1 944 308 7 214 578 20.08.2037 89 594 590 5 270 270 1 806 351 7 076 621 20.02.2038 84 324 320 5 270 270 1 728 274 6 998 544 20.08.2038 79 054 050 5 270 270 1 593 839 6 864 109 20.02.2039 73 783 780 5 270 270 1 512 240 6 782 510 20.08.2039 68 513 510 5 270 270 1 381 328 6 651 598 20.02.2040 63 243 240 5 270 270 1 296 205 6 566 475 20.08.2040 57 972 970 5 270 270 1 175 273 6 445 543 20.02.2041 52 702 700 5 270 270 1 080 171 6 350 441 20.08.2041 47 432 430 5 270 270 956 304 6 226 574 20.02.2042 42 162 160 5 270 270 864 137 6 134 407 20.08.2042 36 891 890 5 270 270 743 792 6 014 062 20.02.2043 31 621 620 5 270 270 648 103 5 918 373 20.08.2043 26 351 350 5 270 270 531 280 5 801 550 20.02.2044 21 081 080 5 270 270 432 068 5 702 338 20.08.2044 15 810 810 5 270 270 320 529 5 590 799 20.02.2045 10 540 540 5 270 270 216 034 5 486 304 20.08.2045 5 270 270 5 270 270 106 256 5 376 526 20.02.2046 0 5 270 270 0 5 270 270 Jami 195 000 000 122 946 371 195 000 318 141 371
* Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda LIBORning oxirgi 5 yilda eng yuqori koʻrsatkichi 2,91 foiz, oʻzgarmas spred 2020-yil 15-iyul holatiga koʻra 1,1 foizni tashkil etganligini hisobga olgan holda, qarz boʻyicha yillik foiz stavkasi 4,01 foizga teng deb hisoblandi.
** Bir martalik toʻlov qarz hisobidan toʻlanadi.
*** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
