3-modda. Asosiy tushunchalar
Ekologik audit toʻgʻrisida (O‘RQ-678-son) · Sana: 15.03.2021 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ekologik audit — ekologik audit subyekti amalga oshiradigan xoʻjalik va boshqa faoliyatni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish yuzasidan ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan tizimli, hujjatlashtirilgan, mustaqil baholash;
ekologik auditor — ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
ekologik auditning buyurtmachisi — ekologik audit oʻtkazish tashabbusi bilan chiquvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori ishtirokchilari va (yoki) aksiyadorlari;
ekologik auditorning malaka sertifikati — ekologik auditorning malakasini tasdiqlovchi va ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
ekologik audit obyekti — ekologik audit subyektining atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan xoʻjalik va boshqa faoliyati, shuningdek uning atrof-muhitni boshqarish tizimi;
ekologik audit subyekti — mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi, oʻzida ekologik audit oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt va boshqa tashkilotlar;
ekologik auditorlik tashkiloti — ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
ekologik auditorlik faoliyati — ekologik auditorlik tashkilotining ekologik audit oʻtkazishni va turdosh xizmatlar koʻrsatishni oʻz ichiga olgan tadbirkorlik faoliyati;
ekologik audit xulosasi — ekologik audit buyurtmachisiga yoʻllangan, oʻtkazilgan ekologik audit jarayoni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining aniqlangan buzilishlari, oʻtkazilgan laboratoriya sinovlarining natijalari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni hamda ekologik audit oʻtkazish natijasida olingan boshqa axborotni oʻz ichiga olgan hujjat.
