20-modda. Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari
Ekologik audit toʻgʻrisida (O‘RQ-678-son) · Sana: 15.03.2021 · Amalda
Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari ekologik auditorlarni ixtiyoriy asosda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iboratdir.
Ekologik auditorlar jamoat birlashmalarining faoliyati ekologik auditorlarning kasbiy darajasini rivojlantirishga va qoʻllab-quvvatlashga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari:
ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari aʼzolarining hisobini yuritadi va ular haqidagi maʼlumotlarni oʻzining veb-saytlariga joylashtiradi;
ekologik auditorlarni oʻqitish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ekologik auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi;
ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
