Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim muassasalarining joylashuvi, tuzilishi va tashkillashtirishga oid sanitariya-gigiyenik talablar (0355-18-son)
01.03.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-martda hisobga olindi, hisob raqami 6-son]
1. 1.2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“respublikaning borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarida xamda tumanlar markazlaridan tashqari qishloq hududlarida quriladigan modulli qurilmalarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun;

2. 1.4-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“respublikaning borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarida xamda tumanlar markazlaridan tashqari qishloq hududlarida quriladigan modulli qurilmalarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun;
“respublikaning borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarida xamda tumanlar markazlaridan tashqari qishloq hududlarida quriladigan modulli qurilmalarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun;
3. 1.7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Modulli qurilmalar dengiz metall konteynyerlaridan tashkil topadi hamda ular ishlatilishidan oldin radiatsiya va toksikologik xavfsizlik talablariga javob berishi talab etiladi.”.
4. 4.6-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Modulli qurilmalarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xonaning balandligi 2,3 metrdan past boʻlmasligi lozim, shuningdek guruh maydoni qisqa muddatli guruhlarda har bir bola uchun kamida 2,5 m2 hamda toʻliq kunlik guruhlarda har bir bola uchun kamida 3-3,5 m2 boʻlishi kerak.”.
5. 4.7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Modulli qurilmalarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tambur va pandus boʻlishi tavsiya etiladi.”.
6. 7.4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Modulli qurilmalarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ularning guruhlarida tabiiy yorugʻlik meʼyorini taʼminlash uchun deraza oynalari sathi maydonlarini kengaytirish tavsiya etiladi.”.
7. 8.1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xonalarda havoni tabiiy almashuvini taʼminlash uchun barcha holatlarda mahalliy havo soʻruvchi moslamalar (shaxta) quriladi.”.
8. 3-ilova mazkur qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim muassasalarining joylashuvi, tuzilishi va ishini tashkillashtirishga oid sanitariya-gigiyenik talablar 0355-18-son SanQvaNga kiritilayotgan qoʻshimchalarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim muassasalarining joylashuvi, tuzilishi va ishini tashkillashtirishga oid sanitariya-gigiyenik talablar 0355-18-son SanQvaNga 3-ILOVA
Tibbiy blok
T/r Xonalarning nomi Maydoni, m2 1. Tibbiyot xonasi 8÷16 m2 Modulli qurilmalarning tibbiyot xonasi 8÷10 m2 2. Modulli qurilmalarning izolyatori 6 m2 3. Hojatxona va ichida zararsizlantirish vositalarini tayyorlash uchun ajratilgan joy 6 m2 ”.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-mart,
0355-18-son