Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (3288-son)
20.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3288]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-oktabrdagi 106, 2019-59-son “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3188, 2019-yil 29-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2019-y., 10/19/3188/3969-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 22-sentabrdagi 43, 2020-37-son “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3188-1, 2020-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/3188-1/1335-son).
3. Mazkur qaror 2021-yil 20-martdan kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-mart,
16-son
Davlat soliq qumitasi Raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-mart,
2021-16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 16-martdagi 16, 2021-16-son qaroriga ILOVA
Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
Sotilayotgan tovarning nomi Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi Eng kam chakana narx Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 11 200 13 200 Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 41 200 49 400 Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 28 600 34 400
* Pivodan tashqari
