Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida (KQ-202-IV-son)
15.03.2021
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan qatlam, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish hamda manfaatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Biroq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ijtimoiy himoyaga boʻlgan huquqlarini muhofaza qilish, huquq va erkinliklarini amalda roʻyobga chiqarish borasidagi munosabatlar yaxlit normativ-huquqiy hujjatga birlashtirilmagan.
Shu munosabat bilan, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish va sohadagi qonunchilikni takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O. Iminov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 15-mart,
KQ-202-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 15-martdagi KQ-202-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
1. Iminov Odiljon Karimovich Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi, Ishchi guruhi rahbari 2. Yunusova Aliya Tuygunovna Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakili 3. Karimov Sherzod Abdurasulovich Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyat mudiri oʻrinbosari 4. Zokirov Farrux Zakirovich Moliya vazirligi Umumiy va boshlangʻich taʼlim moliyasi boʻlim boshligʻi 5. Shadiyev Umid Akbarovich Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 6. Sultonov Baxriddin Murodovich Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi 7. Mansurova Nilufar Baxtiyarovna Sogʻliqni saqlash vazirligi Bolalar salomatligini muhofaza qilish boshqarma boshligʻi 8. Bozorov Otabek Xasanbayevich Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʻi 9. Xoliqov Suxrob Tursunaliyevich Xalq taʼlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qoʻllab-quvvatlash boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 10. Riskulova Kamola Jumayevna Maktabgacha taʼlim vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili boʻyicha maslahatchisi 11. Axmedov Sarvar Xalandarovich Bosh prokuratura Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish boshqarmasi katta prokurori 12. Xonimov Sharofiddni Bahodirovich Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻlim boshligʻi 13. Abidova Gulnoza Maratovna SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi direktori
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 15-martdagi KQ-202-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks oʻrganishni tashkil etish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Bajarish muddati Masʼul vazirlik va idoralar 1. Ishchi guruhining dastlabki yigʻilishini oʻtkazish. 17-mart Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi 2. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish. 5-aprel Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura 3. Xalqaro tajribani oʻrganish. 5-aprel Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura 4. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganish. 5-aprel Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura 5. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarni tanlov asosida hududlarda oʻrganish. 15-aprel Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura 6. Oʻrganish natijalari yuzasidan amaliyotdagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi boʻshliqlar va ularni bartaraf qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. 20-aprel Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura 7. Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amaliyotchilar, ekspertlar, olimlar va mutaxassislar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining takliflarini oʻrganish. 30-aprel Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura 8. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasidagi umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotnomani tayyorlash. 5-may Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura
