Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (143-son)
16.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda maʼmuriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaxslar uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kuyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda maʼmuriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan taʼminlash meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan taʼminlash meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davolash muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot boʻlimlarida statsionar davolanishda boʻlgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak (buyum) bilan taʼminlash meʼyorlari 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini sovun va yuvish vositalari bilan taʼminlash meʼyorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarni hamda tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida qamoqda saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat, ashyoviy mol-mulk, sovun va yuvish vositalari bilan taʼminlash meʼyorlarining qoʻllanish tartibini, shuningdek, saqlash taʼminoti uchun pul mablagʻlari xarajatlarini belgilash;
mahkumlar uchun kiyim-kechak modelini, ularga kiyim-kechakni berish va ishlatish tartibini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan bemor mahkumlar, shuningdek, tergov hibsxonalarida saqlanayotgan, qamoqqa olingan, shifo boʻladigan oziq mahsulotlariga muhtoj shaxslarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibini belgilash. Bunda shifo boʻladigan oziq mahsulotlarining qoʻshimcha qiymati mazkur qaror bilan tasdiqlangan oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlarida nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda baʼzi oziq-ovqat mahsulotlarini boshqalari bilan almashtirish meʼyorlarini va ularni qoʻllash tartibini belgilash huquqi berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalarida va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda maʼmuriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaxslarning kiyim-kechak va yotoq anjomlari avval berilgan kiyim-kechak va yotoq anjomlarining foydalanish muddati tugagandan soʻng yangilanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-mart,
143-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda maʼmuriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlash
MEʼYORLARI
1-son meʼyor jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar uchun
Ushbu meʼyor boʻyicha quyidagilar taʼminlanadi:
umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarda, turmalarda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar;
tranzit olib ketilayotgan mahkumlar;
etap boʻlgunga qadar tergov hibsxonalarida saqlanayotgan mahkumlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan tergov hibsxonalariga oʻtkazilgan yoki tergov hibsxonalarida sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan soʻng qoldirilgan va xoʻjalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar;
manzil-koloniyada intizomiy boʻlinmaga kiritilganligi sababli ishdan ozod qilingan mahkumlar, manzil-koloniyasining korxona, muassasa va tashkiloti mablagʻlari hisobidan, keyinchalik mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish sharti bilan;
manzil-koloniyaga olib kelinmaydigan tashkilotlarda ishga jalb etilgan mahkumlar respublikada favqulodda holat roʻy berishi yoki sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar sababli ushbu tashkilot (ishlab chiqarish) faoliyati toʻxtaganda, manzil-koloniyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan.
Voyaga yetmaganlar tarbiya koloniyalarining tarbiyalanuvchilari oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlari boʻyicha taʼminlanadilar.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
2-son meʼyor mehnat sharoitlari ogʻir va zararli boʻlgan ishlarda ishlaydigan mahkumlar uchun
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 550 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 200 3. 2-nav bugʻdoy uni 20 4. Turli xil yormalar (guruchsiz) 110 5. Guruch 30 6. Makaron mahsulotlari 40 7. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 120 8. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 9. Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 10. Tuxum (dona) 1 11. Dukkakli mahsulotlar 20 12. Hayvon yogʻi yoki margarin 20 13. Oʻsimlik yogʻi 50 14. Shakar 35 15. Choy 1,2 16. Yodlangan osh tuzi 20 17. Sut (yogʻliligi 2,5 foizdan kam boʻlmagan) 95 18. Kartoshka 550 19. Dafna yaprogʻi 0,1 20. Tomat pastasi 3 21. Quritilgan mevalar (shu jumladan, naʼmatak — 5gr) 15 22. Yangi mevalar va rezavorlar** jumladan: 300 olma 250 rezavorlar 50 23. Sabzavotlar* jumladan: 416 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 95 Piyoz 50 lavlagi va sabzi 85 Qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 106 Koʻkatlar 5
Ushbu meʼyor boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan tasdiqlangan namunaviy roʻyxatga muvofiq mehnat sharoitlari bevosita ogʻir va zararli boʻlgan ishlarda ishlaydigan mahkumlar taʼminlanadilar.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
3-son meʼyor tergov hibsxonalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalarida va maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslar uchun
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 500 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 150 3. 2-nav bugʻdoy uni 20 4. Turli xil yormalar (guruchsiz) 90 5. Guruch 30 6. Makaron mahsulotlari 20 7. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 100 8. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 9. Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 10. Tuxum (dona) 1 11. Dukkakli mahsulotlar 20 12. Hayvon yogʻi yoki margarin 20 13. Oʻsimlik yogʻi 45 14. Shakar 30 15. Choy 1 16. Yodlangan osh tuzi 20 17. Sut (yogʻliligi 2,5 foizdan kam boʻlmagan) 95 18. Kartoshka 500 19. Dafna yaprogʻi 0,1 20. Tomat pastasi 3 21. Quritilgan mevalar (shu jumladan, naʼmatak — 5gr) 10 22. Sabzavotlar* jumladan: 416 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 95 piyoz 35 lavlagi va sabzi 85 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 121 koʻkatlar 5
Ushbu meʼyor bilan reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan, shu jumladan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari qarorlariga asosan joylashtirilgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, apellyatsiya shikoyatlarining koʻrib chiqilishini va sud hukmining qonuniy kuchga kirishini kutayotgan shaxslar taʼminlanadi.
Voyaga yetmaganlar tarbiyalash koloniyalarining tarbiyalanuvchilari oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlari boʻyicha taʼminlanadilar.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning tergov harakati yoki sud majlisidagi ishtirokini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan konvoy harakati davomida tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalari tomonidan ushbu muassasalarning ichki tartib qoidalarida belgilangan vaqtda konvoy qilinayotgan shaxslarni ovqatlantirish uchun konvoy xizmatlariga ushbu meʼyor boʻyicha tayyorlangan oziq-ovqat ajratiladi.
Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar haq toʻlanadigan mehnatga jalb etilgan taqdirda, maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalarida ovqatlantirish belgilangan vaqtda maxsus qabulxona tomonidan ushbu meʼyor boʻyicha haq toʻlanadigan mehnatga jalb etilgan shaxslarni mehnat qilayotgan joyida ovqatlanishlari taʼminlanadi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
4-son meʼyor voyaga yetmagan mahkum(a)lar uchun
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 350 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 250 3. 2-nav bugʻdoy uni 5 4. Turli xil yormalar (guruchsiz) 50 5. Guruch 30 6. Makaron mahsulotlari 40 7. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 120 8. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 9. Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 10. Tuxum (dona) 1,5 11. Dukkakli mahsulotlar 10 12. Hayvon yogʻi yoki margarin 20 13. Oʻsimlik yogʻi 30 14. Sariyogʻ 20 15. Sut (yogʻliligi 2,5 foizdan kam boʻlmagan) 250 16. Shakar 50 17. Choy 1 18. Yodlangan osh tuzi 10 19. Kartoshka 400 20. Kartoshka kraxmali 1 21. Quritilgan mevalar (shu jumladan, naʼmatak — 5gr) 20 22. Yangi mevalar va rezavorlar* jumladan: 300 olma 250 rezavorlar 50 23. Dafna yaprogʻi 0,1 24. Tomat pastasi 3 25. Sabzavotlar* jumladan: 319 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 65 piyoz 50 lavlagi va sabzi 65 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 59 koʻkatlar 5
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
5-son — meʼyor yoʻlda boʻlgan davrida oziq-ovqat taʼminoti
“A” — meʼyor mahkumlar uchun
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi* Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 1000 2. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 320 yoki yarim dudlangan kolbasa 190 yoki dukkakli mahsulotlar izohga muvofiq** yoki tuxum yoki brinza 3. Shakar 30 4. Yodlangan osh tuzi 10 5. Choy 1
“B” — meʼyor voyaga yetmagan mahkumlar uchun
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi* Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 400 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 400 3. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 380 yoki yarim dudlangan kolbasa 237 yoki dukkakli mahsulotlar izohga muvofiq** yoki tuxum 4. Shakar 50 5. Pishloq yoki brinza 60 6. Yodlangan osh tuzi 15 7. Choy 1
Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan qamoqqa olingan shaxslar bir tergov hibsxonasidan boshqasiga etap qilinayotgan vaqtda ushbu meʼyordagi oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
* Tayyorlashni talab qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari pishirilgan holda beriladi.
** Ushbu oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash oziq-ovqat mahsulotlarining oʻzaro almashishini hisoblashga muvofiq ekvivalent miqdorda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan taʼminlash
MEʼYORLARI
1-son meʼyor erkak mahkumlarning kiyim-kechaklari (buyumlari)
T/r Buyumning nomi Miqdori (bir kishi uchun) Xizmat qilish muddati 1. Qishki bosh kiyimi (quloqchinli telpak) 1 dona 3 yil 2. Yozgi bosh kiyimi 1 dona 1 yil 3. Qishki kurtka (sintefonli) (paxtali yarim palto) 1 dona 3 yil 4. Paxtali matodan kostum* 2 toʻplam 2 yil 5. Paxtali matodan shim* 1 dona 1 yil 6. Paxtali matodan ustki koʻylak* 2 dona 2 yil 7. Ichki kiyim (qishki)** (ichki koʻylak va ichki ishton) 2 toʻplam 2 yil 8. Mayka 2 dona 1 yil 9. Trusik 2 dona 1 yil 10. Qishki qoʻlqop (paxtali qoʻlqop) 1 juft 1 yil 11. Charm botinka (rezinali tagcharmdagi charm botinka) 1 juft 3 yil 12. Charm tufli 1 juft 2 yil 13. Shippak 1 juft 2 yil 14. Paxtali matodan paypoq* 6 juft 1 yil
Ushbu meʼyor boʻyicha tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish koloniyalarida xoʻjalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar ham taʼminlanadi.
Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan, mavsumiy kiyimlari boʻlmagan, shuningdek kiyim-kechagida zararkunandalar mavjud boʻlgan shaxslar ushbu meʼyor boʻyicha kiyim-kechak bilan taʼminlanadi.
Buyumlarni taʼmirlash uchun sarflanadigan mahsulotlar ehtiyojdan kelib chiqqan holda respublika budjeti hisobidan beriladi.
* 50 foizdan kam boʻlmagan paxta tolasidan toʻqilgan mato ishlatilishi mumkin.
** Ichki kiyim (qishki) oʻrniga mayka va trusik berishga ruxsat etiladi.
2-son meʼyor ayol mahkumalarning kiyim-kechaklari (buyumlari)
T/r Buyumning nomi Miqdori (bir kishi uchun) Xizmat qilish muddati 1. Yarim junli matodan roʻmol 1 dona 2 yil 2. Durracha (paxtali uchburchak roʻmol) 2 dona 2 yil 3. Qishki kurtka (sintefonli) (paxtali yarim palto) 1 dona 3 yil 4. Paxtali matodan kuzgi-bahorgi kurtka (astarli)* 1 dona 2 yil 5. Paxtali matodan yozgi koʻylak kostum (sarafan)* 1 dona 2 yil 6. Paxtali matodan koʻylak* 1 dona 1 yil 7. Paxtali matodan bluza* 2 dona 2 yil 8. Paxtali matodan xalat* 1 dona 1 yil 9. Ichki koʻylak 2 dona 1 yil 10. Mayka 2 dona 1 yil 11. Trusik 4 dona 1 yil 12. Siynaband 2 dona 1 yil 13. Paxtali matodan paypoq 8 juft 1 yil 14. Gamash 2 juft 1 yil 15. Qishki qoʻlqop 1 juft 1 yil 16. Charm botinka (rezinali tagcharmdagi charm botinka) 1 juft 2 yil 17. Charm tufli 1 juft 2 yil 18. Shippak 1 juft 2 yil
Ushbu meʼyor boʻyicha tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalarida xoʻjalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumalar ham taʼminlanadi.
Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan, mavsumiy kiyimlari boʻlmagan, shuningdek kiyim-kechagida zararkunandalar mavjud boʻlgan shaxslar ushbu meʼyor boʻyicha kiyim-kechak bilan taʼminlanadi.
Jazoni ijro etish koloniyalari, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan ayollarga bir oyda 10 dona ayollar uchun gigiyenik vosita (prokladkalar yoki tamponlar) beriladi.
Buyumlarni taʼmirlash uchun sarflanadigan mahsulotlar ehtiyojdan kelib chiqqan holda respublika budjeti hisobidan beriladi.
* 50 foizdan kam boʻlmagan paxta tolasidan toʻqilgan mato ishlatilishi mumkin.
3-son meʼyor voyaga yetmagan mahkum(a)larning kiyim-kechaklari (buyumlari)
“A” — meʼyor erkaklar uchun
T/r Buyumning nomi Miqdori (bir kishi uchun) Xizmat qilish muddati 1. Qishki bosh kiyimi (quloqchinli shapka) 1 dona 3 yil 2. Yozgi bosh kiyim 1 dona 1 yil 3. Qishki kurtka (sintefonli) (paxtali kurtka) 1 dona 3 yil 4. Paxtali matodan kostum* 2 toʻplam 2 yil 5. Maktab uchun kostum 1 toʻplam 2 yil 6. Paxtali matodan maktab uchun oq koʻylak* (ip-gazlamali ustki koʻylak) 1 dona 2 yil 7. Galstuk 1 dona 2 yil 8. Paxtali matodan shim* 1 dona 1 yil 9. Paxtali matodan koʻylak* 2 dona 2 yil 10. Ichki kiyim (qishki)** (ichki koʻylak va ichki ishton) 2 juft 2 yil 11. Mayka 2 dona 1 yil 12. Trusik 2 dona 1 yil 13. Paxtali matodan paypoq* 6 juft 1 yil 14. Qishki qoʻlqop (yarim junli qoʻlqop yoki varejkalar) 1 juft 1 yil 15. Charm botinka 1 juft 2 yil 16. Charm tufli 1 juft 1 yil 17. Sport uchun oyoq kiyimi (sport uchun tufli) 1 juft 2 yil 18. Shippak 1 juft 2 yil
“B” — meʼyor ayollar uchun
T/r Buyumning nomi Miqdori (bir kishi uchun) Xizmat qilish muddati 1. Yarim junli matodan roʻmol 1 dona 2 yil 2. Durracha (ip-gazlamali uchburchak roʻmol) 2 dona 2 yil 3. Qishki kurtka (sintefonli) (paxtalik yarim palto) 1 dona 3 yil 4. Paxtali matodan kuzgi-bahorgi kurtka (astarli)* 1 dona 2 yil 5. Paxtali matodan yozgi koʻylak kostum (sarafan)* 1 dona 2 yil 6. Maktab uchun kostum 1 toʻplam 2 yil 7. Paxtali matodan maktab uchun oq koʻylak* (paxtali matodan koʻylak) 1 dona 2 yil 8. Galstuk 1 dona 2 yil 9. Paxtali matodan yubka* 1 dona 1 yil 10. Paxtali matodan koʻylak* 2 dona 2 yil 11. Paxtali matodan bluza* 2 dona 2 yil 12. Paxtali matodan xalat* 1 dona 1 yil 13. Ichki koʻylak 2 dona 1 yil 14. Mayka 2 dona 1 yil 15. Trusik 2 dona 1 yil 16. Siynaband 2 dona 1 yil 17. Paxtali matodan paypoq* 8 juft 1 yil 18. Gamash 2 juft 1 yil 19. Qishki qoʻlqop (yarim junli qoʻlqop yoki varejkalar) 1 juft 1 yil 20. Charm botinka (rezinali tagcharmdagi charmbotinka) 1 juft 2 yil 21. Charm tufli 1 juft 2 yil 22. Sport uchun oyoq kiyimi (sport uchun tufli) 1 juft 2 yil 23. Shippak 1 juft 2 yil
Ushbu meʼyor boʻyicha tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish koloniyalarida xoʻjalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumalar ham taʼminlanadi.
Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan, mavsumiy kiyimlari boʻlmagan, shuningdek kiyim-kechagida zararkunandalar mavjud boʻlgan shaxslar ushbu meʼyor boʻyicha kiyim-kechak bilan taʼminlanadi.
Jazoni ijro etish koloniyalari, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan ayollarga bir oyda 10 dona ayollar uchun gigiyenik vosita (prokladkalar yoki tamponlar) beriladi.
Buyumlarni taʼmirlash uchun sarflanadigan mahsulotlar ehtiyojdan kelib chiqqan holda respublika budjeti hisobidan beriladi.
* 50 foizdan kam boʻlmagan paxta tolasidan toʻqilgan mato ishlatilishi mumkin.
** Ichki kiyim (qishki) oʻrniga mayka va trusik berishga ruxsat etiladi.
4-son meʼyor tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan shaxslar, shuningdek, jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarning oʻrin-toʻshak bilan taʼminlash*
T/r Buyumning nomi Miqdori (bir kishi uchun) Xizmat qilish muddati 1. Adyol (yarim junli koʻrpa) 1 dona 3 yil 2. Paxtali matras 1 dona 4 yil 3. Paxtali yostiq 1 dona 4 yil 4. Choyshab 3 dona 2 yil 5. Yostiq jildi 2 dona 2 yil 6. Sochiq 2 dona 1 yil 7. Gigiyena ehtiyojlari uchun sochiq (ayol shaxslarga beriladi) 1 dona 1 yil 8. Hojatxona qogʻozi** 1 oʻram (30±1m) 1 oy
* Inventar foydalanish uchun beriladi.
5-son meʼyor tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari oshxonasi, non pishirish sexida ishlaydigan mahkumlarni maxsus kiyim bilan taʼminlash
T/r Materialning nomi Miqdori (bir kishi uchun) Xizmat qilish muddati 1. Bosh kiyim, oq rangli 2 dona 1 yil 2. Kostum oq rangli (shimli) 2 toʻplam 1 yil 3. Kalish 1 juft 1 yil
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan taʼminlash
MEʼYORLARI
1-son meʼyor tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollar uchun oziq-ovqat mahsulotlari
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 200 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 300 3. 2-nav bugʻdoy uni 20 4. Turli xil yormalar (guruchsiz) 100 5. Guruch 30 6. Makaron mahsulotlari 20 7. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 125 8. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 9. Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 10. Tuxum (dona) 2 11. Dukkakli mahsulotlar 20 12. Hayvon yogʻi yoki margarin 10 13. Oʻsimlik yogʻi 40 14. Sariyogʻ 40 15. Sut (yogʻliligi 2,5 foizdan kam boʻlmagan) 500 16. Tvorog 50 17. Shakar 60 18. Choy 1 19. Yodlangan osh tuzi 10 20. Dafna yaprogʻi 0,1 21. Yangi mevalar* 240 olma 200 rezavorlar 40 22. Tomat pastasi 3 23. Kartoshka kraxmali 1 24. Kartoshka 450 25. Quritilgan mevalar (shu jumladan, naʼmatak — 5gr) 15 26. Sabzavotlar* jumladan: 327 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 40 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 80 piyoz 60 lavlagi va sabzi 80 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 42 koʻkatlar 5
Ushbu meʼyor boʻyicha tugʻishiga toʻrt oy qolgan homilador va farzandi toʻqqiz oylik boʻlguniga qadar emizikli ayollar (shifokorning xulosasiga asosan) taʼminlanadi.
Tergov hibsxonalarida, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida onalari bilan birga hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida saqlanayotgan bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylari uchun belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari meʼyorlari boʻyicha taʼminlanadi.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
2-son meʼyor jazoni ijro etish muassasalarining tugʻruq boʻlimida saqlanayotgan ayol mahkumalarning kiyim-kechak (buyum) va yotoq anjomlari
T/r Buyumning nomi Miqdori (bir kishi uchun) Xizmat qilish muddati 1. Ayollar koʻylagi* 4 dona 3 yil 2. Siynaband 2 dona 2 yil 3. Issiq xalat* 1 dona 10 yil 4. Paxtali matodan paypoq** 1 juft 1 yil 5. Gamash 1 juft 1 yil 6. Choyshab* 4 dona 3 yil 7. Adyol uchun jild* 4 dona 3 yil 8. Yostiq jildi* 8 dona 3 yil 9. Tagliklar 14 dona 3 yil 10. Sochiq 4 dona 3 yil 11. Bolalar oldi ochiq koʻylakchalari 8 dona 2 yil 12. Yoʻrgaklar* 40 dona 3 yil 13. Bolalar choyshabi* 4 dona 3 yil 14. Bolalar yostiq jildi* 8 dona 3 yil 15. Tugʻruq xonalari uchun choyshablar 2 dona 2 yil 16. Adyol* (yarim junli adyol) 2 dona 5 yil 17. Paxtali matras* 1 dona 4 yil 18. Paxtali yostiq* 2 dona 10 yil 19. Bolalar uchun matras* 1 dona 5 yil 20. Bolalar uchun sintefonli adyol* (bolalar uchun yarim junli adyol) 1 dona 5 yil 21. Shippak* 1 juft 1 yil
* Inventar foydalanish uchun beriladi.
** 50 foizdan kam boʻlmagan paxta tolasidan toʻqilgan mato ishlatilishi mumkin.
3-son meʼyor homilador va emizikli ayollarning kiyim-kechaklari (buyumlari)
T/r Buyumning nomi Miqdori (bir kishi uchun) Xizmat qilish muddati 1. Ayollar koʻylagi 3 dona 1 yil 2. Siynaband 4 dona 1 yil 3. Trusik 4 dona 1 yil 4. Issiq xalat* 3 dona 2 yil 5. Paxtali matodan paypoq** (junli paypoq) 8 juft 1 yil 6. Choyshab* 3 dona 2 yil 7. Adyol uchun jild* 3 dona 2 yil 8. Yostiq usti jildi* 3 dona 2 yil 9. Durracha (uchburchak roʻmol) 3 dona 2 yil 10. Dastroʻmol 5 dona 2 yil 11. Sochiq 4 dona 1 yil 12. Hammom uchun sochiq* 2 dona 1 yil 13. Paxtali matras* 1 dona 5 yil 14. Paxtali yostiq* 1 dona 10 yil 15. Adyol* (yarim junli adyol) 1 dona 5 yil 16. Peshband* 1 dona 1 yil 17. Shippak* 1 juft 1 yil 18. Stol usti kleyonkasi* 0,3 metr 1 yil
Onalari bilan birga jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida saqlanayotgan bolalar kiyim-kechak, poyabzal va boshqa buyumlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylari uchun belgilangan meʼyorlar boʻyicha taʼminlanadi.
* Inventar foydalanish uchun beriladi.
** 50 foizdan kam boʻlmagan paxta tolasidan toʻqilgan mato ishlatilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davolash muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot boʻlimlarida statsionar davolanishda boʻlgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak (buyum) bilan taʼminlash
MEʼYORLARI
1-son meʼyor davolash muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarining tibbiyot boʻlimlarida statsionar davolanishda boʻlgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash
“A” — meʼyor (umumiy)
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 250 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 250 3. 2-nav bugʻdoy uni 20 4. Turli xil yormalar (guruchsiz) 40 5. Guruch 30 6. Makaron mahsulotlari 20 7. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 100 8. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 9. Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 10. Tuxum (dona) 1 11. Dukkakli mahsulotlar 20 12. Hayvon yogʻi yoki margarin 15 13. Oʻsimlik yogʻi 30 14. Sariyogʻ 20 15. Sut (yogʻliligi 2,5 foizdan kam boʻlmagan) 250 16. Shakar 40 17. Choy 1 18. Yodlangan osh tuzi 10 19. Dafna yaprogʻi 0,1 20. Tomat pastasi 3 21. Kartoshka kraxmali 1 22. Kartoshka 450 23. Quritilgan mevalar (shu jumladan, naʼmatak — 5gr) 15 24. Sabzavotlar* jumladan: 416 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 95 piyoz 50 lavlagi va sabzi 85 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 106 koʻkatlar 5
Ushbu meʼyor boʻyicha manzil-koloniyada kasalligi boʻyicha (tibbiy koʻrsatkichlarga va tibbiy xulosaga asosan) ishdan ozod qilingan mahkumlar manzil-koloniyaning korxona, muassasa va tashkiloti mablagʻlari hisobidan keyinchalik mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish sharti bilan taʼminlanadi.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
“B” — meʼyor distrofiya, avitaminoz, I va II guruh nogironligi, sil, oshqozon yarasi, yomon sifatli hosila, oʻsma hamda ruhiy kasalliklar bilan dispanser hisobiga olingan bemorlarning oziq-ovqat mahsulotlari
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 200 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 250 3. 2-nav bugʻdoy uni 20 4. Turli xil yormalar (guruchsiz) 40 5. Guruch 30 6. Makaron mahsulotlari 30 7. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 150 8. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 9. Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 10. Tuxum (dona) 1,5 11. Dukkakli mahsulotlar 20 12. Hayvon yogʻi yoki margarin 10 13. Oʻsimlik yogʻi 30 14. Sariyogʻ 40 15. Sut (yogʻliligi 2,5 foizdan kam boʻlmagan) 500 16. Tvorog 50 17. Shakar 45 18. Choy 1 19. Yodlangan osh tuzi 10 20. Dafna yaprogʻi 0,1 21. Tomat pastasi 3 22. Kartoshka kraxmali 1 23. Kartoshka 450 24. Quritilgan mevalar (shu jumladan, naʼmatak — 5gr) 15 25. Sabzavotlar* jumladan: 401 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 95 piyoz 60 lavlagi va sabzi 90 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 76 koʻkatlar 5 26. Asal 10 27. Yangi mevalar va rezavorlar* jumladan: 140 olma 100 rezavorlar 40
Ushbu meʼyor boʻyicha tergov hibsxonalari yoki jazoni ijro etish muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha distrofiya, avitaminoz, I va II-guruh nogironligi, sil, oshqozon yarasi, yomon sifatli hosila, oʻsma, koronavirus infeksiyalari, oʻtkir infeksion hamda ruhiy kasalliklar bilan dispanser hisobiga olinib, ambulator yoki statsionar davolanayotgan bemorlar taʼminlanadi.
Silning faol shakli bilan kasallanganlar qamoqda saqlanayotgan davr yoki jazo muddatini oʻtash davri mobaynida toʻliq ushbu meʼyor boʻyicha taʼminlanadi. Shuningdek, tibbiy koʻrsatkichlar va tibbiy xulosaga asosan boshqa surunkali kasalliklar bilan dispanser roʻyxatiga olingan shaxslar saqlash joyidan qatʼi nazar, ushbu meʼyor bilan toʻliq taʼminlanadi.
Shu bilan birga, ushbu meʼyor boʻyicha manzil-koloniyada kasalligi boʻyicha (tibbiy koʻrsatkichlarga va tibbiy xulosaga asosan) ishdan ozod qilingan mahkumlar, manzil-koloniyaning korxona, muassasa va tashkiloti mablagʻlari hisobidan keyinchalik mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish sharti bilan taʼminlanadi.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
“V” — meʼyor statsionar davolashda va sogʻlomlashtirish guruhlarida boʻlgan voyaga yetmagan bemorlarning oziq-ovqat mahsulotlari
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 250 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 300 3. 2-nav bugʻdoy uni 20 4. Turli xil yormalar (guruchsiz) 40 5. Guruch 30 6. Makaron mahsulotlari 35 7. Goʻsht (mol, qoʻy goʻshti va boshqalar) 125 8. Parranda goʻshti (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 9. Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 10. Tuxum (dona) 1,5 11. Dukkakli mahsulotlar 20 12. Hayvon yogʻi yoki margarin 10 13. Oʻsimlik yogʻi 30 14. Sariyogʻ 30 15. Sut (yogʻliligi 2,5 foizdan kam boʻlmagan) 300 16. Tvorog 30 17. Shakar 45 18. Choy 1 19. Yodlangan osh tuzi 10 20. Dafna yaprogʻi 0,1 21. Tomat pastasi 3 22. Kartoshka kraxmali 1 23. Kartoshka 450 24. Quritilgan mevalar (shu jumladan, naʼmatak — 5gr) 20 25. Yangi mevalar va rezavorlar* jumladan: 240 olma 200 rezavorlar 40 26. Sabzavotlar* jumladan: 339 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 65 piyoz 60 lavlagi va sabzi 65 qovoq 20 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 69 koʻkatlar 5
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat beriladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
“G” — meʼyor OITV infeksiyasi va OITS kasalligiga chalinganlarning oziq-ovqat mahsulotlari
T/r Oziq-ovqat mahsulotining nomi Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm) 1. 1-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 500 2. 2-nav undan tayyorlangan bugʻdoy noni 200 3. 2-nav bugʻdoy uni 20 4. Turli xil yormalar (guruchsiz) 40 5. Guruch 30 6. Makaron mahsulotlari 100 7. Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan) 35 8. Tuxum (dona) 2 9. Dukkakli mahsulotlar 40 10. Oʻsimlik yogʻi 40 11. Sariyogʻ 40 12. Sut (yogʻliligi 2,5 foizdan kam boʻlmagan) 300 13. Tvorog 100 14. Shakar 45 15. Choy 2 16. Yodlangan osh tuzi 6 17. Tomat pastasi 3 18. Kartoshka kraxmali 10 19. Kartoshka 400 20. Sabzavotlar* jumladan: 401 karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 55 bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan) 95 piyoz 40 lavlagi va sabzi 95 boshqa sabzavotlar (sholgʻom, turp, bulgʻor qalampiri, baqlajon) 81 koʻk piyoz 15 petrushka, ukrop, selderey (koʻkatlar) 20 21. Yangi mevalar* 200 22. Quritilgan mevalar (shu jumladan, naʼmatak — 5gr) 30 23. Koʻk noʻxat (konservalangan) 20 24. Sharbatlar 100 25. Qandolat mahsulotlari 100 26. Parranda goʻshti (ichak- chavoqlaridan tozalangan) 200 27. Pishloq 20 28. Kefir (qatiq) 200 29. Asal 10 30. Qahva yoki kakao 1 31. Xamirturush 1 32. Ziravorlar 1
Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan dispanser hisobiga olingan OITV infeksiyasi va OITS kasalligiga chalingan bemorlar saqlanish joyidan qatʼi nazar, ushbu meʼyor boʻyicha toʻliq taʼminlanadi.
Shu bilan birga, ushbu meʼyor boʻyicha manzil-koloniyada kasalligi boʻyicha (tibbiy koʻrsatkichlarga va tibbiy xulosaga asosan) ishdan ozod qilingan mahkumlar, manzil-koloniyaning korxona, muassasa va tashkiloti mablagʻlari hisobidan keyinchalik mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish sharti bilan taʼminlanadi.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini taʼminlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yigʻib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda goʻsht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yogʻ kabi biologik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos boʻladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan taʼminlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
2-son meʼyor davolash muassasalarida, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot boʻlimlarida statsionar davolanishda boʻlgan bemorlarning kiyim-kechaklari (buyumlari)
T/r Buyumning nomi 1 kishiga Xizmat qilish muddati 1. Kasalxona kostumi (erkaklarga beriladi) (ichki koʻylak va ichki ishton) 2 toʻplam 1 yil 2. Kasalxona koʻylagi (ayollarga beriladi) (ip-gazlamali ichki koʻylak va ichki pantalon) 2 dona 1 yil 3. Kasalxona xalati* (ip-gazlamali xalat) 1 dona 3 yil 4. Paxtali matodan paypoq** 2 juft 1 yil 5. Gamash (ayollarga beriladi) 2 juft 1 yil 6. Adyol* (yarim junli adyol) 1 dona 3 yil 7. Paxtali matras* 1 dona 4 yil 8. Paxtali yostiq 1 dona 4 yil 9. Choyshab*,*** 2 dona 1 yil 10. Yostiq jildi* 2 dona 1 yil 11. Sochiq 2 dona 1 yil 12. Gigiyena ehtiyojlari uchun sochiq (ayollarga beriladi) 1 dona 1 yil 13. Shippak* 1 juft 1 yil
Ushbu meʼyorga qoʻshimcha ravishda mahkumlarning roʻyxatdagi soniga nisbatan 5 foiz miqdorda ichki kiyim va oʻrin-toʻshak anjomlari epidemik jamgʻarma uchun beriladi.
* Inventar foydalanish uchun beriladi.
** 50 foizdan kam boʻlmagan paxta tolasidan toʻqilgan mato ishlatilishi mumkin.
*** Sil, teri kasalliklariga chalinganlarga va operatsiyadan keyingi bemorlar uchun 1 yilga 3 dona choyshab beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini sovun va yuvish vositalari bilan taʼminlash
MEʼYORLARI
Tergov hibsxonalarida saqlab turilgan shaxslar, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarni hojatxona-yuvinish, sanitariya-gigiyena ehtiyojlari va hammomda yuvinish uchun sovun bilan taʼminlash meʼyori
(grammda) T/r Shaxslarning toifalari Miqdori (bir kishiga bir oy uchun) hojatxona-yuvinish ehtiyojlari va hammomda yuvinish uchun xoʻjalik sovuni, sanitariya-gigiyena ehtiyoj-lari uchun Idish yuvish vositasi xoʻjalik sovuni atir sovun 1. Tergov hibsxonasida saqlab turilgan shaxslar va mahkumlarga: erkaklar 200 ayollar 200 100 2. Davolash muassasalaridava tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot boʻlimlarida statsionar davolanishda boʻlgan bemorlarga: erkaklar 250 ayollar 250 100 3. Voyaga yetmagan mahkumlarga (barcha ehtiyojlari uchun): erkaklar 400 50 ayollar 400 50 4. Ogʻir va zararli mehnat sharoitlari boʻlgan ishlarda band boʻlgan mahkumlarga: erkaklar 250 ayollar 250 100 5. Tergov hibsxonalari, jazoniijro etish muassasalari va davolash muassasalarining oshxona ishchilariga 100 6. Tergov hibsxonalari va jazoniijro etish muassasalarining oshpaz hamdanon kesuvchi boʻlib ishlaydigan mahkumlariga 150 7. Sartarosh, dezinfektor boʻlib ishlaydigan mahkumlargahamda tergov hibsxonalari davolash muassasalariva jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot boʻlimlarida bemorlarga xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ishlardagi mahkumlarga 100 8. Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida ifloslanish darajasi yuqori boʻlgan ishlarda band boʻlgan shaxslarga 100 9. Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida oʻta zararli va ifloslanish darajasi yuqori boʻlgan ishlarda band boʻlgan shaxslarga 400 10. Ovqatlanish-oshxona idishlarini va oshxona buyumlarini yuvish uchun 90
1) Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida oshpaz va non kesuvchi boʻlib ishlaydigan mahkumlarga yuvinishi uchun qoʻshimcha ravishda ishga kirishidan avval 100 gramm xoʻjalik sovuni beriladi.
2) Meʼyorlarda sanitariya-gigiyena ehtiyojlari uchun nazarda tutilgan xoʻjalik sovuni umumiy foydalanish joylariga (ishlab chiqarishda va jazoni ijro etish muassasalari yuvinish joylariga, dushlarga) beriladi.
3) Teriga zararli taʼsir etishi mumkin boʻlgan ishlarda ishlaydiganlar uchun sovunga qoʻshimcha ravishda yuvib tashlaydigan va zararsizlantiruvchi vositalar belgilangan meʼyorlarga muvofiq bepul beriladi.
Kiyimning ifloslanish va suvning qattiqlik darajasiga qarab, 1 kg quruq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun sovun va kir yuvish vositalari bilan taʼminlash meʼyori
a) kir yuvish kukunidan foydalangan holda yuvish
Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining koʻrinishi Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslik darajasi Sintetik kir yuvish kukuni (gramm) Aralash kir yuvish kukuni (gramm) yumshoq suvda qattiq suvda yumshoq suvda qattiq suvda Oq I 27 36 31 40,5 II 30 40 35 45 III 36 48 42 54 IV 45 60 52,5 67,5 Rangli I 22,5 27 27 31 II 25 30 30 35 III 30 36 36 42 IV 37,5 45 45 52,5
b) sovun va kalsiylangan sodadan foydalangan holda yuvish
Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining koʻrinishi Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslik darajasi 60 foizli xoʻjalik sovuni (gramm) Kalsiylangan soda (gramm) 60 foizli xoʻjalik sovuni (gramm) Kalsiylangan soda (gramm) yumshoq suvda qattiq suvda Oq I 19 19 24 24 II 21 21 27 27 III 25 25 32 32 IV 32 32 40 40 Rangli I 20 3,5 24 5,5 II 22 4 28 6 III 26 5 33 7 IV 33 7 42 9
1) Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslanish darajasi quyidagicha tavsiflanadi:
I daraja — kam ifloslangan kiyim va yotoq buyumlari, kam foydalangan va yangi kiyim-kechaklar;
II daraja — oʻrtacha ifloslangan kiyim-kechak va yotoq buyumlari (dogʻ va yedirilgan joylari boʻlgan yotoq buyumlari, shaxsiy sochiq va boshqa buyumlar);
III daraja — katta dogʻlari va yedirilgan joylari boʻlgan juda ifloslangan yotoq buyumlari (oshxona sochiqlari, koʻp ishlatilgan kiyimlar va boshqa buyumlar);
IV daraja — maishiy va ishlab chiqarishda kir boʻlgan oʻta ifloslangan kiyim-kechaklar va buyumlar (maxsus va oshxona kiyim-kechaklari va buyumlari).
2) IV darajali ifloslangan kiyim-kechaklarni va buyumlarni yuvish uchun 1 kg quruq buyumlar uchun sarflanadigan sintetik kir yuvish kukuni meʼyorlariga kalsiylangan soda qoʻshiladi:
a) yumshoq suvda — oq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun 6 gramm va ranglisiga 3 gramm;
b) qattiq suvda — oq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun 8 gramm va ranglisiga 5 gramm.
3) Kiyim-kechak va yotoq buyumlar qoʻlda yuvilganda, 1 kg quruq buyumlar uchun sovun va yuvish vositalari sarflanishi quyidagilarni tashkil etadi:
60 foizli xoʻjalik sovuni — 20 gramm (yoki 40 foizli — 30 gramm);
kalsiylangan soda — 12 gramm.
4) Xoʻjalik sovuni va kalsiylangan soda sintetik kir yuvish kukuni boʻlmaganda ishlatiladi.
5) Suvning qattiqlik darajasi joylardagi sanitariya-epidemiologiya laboratoriyalarining tahlil natijalariga koʻra tasdiqlanishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vaqtincha saqlash hibsxonalarida va tergov hibsxonalarida saqlab turilgan shaxslarning, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarning taʼminoti meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 7-iyuldagi 184-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 53-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 41-bandi.
