“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-229-IV-son)
05.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabr kuni qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 5-fevral,
SQ-229-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 5-fevraldagi SQ-229-IV-sonli Qarori bilan TASDIQLANGAN
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 2. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish 3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibini ishlab chiqish. 3.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 3.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 4. Auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihoni oʻtkazish tartibini belgilash. 4.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 4.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 4.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 5. Auditor malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini ishlab chiqish. 5.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 5.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 5.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 6. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazoratini oʻtkazish tartibini belgilash. 6.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 6.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 6.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 7. Moliya vazirligining auditorlik tashkilotlari va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan oʻzaro elektron hamkorlikka moʻljallangan “Audit” dasturiy majmuasini yanada takomillashtirish. 7.1. Axborot tizimi dasturiy mahsulotlarini rivojlantirib borish. Doimiy ravishda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 8. Auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan bitim tuzish. 8.1. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan bitim tuzish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng besh oy muddatda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 9. Auditning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matni davlat tiliga tarjima qilinishini tashkil qilish. 9.1. Auditning xalqaro standartlarini davlat tiliga tarjima qilish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir yil muddatda Moliya vazirligi, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 10. Malaka imtihoni komissiyasining ish tartibi va reglamentini belgilash. 10.1. Reglament loyihasini ishlab chiqish. 10.2. Reglament loyihasini tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 11. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestrini yuritish. 11.1. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestrini shakllantirish. 11.2. Reyestrni rasmiy veb-saytga joylashtirib borish. Doimiy ravishda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 12. Auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish. 12.1. Auditorlik tashkilotlari reyestrini shakllantirish. 12.2. Reyestrni rasmiy veb-saytga joylashtirib borish. Doimiy ravishda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 13. Banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan Auditorlarning reyestrini yuritish. 13.1. Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan Auditorlarning reyestrini shakllantirish. 13.2. Reyestrni rasmiy veb-saytga joylashtirish. Doimiy ravishda Moliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 14. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlar malakasini oshirishning namunaviy dasturini tasdiqlash. 14.1. Namunaviy dastur loyihasini ishlab chiqish. 14.2. Namunaviy dastur loyihasini tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Moliya vazirligi, Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 15. Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan boʻyin tovlagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni aniqlash va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralarini koʻrish. 15.1. Tekshiruvlar oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish. 15.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Doimiy ravishda Davlat soliq qoʻmitasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 16. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 16.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Moliya vazirligi, OʻzA, MTRK Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 16.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida 17. OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. 17.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Moliya vazirligi, OʻzA, MTRK Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 17.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida
