Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5031-son)
17.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda tovarlarni sotish jarayonlariga bozor tamoyillarining faol joriy qilinishi yashirin iqtisodiyotning qisqarishiga, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga haqiqiy narxlarning shakllanishiga va soliq bazasining kengayishiga xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, birja savdolarida “forvard” shartnomalarining joriy qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy mahsulotlar narx-navolari keskin oʻsishidan himoyalanish, bozorda talab va taklif muvozanatini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarining boʻsh mablagʻlaridan samarali foydalanish imkonini yaratdi.
Shu bilan birga, birja savdolarida faol ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish va yuqori likvidli yoki monopol tovarlarni sotish amaliyotiga bozor mexanizmlarini keng qoʻllashni davom ettirish, birja savdolariga zamonaviy tovar derivativlarini, shu jumladan fyuchers shartnomalarini joriy etish bugungi kun talabi boʻlib qolmoqda.
Nohalol tadbirkorlik subyektlari tomonidan ichki bozorda yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlarini sunʼiy oshirishga, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik, taqsimlash tizimi elementlarini tugatish hamda birja savdolarini yanada faollashtirish maqsadida:
1. 2021-yil 15-iyundan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadi:
a) monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqarilgan:
polivinilxlorid (PVX) va formalin — barcha xaridorlarga;
isteʼmol etil spirti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tegishli litsenziya (ruxsat etish, xabarnoma hujjati) va seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, faqat oʻz ehtiyojlari uchun oxirgi isteʼmolchi sifatida foydalanish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga;
texnik etil spirti — barcha xaridorlarga;
kumush— zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga;
b) 2023-yil 1-yanvarga qadar monopolist boʻlmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yoki davlat ulushi mavjud boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:
sement — ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) — ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, tovar-xom ashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari boʻyicha tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash faqat mazkur bitimlarda belgilangan qiymat boʻyicha amalga oshiriladi.
Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandning ijrosini taʼminlash uchun oʻzaro axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari integratsiyasini hamda maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
3. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga ichki bozorda narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishi va bozordagi boshqa salbiy holatlarning oldini olish uchun, zarur hollarda:
birja savdolarining bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda talab va taklifdan kelib chiqib, ushbu hajmlarga oʻzgartirish kiritish;
yuqori likvidli, shu jumladan mavsumiylik talabdan kelib chiqqan holda talab oshadigan tovarlarni faqat tovar-xom ashyo birjalari orqali sotish boʻyicha tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish vakolati berilsin.
Bunda, ushbu koʻrsatmalar berilgan tashkilotlarga hamda mazkur qarorning 1-bandi “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan tashkilotlarga birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikda koʻzda tutilgan birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar qoʻllaniladi.
4. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi muntazam ravishda talab yuqori boʻlgan, shu jumladan mavsumiylik xususiyatidan kelib chiqqan holda talab oshadigan tovarlar boʻyicha tahlil oʻtkazib, ularning birja savdolariga qoʻyib borilishini taʼminlasin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
2022-yil 1-yanvardan boshlab paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalar tomonidan paxtadan olingan chigitni tayyor mahsulotni qaytarish sharti asosida yogʻ-moy tashkilotlariga berish faqat bir paxta-toʻqimachilik klasteri doirasidagi tashkilotlar oʻrtasida amalga oshiriladi;
2021-yil 1-sentabrdan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshiriladi. Bunda, elektron logistika savdo portali orqali tashish xizmatlari:
xaridorlarning oʻz avtotransportida amalga oshirilgan taqdirda roʻyxatga qoʻyish;
xaridorlarga tashish xizmatini koʻrsatuvchi, affillangan shaxs boʻlgan korxonalar tomonidan belgilangan tartibda shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
6. Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK, “Oʻzmetkombinat” AJ hamda “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ bilan birgalikda silliqlangan oyna hamda poʻlat list ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish choralarini koʻrish hamda mazkur tovarlarni birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirishga qaratilgan choralarni amalga oshirib borsin.
8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tovar-xom ashyo birjalari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida keng yoritish va targʻib qilishga qaratilgan media-rejani tasdiqlasin va uning ijrosini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
10. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-mart,
PQ-5031-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-son qaroriga 1-ILOVA
Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3386-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“PERECHEN visokolikvidnix i (ili) monopolnix vidov produksii, sirya i materialov, realizuyemix na vnutrennem rinke predpriyatiyami-monopolistami i (ili) yuridicheskimi litsami s doley gosudarstva v ustavnom fonde (kapitale) v razmere 50 protsentov i boleye ili yuridicheskimi litsami, v ustavnom fonde (kapitale) kotorix 50 protsentov i boleye prinadlejit yuridicheskomu litsu s doley gosudarstva 50 protsentov i boleye, na osnove rinochnix prinsipov, isklyuchitelno cherez birjevie torgi
1. Benzin avtomobilniy
2. Benzin ekstraksionniy
3. Dizelnoye toplivo
4. Kerosin texnicheskiy
5. Neft
6. Gazoviy kondensat
7. Polipropilen
8. Polietilen
9. Polivinilxlorid (PVX)
10. Formalin
11. Sera texnicheskaya
12. Ugol
13. Mineralnie udobreniya
14. Soda kalsinirovannaya
15. Med katodnaya
16. Mednaya katanka
17. Aluminiy vtorichniy
18. Prokat chernix metallov
19. Prokat chernix metallov
20. Sement
21. Sementniy klinker
22. Steklo stroitelnoye
23. Saxar
24. Spirt etiloviy
25. Pshenitsa
26. Yachmen
27. Xlopok-volokno
28. Xlopkoviy lint
29. Maslo rastitelnoye (xlopkovoye)*
30. Maslo ekstraksionnoye (xlopkovoye)*
31. Sheluxa xlopkovix semyan*
32. Shrot xlopkovix semyan*
33. Texnicheskiye xlopkovie semena*
34. Texnicheskiye masla
35. Pechnoye toplivo
36. Muka pshenichnaya
37. Kombikorma
38. Topochniy mazut
39. Sjijenniy gaz
40. Xozyaystvennoye milo
41. Neftyanoy rastvoritel
42. Neftyanoy parafin
43. Neftyanoy bitum
44. Medniy kuporos
45. Serebro**
Primechaniye:
Tovari, ukazannie v nastoyashem perechne, realizuyutsya s uchetom punkta 2 postanovleniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 17-yanvarya 2018 goda № PP-3479 “O merax po stabilnomu obespecheniyu otrasley ekonomiki strani vostrebovannimi vidami produksii i sirya”.
* Tovari, ukazannie v punktax 29 — 33, realizuyutsya na vnutrennem rinke yuridicheskimi litsami vne zavisimosti ot ix organizatsionno-pravovoy formi na osnove rinochnix prinsipov isklyuchitelno cherez birjevie torgi.
**Tovar, ukazanniy v punkte 45 realizuyetsya AO “NGMK” isklyuchitelno cherez birjevie torgi.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning davlat xaridlari tizimidagi xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiya yigʻimlaridan tushgan mablagʻlarning 20 foizi”.
