“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi-Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining axborotini eshitish haqida (760-IV-son)
18.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining axborotini eshitish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi hamda Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini va uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-fevral,
760-IV-son
