Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-5038-son)
25.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6195-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 356 nafar, shu jumladan markaziy apparatida 39 nafar etib belgilansin.
3. Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari hamda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari tuzilmalarini tasdiqlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari hamda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini umumiy belgilangan shtat birliklari doirasida tasdiqlash;
Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Agentlik tuzilmasiga qoʻshimcha boshqaruv xodimlari shtat birliklarini kiritish.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda, Agentlik markaziy apparati faoliyati respublika budjeti mablagʻlari hisobidan, Agentlik hududiy boʻlinmalari faoliyati mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 12-uy manzilidagi bino va inshootlarining A-bloki Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
7. Moliya vazirligi Agentlikka jami toʻrtta, shu jumladan uchta biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlar va ularni saqlash uchun limit ajratsin.
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikning buyurtmanomasi boʻyicha uni belgilangan tartibda tegishli aloqa turlari bilan taʼminlasin.
9. Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (B.A. Musayev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, qoʻyilgan vazifalarning samarali bajarilishini yuksak professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
10. Agentlik Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
a) Agentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
b) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga yuklangan asosiy vazifalarni chuqur tahlil qilib, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini samarali tashkil etishni inobatga olgan holda:
“Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom;
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom;
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom;
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar toʻgʻrisidagi nizom;
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisidagi nizom;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizom loyihalarini;
v) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-mart,
PQ-5038-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining
TAShKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari (14 ta) Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari (12 ta) Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi (1 ta) Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari (205 ta) Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, uning hududiy boʻlinmalari (15 ta) Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati (1 ta) Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun “Muruvvat” (28 ta), “Saxovat” (6 ta) internat-uylari (34 ta) Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar (11 ta)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
MARKAZIY APPARATINING TUZILMASI
Direktor Direktorning tibbiy-ijtimoiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Direktorning moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Kadrlar boʻlimi 2 “Saxovat” va “Muruvvat” internat-uylari faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻlimi 2 Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boʻlimi 3 Yuridik byuro 2 Tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish, moddiy-texnik taʼminlash va investitsiyalarni jalb etish boʻlimi 3 Birinchi boʻlim 1 Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylarini sanatoriyda sogʻlomlashtirishni tashkil etish boʻlimi 2 Matbuot xizmati 1 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi 3 Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berishni tashkillashtirish hamda muvofiqlashtirish boʻlimi 3 Kanselyariya 2 Xoʻjalik boʻlimi 1 Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi boʻlimi 3 Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilishni tashkillashtirish hamda muvofiqlashtirish boʻlimi 4 Protezlash va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash, uyda tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻlimi 3
Boshqaruv xodimlari soni — 38 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqarma boshligʻi Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash va uyda tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bosh mutaxassis 1 Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda xizmatlarni tashkillashtirish sektori 2 Tashkiliy-huquqiy guruh 1 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi boʻyicha bosh mutaxassis 1 Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam berishni tashkillashtirish boʻyicha bosh mutaxassis 1 Bosh hisobchi 1
Boshqaruv xodimlari soni — 8 nafar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 112 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga 4-ILOVA
Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boʻlim boshligʻi Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻyicha inspektor 1-2 Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar boʻyicha inspektor 1 Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga uyida xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar*
1. Bir tuman (shahar) boʻlimida:
boshqaruv xodimlari soni — 1 nafar;
inspektorlar soni — 2-3 nafar (viloyat boshqaruvidagi shaharlar va Toshkent shahrining 10 ta tumanida — 3 nafardan, qolgan tuman va shaharlarda — 2 nafardan).
* Ijtimoiy xodimlar soni tuman (shahar)da oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
2. Jami tuman (shahar)larda:
boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 206 nafar;
inspektorlar soni — 435 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PQ-5038-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r T/r Tashkilot nomi Joylashgan (pochta) manzili I. “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari (jami 6 ta) Andijon viloyati 1. 1. Andijon “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi Andijon shahri, Ogahiy koʻchasi, 3-uy Qashqadaryo viloyati 2. 2. Yakkabogʻ “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi Yakkabogʻ tumani, Choʻmich koʻchasi, 12-uy Namangan viloyati 3. 3. Namangan “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi Namangan shahri, Istiqbol MFY, Kamalak koʻchasi, 1a-uy Samarqand viloyati 4. 4. Samarqand “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi Samarqand shahri, Amir Shohmurod koʻchasi, 63-uy Toshkent viloyati 5. 5. Ohangaron “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi Ohangaron shahri, Shifokorlar koʻchasi, 92-uy Fargʻona viloyati 6. 6. Fargʻona “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi Fargʻona shahri, Guliston koʻchasi, 9-uy II. Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati (jami 1 ta) 7. 1. Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyamova koʻchasi, 5-uy III. “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari (jami 21 ta) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 8. 1. Nukus “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Nukus shahri, Koklemzar koʻchasi 9. 2. Chimboy “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Chimboy tumani, “Tag-jap” OFY Andijon viloyati 10. 3. Boʻtaqora “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Andijon tumani, Boʻtaqora qishlogʻi, Beshpahlavon MFY 11. 4. Chuama “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Izboskan tumani, Chuama qishlogʻi, Ariq boʻyi koʻchasi, 10-uy Buxoro viloyati 12. 5. Qorakoʻl “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Qorakoʻl tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 206-uy 13. 6. Buxoro “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Buxoro shahri, Abay koʻchasi, 59-uy Jizzax viloyati 14. 7. Zomin “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Zomin tumani, Yom qishlogʻi, “Istiqlol” QFY Qashqadaryo viloyati 15. 8. Shahrisabz “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Shahrisabz tumani, Miroqi qoʻrgʻoni Navoiy viloyati 16. 9. Nurota “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Nurota tumani, Adizobod qishlogʻi Namangan viloyati 17. 10. Pop “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Pop tumani, Margʻizor qishlogʻi Samarqand viloyati 18. 11. Urgut “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Urgut tumani, “Qorabuloq” MFY 19. 12. Urgut “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Surxondaryo viloyati 20. 13. Denov “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Denov tumani, Fazilat koʻchasi, 83-uy 21. 14. Farhod “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Sariosiyo tumani, Ehtirom mahallasi, Farhod mavzesi Sirdaryo viloyati 22. 15. Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Sirdaryo tumani, Ziyokor shaharchasi, Gʻalaba koʻchasi, 1-uy 23. 16. Yangiyer “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Yangiyer shahri, “T. Malik” MFY, Yashil hudud Toshkent viloyati 24. 17. Ohangaron “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Ohangaron shahri, Shifokorlar koʻchasi, 48-uy Fargʻona viloyati 25. 18. Qoʻqon “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Qoʻqon shahri, Muqimiy koʻchasi, 52-uy 26. 19. Qudash “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi Oʻzbekiston tumani, Qudash qishlogʻi Xorazm viloyati 27. 20. Xiva “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Xiva tumani, Gandimyon qishlogʻi Toshkent shahri 28. 21. Toshkent “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv koʻchasi, 4-uy IV. “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari (jami 7 ta) Andijon viloyati 29. 1. Qoʻrgʻontepa “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi Qoʻrgʻontepa tumani, Istiqlol koʻchasi, 47-uy Buxoro viloyati 30. 2. Buxoro “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi Buxoro shahri, Abay koʻchasi, 61-uy Qashqadaryo viloyati 31. 3. Qarshi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi Qarshi shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 434-uy Surxondaryo viloyati 32. 4. Qumqoʻrgʻon “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani, Jaloir mahallasi Fargʻona viloyati 33. 5. Fargʻona “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi Fargʻona shahri, Qashqar koʻchasi, 9a-uy Toshkent shahri 34. 6. Toshkent 1-son “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi Olmazor tumani, Chimboy koʻchasi, 4a-uy 35. 7. Toshkent 2-son “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi Olmazor tumani, Talant koʻchasi, 1-uy V. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar (jami 11 ta) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 36. 1. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Taxiatosh” sanatoriyasi Taxiatosh tumani, Ernestov koʻchasi Buxoro viloyati 37. 2. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Buxoro” sanatoriyasi Buxoro shahri, Navoiy koʻcha, 1-uy Jizzax viloyati 38. 3. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Marjonsuvi” sanatoriyasi Gʻallaorol tumani, Lalmikor qoʻrgʻoni 39. 4. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Jizzax” sanatoriyasi Sh. Rashidov, tumani, X. Nosirov SIU, Sh. Boboyev koʻchasi, 9-uy Qashqadaryo viloyati 40. 5. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Qarshi” sanatoriyasi Qarshi shahri, O. Tursunov koʻchasi Namangan viloyati 41. 6. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Kosonsoy” sanatoriyasi Kosonsoy tumani, Olmazor MFY, Olmazor dahasi, 4-uy Samarqand viloyati 42. 7. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Marvarid” sanatoriyasi Kattaqoʻrgʻon shahri, T. Rozikov koʻchasi, 11-uy Toshkent viloyati 43. 8. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Tovoqsoy” sanatoriyasi Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Tovoqsoy qoʻrgʻoni, Amangeldi koʻchasi Fargʻona viloyati 44. 9. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Oltiariq” sanatoriyasi Oltiariq tumani, Qiziltepa qishlogʻi, Sihatgoh koʻchasi, 1-uy Xorazm viloyati 45. 10. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Urganch” sanatoriyasi Urganch tumani, Qumravot mahallasi, Gʻalaba qishlogʻi, 21-uy Toshkent shahri 46. 11. Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Nuroniy” sanatoriyasi Yunusobod tumani, Dehqonobod koʻchasi, 34-uy VI. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlari (jami 12 ta) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 47. 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Nukus tumani, Akmangit shaharchasi Andijon viloyati 48. 2. Andijon viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Andijon shahri, Toshkent koʻchasi, 44-a uy Jizzax viloyati 49. 3. Jizzax viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Jizzax shahri, Markaz-2-B mavzesi, Sayiljoy mahallasi Qashqadaryo viloyati 50. 4. Qashqadaryo viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Qarshi shahri, B. Sherqulov koʻchasi, 6-uy Navoiy viloyati 51. 5. Navoiy viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Navoiy shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 21-uy Namangan viloyati 52. 6. Namangan viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Namangan shahri, Yangiariq koʻchasi, 6-uy Samarqand viloyati 53. 7. Samarqand viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Samarqand shahri, Xoʻja Ahror Vali koʻchasi Surxondaryo viloyati 54. 8. Surxondaryo viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Termiz tumani, Qoraxonli mahallasi, Jayraxona qishlogʻi Toshkent viloyati 55. 9. Toshkent viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Angren shahri, Ohangaron koʻchasi Fargʻona viloyati 56. 10. Fargʻona viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Fargʻona shahri, Toʻmaris koʻchasi, 1-uy Xorazm viloyati 57. 11. Xorazm viloyat Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi Urganch shahri, Muqimiy koʻchasi, 3-uy Toshkent shahri 58. 12. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 5-a uy VII. Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha reabilitatsiya markazi (jami 1 ta) 59. 1. Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 3-mavze, 18-uy VIII. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (jami 15 ta) 60. 1. Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi Toshkent shahri, Novza koʻchasi 14-uy 61. 2. Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari (bosh tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari) IX. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari 62. 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari (jami 14 ta) 2. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari (jami 205 ta)
Izoh. Mazkur roʻyxatga, zaruratga koʻra, maʼmuriy hududiy birliklar tashkil etilishi (oʻzgartirilishi) munosabati bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
