Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (114-son)
02.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmonining ijrosini taʼminlash, shuningdek, raqobat toʻgʻrisidagi qonun talablarining buzilish xavfining oldini olish va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishga oid samarali tizimni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda — Farmon) muvofiq faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilish xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish boʻyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi (monopoliyaga qarshi komplayens):
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishni amalga oshiruvchi, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan yoki akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalarida (keyingi oʻrinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar);
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda;
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarda;
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarda;
yuridik shaxslarning birlashmalarida joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
a) monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish boʻyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimini oʻz ichiga oladi;
b) quyidagilar monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash hamda monitoring qilish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilish xatarlarini boshqarish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish;
insofli raqobatni shakllantirish va tartibga solish.
3. Quyidagilar:
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga ichki muvofiqlikni taʼminlashni nazarda tutuvchi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-mart,
114-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik shaxslarning birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom quyidagilarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, uning faoliyat yuritish va monitoring qilish tartibini belgilaydi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishni amalga oshiruvchi, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan yoki akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalarida (keyingi oʻrinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar);
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda;
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarda;
oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarda;
yuridik shaxslarning birlashmalarida.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
monopoliyaga qarshi kurashish organi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari;
monopoliyaga qarshi komplayens — faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish boʻyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi;
monopoliyaga qarshi komplayens toʻgʻrisidagi hisobot — davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini tashkil etish haqidagi axborotni oʻz ichiga oladigan hujjat;
masʼul shaxs (boʻlinma) — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmasi rahbariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ijro etuvchi organga yoki kuzatuv kengashiga bevosita boʻysunadigan va monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlab chiqish, joriy etish va uning tegishli monitoringini, shuningdek, ishlashini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinma yoki shaxs;
savdolar — tovar va xizmatlarni xarid qilish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan taomillar, shu jumladan, elektron savdo taomillari;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar, oxirgi uch yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning oʻrtacha yillik miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar.
3. Mazkur Nizom quyidagilar uchun tatbiq etiladi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
yuridik shaxslarning birlashmalari.
4. Quyidagilar monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash hamda monitoring qilish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi xatarlarini boshqarish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish;
insofli raqobatni shakllantirish va tartibga solish.
2-bob. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini tashkil etish
5. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish, uning ishlashini taʼminlash hamda monitoring qilish maqsadida tashkiliy tuzilma, shtatdagi xodimlari soni va faoliyat xususiyatiga muvofiq masʼul shaxs (boʻlinma) tayinlanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, uning faoliyat yuritishini taʼminlash va monitoring qilish ichki audit xizmatiga yuklanishi mumkin.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini tashkil etish va uning ishlash samaradorligini baholash respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda rahbar tomonidan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ijro etuvchi organ yoki kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, uning ishlashini taʼminlash hamda monitoring qilish masʼul shaxs (boʻlinma) tomonidan amalga oshiriladi.
7. Masʼul shaxs (boʻlinma) quyidagilarni amalga oshiradi:
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini monitoring qiladi;
faoliyatga tegishli materiallarni tahlil qiladi (shu jumladan, raqobatni va (yoki) isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini cheklaydigan normalarni aniqlashga qaratilgan ichki hujjatlarni xatlovdan oʻtkazadi), aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan choralarni ishlab chiqadi;
raqobat cheklovlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
monopoliyaga qarshi komplayens tizimining faoliyat yuritishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha boshqa tuzilmaviy boʻlinmalar bilan oʻzaro aloqalarni muvofiqlashtiradi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilish bilan bogʻliq ichki oʻrganish ishlarini tashkil etadi;
monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi boʻyicha oʻzaro axborot almashadi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini kamaytirish maqsadida bir yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
monopoliyaga qarshi komplayens tizimini tashkil etish boʻyicha ichki nizom ishlab chiqadi hamda uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlaydi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari oʻzgarishlarni monitoring qiladi, shuningdek, idoraviy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritadi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini aniqlaydi, xatarlar bilan bogʻliq holatlar hisobini yuritadi va yuzaga kelish ehtimolini belgilaydi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatida raqobat cheklovlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvini aniqlaydi, bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarining xodimlariga raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahatlar beradi;
monopoliyaga qarshi komplayens masalalari boʻyicha muntazam ravishda treninglar oʻtkazadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning loyihalarini oʻrganadi va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan normalar aniqlangan taqdirda, bu haqda rahbarni xabardor qiladi;
davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy organlari oʻzlarining hududiy boʻlinmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etadi;
har yili birinchi fevralga qadar monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobotni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarining rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
8. Masʼul shaxsning (boʻlinmaning masʼul xodimlarining) lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organida — rahbar tomonidan;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat hududiy organlarida — mazkur organlarining rahbarlari tomonidan;
mahalliy davlat hokimiyat organlarida — viloyat, tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyat organi rahbari tomonidan;
yuridik shaxslar birlashmalarida — rahbar tomonidan;
xoʻjalik yurituvchi subyektda — ijro etuvchi organ tomonidan kuzatuv kengashi (agar mavjud boʻlsa) bilan kelishilgan holda, monopoliyaga qarshi organni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Bunda monopoliyaga qarshi organni xabardor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasini;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalariga xabarnoma yuboradi.
Masʼul shaxs (boʻlinma) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, yuridik shaxslar birlashmalarida rahbarga, xoʻjalik yurituvchi subyektda ijro etuvchi organga yoki kuzatuv kengashiga (agar mavjud boʻlsa) boʻysunadi va hisobdor boʻladi.
9. Masʼul shaxs (boʻlinmaning masʼul xodimlari) lavozimiga nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim:
iqtisodiyot, boshqaruv tizimi (menejment), huquq yoxud respublika ijro etuvchi hokimiyat organi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
ustuvor ravishda komplayens, xatarlarni boshqarish, ichki audit yoxud davlat organi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini yuridik taʼminlash yoʻnalishlari boʻyicha kamida bir yillik ish tajribasining mavjudligi.
10. Monopoliyaga qarshi kurashish organi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va faoliyatini yuritishda hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini kamaytirish boʻyicha bir yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ning ishlab chiqilishida koʻmaklashadi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini kamaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish natijalarini oʻrganadi;
monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilish natijalarini baholaydi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan taqdim etilgan monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobotni oʻrganadi hamda kamchiliklar va qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik shaxslar birlashmalariga tegishli ogohlantirishlar beradi;
konsalting kompaniyalarni jalb etgan holda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va amaliy treninglarni tashkil qiladi;
monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlashini taʼminlash hamda monitoring qilish, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini aniqlash va baholash, monopoliyaga qarshi komplayens tizimi samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari va uni baholash tartibi hamda boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi namunaviy nizomni ishlab chiqib tasdiqlaydi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalariga yetkazadi hamda Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
3-bob. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishini aniqlash
11. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini aniqlash maqsadida masʼul shaxs (boʻlinma) tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishiga yoki bozorda raqobatni cheklashga olib keladigan normalar va qoidalarni aniqlash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish;
joriy etiladigan yangi cheklovlar, ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlari, litsenziyalarni, shuningdek, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qoʻshimcha talablar yoki shartlarni hamda texnik tartibga solish talablarining joriy etilishini oʻrganish;
eng yaxshi takliflarni tanlash, tender, auksion, birja va boshqa savdolarga qoʻyiladigan monopoliyaga qarshi talablarga amal qilinishini tahlil qilish;
davlat xaridlarining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini oʻrganish;
aniqlangan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini tahlil qilish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash amaliyotini monitoring va tahlil qilish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini kamaytirish boʻyicha ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini muntazam ravishda baholash;
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻzining ustun holatini suiisteʼmol qilishga, monopol yuqori yoki monopol past narxlarni oʻrnatishga, kontragentlarga manfaatsiz va cheklovchi shartnoma shartlarini majburan qabul qildirishga, til biriktirishlar, kelishuvlar va kelishilgan harakatlarni aniqlash, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar bozoriga kirishiga toʻsiqlar yaratishga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni oʻrganish;
xoʻjalik yurituvchi subyektning raqobat tartib-taomillarini, shu jumladan, eng yaxshi takliflarni tanlashda, tenderlarda, auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarni oʻtkazish va ularda qatnashish boʻyicha talablarga amal qilishini oʻrganish;
vujudga kelish ehtimoli boʻlgan monopoliyaga qarshi xatarlarni tahlil qilish va ularning roʻyxatini komplayens-xatarlar xaritasi koʻrinishida tuzish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini kamaytirish boʻyicha ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini muntazam ravishda baholash.
respublika ijro etuvchi organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatining xususiyatidan kelib chiqqan holda, monopoliyaga qarshi komplayens tizimining samarali ishlashiga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi.
12. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish boʻyicha aniqlanadigan xatarlar masʼul shaxs (boʻlinma) tomonidan mazkur nizomga ilovaga muvofiq darajalar boʻyicha taqsimlanadi.
13. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlari boʻyicha oʻtkazilgan baholash ishlari asosida masʼul shaxs (boʻlinma) tomonidan xatarlar tavsifi tuziladi, unga xatarlarning paydo boʻlish sabablari va shartlarini baholash ishlari ham kiritiladi.
14. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlarini tahlil qilish, aniqlash va baholash toʻgʻrisidagi axborot monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobotga kiritiladi.
4-bob. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimining ishlash samaradorligini baholash
15. Masʼul shaxs respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimining samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlar belgilanadi.
16. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimining samaradorligini baholash boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasi monopoliyaga qarshi organ tomonidan ishlab chiqiladi.
17. Masʼul shaxs (boʻlim) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimining erishilgan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini baholaydi (yilda kamida bir marta).
18. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimining samaradorligini baholash boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarga erishilgani toʻgʻrisidagi axborot monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobotga kiritiladi.
5-bob. Monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobot
19. Monopoliyaga qarshi komplayens haqidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi:
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xatarlari boʻyicha oʻtkazilgan baholash ishlarining natijalari hamda kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishi;
monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilgani haqidagi axborot.
20. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan tasdiqlangan monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha hisobot oʻzlarining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va uch ish kuni ichida monopoliyaga qarshi organga yuboriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Mazkur nizomni qoʻllash bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Mazkur nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Masʼul ijrochilar I. Monopoliyaga qarshi komplayens madaniyati va siyosatini joriy qilish 1. Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatini tashkil etish. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmonga 5-ilova bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korxonalar, tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining oʻrtacha yillik miqdori 30 milliard soʻmdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik yurituvchi subyektlar) monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish. 2021 — 2024 yy. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, “Uzbekistan Airways” AJ, “Kvars” AJ, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki, “UzAuto motors” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Qizilqumsement” AJ, xoʻjalik yurituvchi subyektlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2. Xavflarni baholash tartibini tashkil etish. Xavflarni baholash tartib qoidalari boʻyicha ichki nizomlar va (yoki) koʻrsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2021-yil aprel Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, “Uzbekistan Airways” AJ, “Kvars” AJ, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki, “UzAuto motors” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Qizilqumsement” AJ, xoʻjalik yurituvchi subyektlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 3. Jamiyatda raqobat madaniyati va raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish. 1. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy qilish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va amaliy treninglar oʻtkazish. 2021-yil aprel-may Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ijrosini monitoring qilish, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini aniqlash, monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlash samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari va uni baholash tartibini nazarda tutuvchi namunaviy nizomni ishlab chiqish. 2021-yil aprel 3. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilgan Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ilgʻor xorijiy tajribaga asosan monopoliyaga qarshi komplayensning ishlash samaradorligini baholash boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasini ishlab chiqish. 2022-yil 1-yanvarga qadar 4. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlariga monopoliyaga qarshi komplayens tizimni joriy etish sohasidagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotlari va boshqa xalqaro institutlarning texnik koʻmagidan foydalangan holda xalqaro ekspertlar va professor-oʻqituvchilarni jalb qilish. Doimiy II. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid xatti-harakatlar xavflarini baholash 4. Barcha faoliyat turlari boʻyicha monopoliyaga qarshi xavflarni baholash va komplayens xavflarini minimallashtirish. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish xavfining oldini olish yillik harakatlar rejasini (“yoʻl xaritasi”) ishlab chiqish. Har yili dekabr oyi Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, “Uzbekistan Airways” AJ, “Kvars” AJ, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki, “UzAuto motors” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Qizilqumsement” AJ, xoʻjalik yurituvchi subyektlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 5. Yoʻl xaritasida belgilangan bandlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish. 1. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish xavfining oldini olish yillik harakatlar rejasini (“yoʻl xaritasi”) ishlab chiqish va uning bajarilishi boʻyicha doimiy ravishda monitoring ishlarini olib borish. 2. Raqobat huquqini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida doimiy ravishda maʼlumot toʻplash va natijalarga koʻra ularda raqobat huquqini qoʻllash amaliyotidagi oʻzgarishlar va asosiy jihatlar boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlash. 3. Raqobat qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllash amaliyotidagi natijalarni muhokama qilish va uchrashuvlarini oʻtkazish. Doimiy Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi III. Monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish samaradorligini baholash 6. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash. Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasini ishlab chiqish. 2021-yil aprel Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 7. Monopoliyaga qarshi komplayensning samaradorligini monitoring qilish. 1. Monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha hisobot tayyorlash: Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda raqobat toʻgʻrisidagi qonun buzilishi xavfini baholash natijalari toʻgʻrisida; raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfini kamaytirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida; monopoliyaga qarshi komplayensning asosiy koʻrsatkichlariga erishish toʻgʻrisida; monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash toʻgʻrisida. Har yili 15-dekabrga qadar Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, “Uzbekistan Airways” AJ, “Kvars” AJ, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki, “UzAuto motors” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Qizilqumsement” AJ, xoʻjalik yurituvchi subyektlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2. Monopoliyaga qarshi komplayens toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiy veb-saytga joylashtirish va monopoliyaga qarshi organga yuborish. Har yili 25-dekabrga qadar 8. Monopoliyaga qarshi komplayensni amalga oshirish natijalarini baholash. 1. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfini kamaytirish boʻyicha harakatlar xaritasi (yoʻl xaritasini) amalga oshirish natijalarini oʻrganish. 2. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi xavfini baholash natijalarini tahlil qilish orqali tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Monopoliyaga qarshi komplayens koʻrsatkichlarining bajarilishi haqidagi natijalarni baholash. Har yili, yanvar-fevral Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish darajasi boʻyicha
NAMUNAVIY XAVFLAR TASNIFI*
Ehtimollikni baholash (yuz berish ehtimollari) Oqibatlar darajasi Past Oʻrtacha Yuqori Yuqori ehtimollik Oʻrtacha ehtimollik Past ehtimollik
* Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish darajasi boʻyicha xavflar tasnifi tavsiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, bozor faoliyatining oʻziga xos xususiyatiga qarab oʻzgartirilishi mumkin.
