Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5033-son)
23.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik anʼanalarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, har bir oila, jamoa, idora va tashkilotlarda uni keng targʻib etish, xalq ustalarining mehnatini munosib ragʻbatlantirish, aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jalb etish orqali sifatli kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar anʼanaviy va zamonaviy kulolchilikni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
kulolchilik yoʻnalishida zarur xom ashyo bazasini yaratish, kulollarga yer maydonlari va binolar ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash, qulay shartlarda kreditlar ajratish;
hududlarda kulolchilik anʼanalarini tiklash va rivojlantirish maqsadida sohada ixtisoslashgan markazlar va galereyalar tashkil etish, kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarilishini kengaytirish;
kulolchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan hunarmandlarni (keyingi oʻrinlarda — kulollar) har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, usta-shogird maktablari faoliyatini tubdan takomillashtirish orqali yoshlarni sohaga keng jalb qilish va shu asosda yangi ish oʻrinlarini yaratish;
sohaning yetuk namoyandalari tajribasi asosida kulolchilik anʼanalarini milliy iftixor ramzi sifatida har bir oila, xonadon, mahalla hamda idora va tashkilotlarda keng targʻib qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasida kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat darajasiga olib chiqish maqsadida:
2021 — 2023-yillarda kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha istiqbolli reja koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda kulolchilik rivojlangan hududlarda qurilishi rejalashtirilgan kulolchilik markazlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
respublika hududidagi hunarmandchilik markazlari, yirik savdo majmualari, turistik marshrutga kiritilgan obyektlar va bozorlarda kulolchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish boʻyicha manzilli roʻyxat 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali va savdo doʻkonlariga mahsulot namunalari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “Yoʻl-xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yangidan tashkil etiladigan kulolchilik markazlaridagi turar va noturar joylar uchun mol-mulk va yer soligʻi stavkalari mazkur turar va noturar joylarga nisbatan mulk huquqi kulollarga berilgan oydan boshlab uch yil davomida 50 foiz miqdorida oʻrnatilsin.
Quyidagilar:
“Hunarmand” uyushmasining aʼzolari hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qatʼiy belgilangan miqdorlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilganligi;
qishloq joylarda roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan ijtimoiy soliqning 50 foizini toʻlashi;
“Hunarmand” uyushmasi tomonidan kulollarning murojaatlariga asosan bir ish kunida roʻyxatdan oʻtkazish va aʼzolik guvohnomasi berish tizimi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Vazirlar Mahkamasi joriy yilda tijorat banklari tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hunarmandchilik uchun Markaziy bankning asosiy stavkasida 500,0 milliard soʻm miqdorida kredit ajratilishini taʼminlasin.
5. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3393-son qarori bilan tashkil etilgan “Hunarmand” uyushmasi tasarrufidagi “Craft and art” MCHJga quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 2021-yilda 5,0 milliard soʻm, 2022-yilda 5,0 milliard soʻm subsidiya ajratsin:
mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali va savdo doʻkonlariga mahsulot namunalari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish;
kulolchilik mahsulotlarini respublikaning olis va boshqa hududlaridan sotib olish hamda realizatsiya va eksport qilish ishlarini, shu jumladan xorijiy elektron tijorat maydonchalari orqali tashkil etish;
mamlakatimizning turizm rivojlangan tuman (shahar)larida faoliyat olib boruvchi milliy hunarmandchilik savdo doʻkonlarini kulolchilik mahsulotlari bilan taʼminlash.
Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda “Craft and art” MCHJga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 2021-yil 1-aprelga qadar usta-shogird anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun subsidiyalar ajratish tartibini joriy etsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qonunchilikda belgilangan choralaridan foydalangan holda kulolchilikka oʻqitish markazlari faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrsin.
7. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurayotgan yuz ming nafar xotin-qizlarga reja boʻyicha kulolchilik mahsulotlari toʻplamini sovgʻa qilish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Bunda, kulolchilik mahsulotlari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi belgilansin.
8. Davlat korxonalari, hokimliklar, banklar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga:
ularda faoliyat olib boruvchi xodimlarga Navroʻz umumxalq bayrami, Mustaqillik bayrami arafasida, toʻy-marosim va boshqa tadbirlarda tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kulolchilik mahsulotlari toʻplamini sovgʻa tariqasida berish;
oʻzlari joylashgan binoning kirish qismida mahalliy kulolchilik mahsulotlari namunalari burchagi tashkil etish tavsiya etilsin.
Transport vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro aeroportlar “Duty free” hududlarida va temir yoʻl vokzallarida kulolchilik va boshqa turdagi hunarmandchilik mahsulotlari savdosi uchun maxsus joylar ajratilishini taʼminlasin.
9. Moliya vazirligi davlat muzeylari ehtiyojidan kelib chiqib kulollarning milliy qadriyatlarni aks ettirgan mualliflik asarlarini sotib olish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni 2021-yilda ajratsin hamda 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
10. Vazirlik, idoralar, tijorat banklari hamda davlat korxonalariga 2022-yil 1-sentabrga qadar kulollar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali kulolchilik mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat berilsin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda vazirlik va idoralar, banklar, davlat korxonalarining kulolchilik mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan reja grafigini tasdiqlasin.
“Hunarmand” uyushmasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali operatorlari bilan birgalikda Elektron kooperatsiya portali hamda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga uch oyda 20 tagacha, yil yakuniga qadar kamida 50 nafar kulollarni jalb qilish yuzasidan choralar koʻrsin.
11. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Fargʻona viloyati Rishton tumanida tashkil etilgan “Xalqaro kulolchilik markazi” hududida kulollar uchun qurilgan xonadonlarni ular tomonidan sotib olish maqsadida:
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan xonadonlar qiymatining 50 foizi miqdorida kulollarga boshlangʻich badalsiz, faqat mazkur xonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr bilan, Markaziy bankning asosiy stavkasida ipoteka kreditlarini ajratish;
xonadonlar qiymatining 50 foiz miqdorini “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qoplab berish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ushbu mablagʻlar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning xarajatlariga olib borilsin va foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlansin.
12. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Fargʻona viloyati Rishton tumanida quriladigan kulolchilik markazlarining tashkil etilishini moliyalashtirish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga subordinar qarz sifatida 20 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 5 foiz punkt past boʻlgan yillik foizda 100,0 milliard soʻmgacha resurs mablagʻlari ajratsin.
Belgilansinki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ajratilgan mablagʻlar hisobidan:
Rishton tumanida yana 3 ta kulolchilik markazini qurish maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlarga — Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar;
qurib bitkazilgan markazlardagi xonadonlarni sotib olish maqsadida kulollarga — boshlangʻich badalsiz, faqat mazkur xonadonlar garovi ostida 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ipoteka kreditlari;
mamlakat ichki bozorida ishlab chiqarilgan kulolchilik mahsulotlarini xarid qilish uchun aholiga — 3 yil muddatga taʼminotsiz Markaziy bankning asosiy stavkasida isteʼmol kreditlari ajratiladi.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq 2021-2022-yillarda qurilishi rejalashtirilgan kulolchilik markazlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan boʻsh yer maydonlarini elektron onlayn-auksionga qoʻyilishini taʼminlasin;
Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda kulolchilik markazlari foydalanishga topshirilgunga qadar ularni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin.
14. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ bir oy muddatda kulolchilik mahsulotlarini xorijiy davlatlarga pochta joʻnatmasi sifatida joʻnatishda amalda belgilangan tarif stavkalariga 50 foizgacha chegirmalar taqdim etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
15. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish va sotib olish yuzasidan yagona platformaning ishga tushirilishini taʼminlasin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda kulollarga marketing sohasida doimiy amaliy yordam koʻrsatsin va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon axborot tarmogʻi veb-saytlari orqali sotilishida zarur tashkiliy ishlarni yoʻlga qoʻysin.
16. Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
kulolchilikda ishlatiladigan tuproq turlari zaxiralari mavjud yerlarning manzilli roʻyxatini shakllantirsin;
kulollar uchun zarur tuproq turlari karyerlaridan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi va Badiiy akademiya bilan birgalikda bir oy muddatda “Eng mohir kulol” shiori ostida koʻrgazma-tanlovni oʻtkazish boʻyicha tartib ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Anʼanaviy kulolchilik sanʼati ustalari, sanʼatshunoslar, arxeologlarni jalb qilgan holda kulolchilikni chuqur ilmiy oʻrganish, xalqaro kulolchilik gildiyalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, oʻzaro tajriba almashish hamda jahon talablariga mos sifatli mahsulotlar tayyorlashni targʻib qilish maqsadida Hunarmand uyushmasi qoshida “Anʼanaviy kulolchilik ustalari Kengashi” tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
18. Madaniyat vazirligi Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda tarixiy obidalarni taʼmirlash ishlariga kulol (koshinpaz)larni keng jalb qilish choralarini koʻrsin.
19. Fargʻona viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi ikki oy muddatda:
Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Badiiy akademiya bilan birgalikda Rishton shahrida “Xalqaro kulolchilik festivali” hamda festival doirasida “Anʼanaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Rishton tumanida tashkil etiladigan kulolchilik markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida logistika markazi va laboratoriya tashkil etish hamda klaster tizimini joriy qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, “Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kulolchilik mahsulotlarini keng targʻib qilishda shaxsan masʼul ekanligi belgilansin.
Bunda:
oʻzbek milliy anʼanaviy kulolchilik tarixi, uning taniqli namoyandalari ijodiy faoliyatini yoritish hamda keng targʻib etishga bagʻishlangan ilmiy-ommabop asarlarni yaratish, nashr etish va hujjatli filmlar ishlash;
kulolchilik tarixi hamda bugungi rivojini keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;
hududlarda kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ular milliy iftixor ramzi sifatida har bir xonadonga kirib borishini taʼminlash yuzasidan targʻibot olib borish;
dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari orqali Oʻzbekistondagi anʼanaviy kulolchilikka koʻrsatilayotgan eʼtiborni keng yoritish, ushbu yoʻnalishdagi reklama roliklarini tayyorlash va namoyish etish bilan xorijiy turistlar oqimini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Mazkur qarorning mazmun-mohiyati, markazlarning tashkil etilishi bilan bogʻliq amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB ushbu manbalar hisobidan “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeyi va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmaydigan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravarigacha, Uyushmaning Toshkent shahrida faoliyat yuritadigan aʼzolariga esa, istisno tariqasida, bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan oshmaydigan miqdorda kreditlar ajratsin”.
22. Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-mart,
PQ-5033-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha istiqbolli
REJA KOʻRSATKICHLARI
T/r Mahsulot turi Yillik ishlab chiqarish hajmi (ming dona) Ishlab chiqaruvchi kulollar soni Moliyalashtirish manbai va miqdori (mln soʻm) Toʻplam 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2021-yilda 2022-yilda 2023-yilda Loyiha qiymati Oʻz mablagʻlari hisobidan Bank krediti Loyiha qiymati Oʻz mablagʻlari hisobidan Bank krediti Loyiha qiymati Oʻz mablagʻlari hisobidan Bank krediti 1. Lagan 225 315 441 1 137 1 479 1 902 42 896 17 158 25 738 25 583 5 117 20 466 28 265 5 730 22 922 2. Choynak 225 315 441 3. Piyola 1 350 1 890 2 646 4. Kosa 1 350 1 890 2 646 5. Likop 900 1 260 1 764 6. Mevadon 450 630 882 7. Boshqalar (tuzdon, salfetnitsa va boshqalar) 900 1 260 1 764 Jami 5 400 7 560 10 584
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qaroriga 2-ILOVA
2021-2022-yillarda kulolchilik rivojlangan hududlarda qurilishi rejalashtirilgan kulolchilik markazlarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Hudud Tuman (shahar) va manzil Loyihaning taxminiy qiymati Moliyalashtirish manbai Masʼullar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani, Baqanshaqli OFY 300 mln soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Hunarmand” uyushmasi 2. Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani, Farovonlik koʻchasi, 7-uy - Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi Paxtaobod tumani, Sogʻlom avlod koʻchasi - Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 3. Buxoro viloyati Buxoro shahar Imom Buxoriy MFY 20 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Buxoro viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 4. Jizzax viloyati Jizzax shahar, Oʻrda bogʻi 2,5 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Jizzax viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 5. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 2 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 6. Namangan viloyati Chortoq tumani, Oromgoh MFY hududi 4 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 7. Samarqand viloyati Samarqand shahar, “Afrosiyob” xarobalari yon tomoni “Siyob” kanali oʻng yoqasida, “Obi-Rahmat” MFY 1 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 8. Sirdaryo viloyati Guliston shahar 1 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 9. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 500 mln soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Surxondaryo viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 10. Xorazm viloyati Urganch tumani “Oyoqbogʻ” MFY 1,5 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Xorazm viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi Xiva shahri markazi 1 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Xorazm viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 11. Fargʻona viloyati Rishton tumani: “Oq-yer” MFY, “Uch-Ariq” MFY, “Toʻraobod” MFY, “Qalaynav” MFY, - Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 12. Toshkent viloyati Toshkent tumani, Toshkent halqa yoʻli boʻyi - Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi 13. Toshkent shahri Olmazor tumani Islom sivilizatsiyasi markaziga yaqin hudud 1 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi Shayxontohur tumani, Chorsu va Eski juva bozoriga yaqin hududlar 1 mlrd soʻm Tashabbuskorlar va kredit mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qaroriga 3-ILOVA
Respublika hududidagi hunarmandchilik markazlari, yirik savdo majmualari, turistik marshrutga kiritilgan obyektlar va bozorlarda kulolchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish boʻyicha
MANZILLI ROʻYXAT
T/r Hududlar nomi Tuman (shahar) Ajratilgan joy manzili Maydoni I. Hunarmandchilik markazlari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumani Amir Temur koʻchasi 50 kv.m. Moʻynoq tumani Ajiniyaz koʻchasi,74-uy 100 kv.m. 2. Andijon viloyati Andijon shahar Andijon shahar “Jomye” majmuasi galereyasi 100 kv.m. 3. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani A. Gʻijduvoniy MFY, A. Gʻijduvoniy shoh koʻchasi, 9-uy (kulol Alisher Narzullayev muzeyi) 50 kv.m. Gʻijduvon tumani A. Qahhor MFY, Kimson koʻchasi, 55-uy (kulol Abdullo Narzullayev muzeyi) 100kv.m. 4. Jizzax viloyati Jizzax shahar Sangzor MFY, Sh. Rashidov koʻchasi, 128-uy 100 kv.m. 5. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar I. Karimov koʻchasi, “Odina” majmuasi 100 kv.m. Shahrisabz shahar Oqsaroy majmuasi, Alleya hududi 100 kv.m. 6. Navoiy viloyati Karmana tumani “Talqoq” MFY, Navoiy koʻchasi 50 kv.m. Nurota tumani Nurota tumani “Eshon Sudur” MFY, Nurota tumani, “Chashma” majmuasi 100 kv.m. 7. Namangan viloyati Norin tumani Norin hunarmandlar markazi 100 kv.m. Pop tumani Pop Gʻurumsaroy markazi 50 kv.m. 8. Samarqand viloyati Samarqand shahar I. Karimov, 43 A-uy 50 kv.m. Samarqand shahar Lui Gonsalez Deklavia (Ruhobod hunarmandchilik markazi) 100 kv.m. 9. Sirdaryo viloyati Guliston shahar Samarqand koʻchasi 50 kv.m. 10. Surxondaryo viloyati Termiz shahar A. Navoiy koʻchasi, Savdo sanoat palatasi binosi 100 kv.m. Boysun tumani Tuzbozor MFY 50 kv.m. 11. Xorazm viloyati Yangiariq tumani Kattabogʻ qishlogʻi 50 kv.m. Xiva shahar Nurullaboy hunarmandchilik markazi 100 kv.m. 12. Fargʻona viloyati Rishton tumani Toʻqimachilar koʻchasi, 43 100 kv.m. Qoʻqon shahar “Jomye” madaniy meros obyekti 50 kv.m. 13. Toshkent viloyati Chirchiq shahar Chirchiq shahar, 3-sonli V. Haydarov MFY, V. Haydarov koʻchasi 100 kv.m. 14. Toshkent shahri Shayxontohur tumani Oqlon mahallasi, Rahimovlar studiyasi 100 kv.m. II. Yirik savdo majmualari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Nukus savdo kompleksi 100 kv.m. 2. Andijon viloyati Andijon shahar Jahon bozori 100 kv.m. 3. Buxoro viloyati Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hududida 100 kv.m. 4. Jizzax viloyati Jizzax shahar Buyum bozori 100 kv.m. 5. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Farovon savdo kompleksi 50 kv.m. 6. Navoiy viloyati Navoi? shahri Navoiy “Savdo kompleksi” MCHJ 100 kv.m. Navoiy shahri Navoiy markaziy “Saxovat” dehqon bozori 50 kv.m. 7. Namangan viloyati Namangan shahar Afsonalar vodiysi 100 kv.m. 8. Samarqand viloyati Samarqand shahar Farovon savdo kompleksi 100 kv.m. 9. Sirdaryo viloyati Guliston shahar Baraka savdo kompleksi 50 kv.m. Sirdaryo tumani Baxt savdo majmuasi 50 kv.m. Yangiyer shahar Savdo majmuasi 50 kv.m. 10. Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Yashil dunyo” savdo kompleksi 100kv.m. 11. Xorazm viloyati Urganch shahar “Toʻmaris Nur” savdo kompleksi 50 kv.m. 12. Fargʻona viloyati Margʻilon shahar “Fayz savdo kompleksi” 100 kv.m. 13. Toshkent viloyati Zangiota tumani Zangiota tumani, Qatortol MFY, Chinni bozor 100 kv.m. 14. Toshkent shahri Mirobod Toshkent univermagi 100 kv.m. Yakkasaroy “NEXT” koʻngilochar savdo markazi 50 kv.m. III. Turistik marshrutga kiritilgan obyektlar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar A. Dosnazarov koʻchasi (Nukus “Temir yoʻl” binosida) 50 kv.m. 2. Andijon viloyati Andijon shahar Abduvahabov Mirzabahrom uy-ustaxonasi 50 kv.m. 3. Buxoro viloyati Buxoro shahar “Noʻgʻay karvon saroy” 100 kv.m. 4. Jizzax viloyati Jizzax shahar Jelli-Gʻuli MFY, S. Qoʻchqarov koʻchasi, 20-uy 100 kv.m. 5. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Alleya hududidagi “Koʻk gumbaz” majmuasi 50 kv.m. 6. Navoiy viloyati Karmana tumani Karmana tumani “Sardoba” MFY, Sardoba, XI asr 50 kv.m. 7. Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Beshbuloq MFY, V. Ahmedov koʻchasi, 34-uy 50 kv.m. 8. Samarqand viloyati Samarqand shahar Registon ansambli “Sherdor madrasasi” 50 kv.m. 9. Sirdaryo viloyati Guliston shahar Boʻston MFY 50kv.m. 10. Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi 100 kv.m. 11. Xorazm viloyati Xiva shahar Ichan qalʼa majmuasi 100 kv.m. 12. Fargʻona viloyati Rishton tumani Ravshan Tojiddinov ustaxonasi (M. Topvoldiyev MFY. M. Temirov 7a-uy) 100 kv.m. 13. Toshkent viloyati Zangiota tuman Zangiota ziyoratgohi majmuasi 100 kv.m. 14. Toshkent shahri Chilonzor Abul Qosim madrasasi 100 kv.m. IV. Bozorlar hududida 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani Mangʻit savdo kompleksi MCHJ 100 kv.m. Toʻrtkoʻl tumani Toʻrtkoʻl tumani Savdo kompleksi MCHJ hududidagi “Hunarmandlar bozorchasi” 100 kv.m. Qoʻngʻirot tumani Buyum bozori MCHJ 100 kv.m. 2. Andijon viloyati Andijon shahar Andijon shahar Dehqon bozori 100 kv.m. 3. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Yu. Hamadoniy koʻchasida joylashgan Gʻijduvon Dehqon bozori hududida 50 kv.m. 4. Jizzax viloyati Jizzax shahar Eski shahar buyum bozori 100 kv.m. 5. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Yerqoʻrgʻon dehqon (oziq-ovqat) bozori 100kv.m. Qarshi shahar Qarshi Markaziy (oziq-ovqat) dehqon bozori 100 kv.m. Shahrisabz shahar Yangi Kesh MCHJ 50 kv.m. Shahrisabz shahar Olchazor impeks MCHJ 50 kv.m. Shahrisabz shahar Koʻhna Turon Mega MCHJ 50 kv.m. Kasbi tumani Moʻgʻlon shaharchasi “Markaziy Dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ 100 kv.m. Qarshi tumani Qarshi tuman Dehqon bozori 100 kv.m. 6. Navoiy viloyati Zarafshon shahar Zarafshon “Savdo kompleksi” MCHJ 100 kv.m. Uchquduq tumani Uchquduq “Savdo kompleksi” MCHJ 100kv.m. Qiziltepa tumani Qiziltepa “Saxovat” dehqon bozori 50 kv.m. 7. Namangan viloyati Namangan shahar Chorsu dehqon bozori hududi 50 kv.m. 8. Samarqand viloyati Samarqand shahar Siyob dehqon bozori hududi 100 kv.m. 9. Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Baxt-baraka bozori 100 kv.m. 10. Surxondaryo viloyati Termiz shahar Termiz Markaziy dehqon bozori hududi 100 kv.m. 11. Xorazm viloyati Urganch shahar Urganch dehqon bozori hududi 100 kv.m. 12. Fargʻona viloyati Fargʻona shahar Fargʻona dehqon bozori 100 kv.m. 13. Toshkent viloyati Zangiota tumani Zangiota tumani Qatortol MFY Chinni bozor 100 kv.m. Chirchiq shahar Chirchiq shahar 8-mikrorayon bozor hududi, 42 A-uy 50 kv.m. 14. Toshkent shahri Yunusobod Oloy dehqon bozori 50 kv.m. Yakkasaroy Askiya dehqon bozori 100 kv.m. Shayxontohur Chorsu dehqon bozori 100 kv.m.
Izoh: mazkur roʻyxat yangi tashkil etiladigan savdo komplekslari, bozorlar va markazlar soniga mutanosib ravishda oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali va savdo doʻkonlariga kulolchilik va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari namunalari yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Davlat nomi Ajratilgan joy manzili, maydoni Mahsulot soni (dona) Mahsulot qiymati (mln soʻmda) Masʼul idora va tashkilotlar 1. Belgiya Elchixona binosida shourum, Bryussel shahri 28 kv.m. 134 33,6 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 2. Buyuk Britaniya Elchixona binosida shourum, London shahri 16 kv.m. 72 18,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi “Kensington Antique Centre”, koʻrgazmalar binosida, savdo doʻkoni, London shahri 25 kv.m. 120 30,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 3. Germaniya Doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali, Berlin shahri Glinkashtrasse koʻchasi, 154 kv.m. 600 150,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 4. Hindiston Elchixona binosida shourum, Deli shahri 50 kv.m. 240 60,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi “Shipra Sun City Mall”, savdo majmuasida savdo doʻkoni, Gaziabad shahri 30 kv.m. 144 36,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 5. Italiya Oʻzbekiston milliy pavilyoni 17-Xalqaro arxitektura binosi koʻrgazma zali, Venetsiya shahri 100 kv.m. 440 110,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi Sharq sanʼati muzeyi koʻrgazma zali, Turin shahri 25 kv.m. 120 30,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi Usta kulol Juzeppe Fasanoning “Grottagli” ustaxonasi koʻrgazma zali, Grottalye shahri 25 kv.m. 120 30,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 6. Qozogʻiston Elchixona binosida shourum, Nur-Sulton shahri 50 kv.m. 240 60,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 7. Xitoy Elchixona binosida shourum, Pekin shahri 20 kv.m. 96 24,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi “Tian Ma” savdo markazida “Oʻzbekiston” savdo uyi, Lyanyungan shahri 100 kv.m. 480 110,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi “Yiwu UzCraft and Art Ltd” cavdo uyi, Ivu shahri 100 kv.m. 480 120,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi “Starmall” cavdo markazida “Oʻzbekiston” savdo uyi, Chjuxay shahri 100 kv.m. 440 120,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 8. Latviya Elchixona binosida shourum, Riga shahri 36,6 kv.m. 172 43,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi “ARMAS” kompaniyasi binosida hunarmandchilik savdo doʻkoni, Riga shahri 20 kv.m. 96 24,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 9. Malayziya “GM Kelang Wholesale City”, savdo markazi koʻrgazma zali, Selangor shtati 40 kv.m. 192 48,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 10. Rossiya “Xalq xoʻjaligi yutuqlari” koʻrgazma majmuasidagi “Oʻzbekiston” milliy pavilyoni, Moskva shahri 100 kv.m. 440 120,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi Elchixona binosida shourum, Moskva shahri 140 kv.m. 480 120,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi Elchixonaning mehmonxonasi zali, Moskva shahri 90 kv.m. 400 100,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 11. Tojikiston Xidoyat savdo markazida savdo doʻkoni, Dushanbe shahri 35 kv.m. 168 42,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 12. Turkiya Elchixona binosida shourum, Anqara shahri 12 kv.m. 56 14,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi Elchixona binosida shourum, Istanbul shahri 12 kv.m. 56 14,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi Elchixona binosida shourum, Antaliya shahri 12 kv.m. 56 14,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 13. Fransiya Elchixona binosida shourum, Parij shahri 100 kv.m. 600 150,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 14. Yaponiya “Oʻzbekiston-Nagoya” doʻstlik jamiyati binosida koʻrgazma zali, Nagoya shahri 50 kv.m. 240 68,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 15. Gretsiya Hunarmandchilik mahsulotlari Savdo uyi, Afina shahri 80 kv.m. 384 96,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 16. Afgʻoniston “Hunarmand” uyushmasining “Mudtahid” savdo majmuasida “Afgʻon-Oʻzbek” savdo uyi, Mozori Sharif shahri 120 kv.m. 576 140,0 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi 7 642 1,9 mlrd
