6-modda. Ekologik auditning asosiy vazifalari
Ekologik audit toʻgʻrisida (O‘RQ-678-son) · Sana: 15.03.2021 · Amalda
Ekologik auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ekologik audit subyekti xoʻjalik va boshqa faoliyatining ekologik jihatlari toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni toʻplash;
ekologik audit subyektining xoʻjalik va boshqa faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
ekologik audit subyekti faoliyatining atrof-muhit holatiga taʼsirini baholash;
ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarning samaradorligini baholash;
atrof-muhitning ifloslanishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini kamaytirish;
atrof-muhitni boshqarish tizimining samaradorligini baholash;
ekologik audit xulosasini tuzish, ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek atrof-muhitni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
