Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-5011-son)
02.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tarmoqning investitsiyaviy va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yoʻnalishlardagi ishlarni yanada jadallashtirish, mahalliy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot sotish uchun yangi bozorlarni oʻzlashtirish, tarmoq korxonalarining ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish maqsadida:
1. 2021-2022-yillar uchun elektrotexnika tarmogʻi samaradorligining quyidagi asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilansin:
mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 2021-yilda 55 ming tonnaga, 2022-yilda 70 ming tonnaga yetkazish;
mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2021-yilda 15 trillion soʻmgacha, 2022-yilda 19 trillion soʻmgacha oshirish;
mahsulotlar eksporti hajmini 2021-yilda 450 million AQSH dollari, 2022-yilda 600 million AQSH dollari miqdorida taʼminlash;
tarmoqdagi ish oʻrinlari sonini 2021-yilda 27 mingtaga, 2022-yilda 34 mingtaga yetkazish.
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhi (D.Sh. Sultanov) ushbu bandda belgilangan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash va ularni 2023-yilda kamida 30 foizga oshirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
2. 2021-2022-yillarda elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (S.U. Umurzakov) ushbu bandda nazarda tutilgan dasturga, zarur hollarda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Elektrotexnika tarmogʻi korxonalarini Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etilsin:
2024-yil 1-yanvarga qadar elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni barcha mamlakatlarga, shu jumladan qoʻshni davlatlarga eksport qilishda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizini, biroq mahsulotlar eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 15 foizidan, temir yoʻl transportida 20 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplashga subsidiyalar taqdim etish;
moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar tanlovlar (tenderlar) doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini taʼminlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov taʼminoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha, biroq 3 million AQSH dollaridan oshmagan miqdorda kafilliklar berish.
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (S.U. Umurzakov) bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.
5. 2021-yil 1-apreldan 2024-yil 1-yanvarga qadar muddatga hisobot davri yakunlari boʻyicha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam boʻlmagan elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha stavkalarni 50 foizga kamaytirish tarzida soliq imtiyozlari berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining berilishi munosabati bilan boʻshagan mablagʻlar:
korxonalar tomonidan dividendlar koʻrinishida taqsimlanmaydi;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga yoʻnaltiriladi.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining:
Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxini qoʻshilgan qiymat soligʻisiz London metall birjasi narxidan 2021-yil 1-apreldan — 8 foiz, 2022-yilda — 6 foiz va 2023 — 2030-yillarda 4 foiz miqdorida chegirma bilan belgilash;
2024-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 31-dekabrga qadar mis xom ashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalari tomonidan toʻlovning 25 foizini avans tarzida va qolgan 75 foizini mis xom ashyosi olinganidan soʻng 90 kun ichida amalga oshirish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Bunda, xarid qilingan mis xom ashyosi uchun toʻlovning qolgan qismi (75 foizi miqdori) bir xaridor uchun 200 milliard soʻmdan oshmasligi lozim;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalarining roʻyxatini tasdiqlab, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — tovar xomashyo birjalari) kiritsin va ushbu roʻyxatni zarur hollarda yangilab borsin.
Bunda:
mis katodini xarid qilish kunidagi narxlar, bir kun oldingi London metall birjasi (LME) narxiga nisbatan belgilangan chegirmani qoʻllagan holda shakllantiriladi;
belgilangan chegirma bilan xarid qilingan mis katodi va mis katankasi faqatgina korxonaning oʻzining ishlab chiqarish quvvatlarida qayta ishlanadi va uni uchinchi shaxslarga sotish taqiqlanadi. Mis katodi va mis katankasi eksporti quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
eksportga yoʻnaltirish maqsadida birja savdolarida xarid qilingan mis katodi va mis katankasi xarid narxiga belgilangan chegirma hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan toʻlovni kechiktirib toʻlash imtiyozi qoʻllanmaydi;
mis katodi va mis katankasini “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish uchun uning eksportga yoʻnaltirilgan hajmiga nisbatan birja savdolari xarid narxiga qoʻllangan chegirma summasi qaytarilganligi hamda toʻlovning kechiktirilgan qismi toʻliq toʻlanganligi toʻgʻrisida tovar xomashyo birjalarining maʼlumotnomalari taqdim etilishi shart;
mis xom ashyosi uchun toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar summasi quyidagicha belgilanadi:
30 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi;
31 kundan 60 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida foiz hisoblanadi;
61 kundan 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
mazkur qarorning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari mis katodi va mis katankasini ishlab chiqarish hamda eksport qilishga tatbiq etilmaydi;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining tavsiyasiga asosan elektrotexnika tarmogʻi ishlab chiqarish korxonalariga tovarlarni eksport qilishda nol darajali soliq stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasi uch kun ichida qoplab beriladi;
eksport qiluvchi elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan tovarlar ular boʻyicha toʻlovlarni kechiktirib toʻlash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etiladi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar toʻlovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi.
9. Quyidagilar Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha yoʻnalishlar sifatida belgilansin:
elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, hududlarda elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklar tashkil etish;
tarmoq korxonalarining tashqi bozorlarda oʻz mahsulotlarining jozibadorligini oshirish boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borishi, tarmoq loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini (biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslar va boshqalar) ishlab chiqishi, shuningdek, jahon bozorini oʻrganish va marketing tahlillarini amalga oshirish uchun xalqaro maʼlumotlar bazalariga (axborot resurslariga) ulanishi bilan bogʻliq xarajatlarini 50 foiz miqdorda qoplash;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi ijro apparatiga xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻliq moliyalashtirish.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasiga respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2021-yilning birinchi, ikkinchi va uchinchi choraklarida teng ulushlarda 75 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishini taʼminlasin va keyingi yillarda budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
10. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2022-yil mart oyidan boshlab har yili mahalliy va xorijiy korxona vakillari, salohiyatli investorlar, ekspertlar va tarmoqqa aloqador boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda, Elektrotexnika va elektronika xalqaro savdo koʻrgazmasini (“Uzbek International Electrotechnics & Electronics Fair”) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M.M. Yunusov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) bir oy muddatda elektrotexnika va elektronika xalqaro savdo koʻrgazmasiga tayyorgarlik koʻrish hamda uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishni boshlasin.
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) 2021-yil 1-dekabrga qadar elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va tarmoqda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
12. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
davlat dasturlari doirasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha tanlov (tender) oʻtkazilganda mahalliy mahsulotlar sotib olinishini nazarda tutuvchi “milliy kontent” tizimini joriy etish yuzasidan takliflarni;
ilmiy tadqiqotlarga va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga doir xarajatlarni foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazadan 2 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda chegirish tartibini nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M.M. Yunusov):
Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu hududlarda elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklar tashkil qilish yuzasidan;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.U. Umurzakov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-mart,
PQ-5011-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga 1-ILOVA
2021-2022-yillarda elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish
DASTURI
T/r Loyiha joylashgan hudud Loyiha nomi Loyiha tashabbuskori Yillik quvvati Loyiha qiymati (ming doll.) shundan: Ish oʻrinlari (birlik) Ishga tushirish muddati tashabbuskor mablagʻlari bank kreditlari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 136. Jami: - 531 921 169 542 228 220 137 659 9 657 - 43. I. Maishiy texnika va boshqa isteʼmol mahsulotlari - 177 959 51 618 86 861 39 480 4 510 - 1. Andijon shahar Ventilyator ishlab chiqarish “M&R Glass” korxonasi 200 ming dona 476 476 30 2021-yil may 2. Andijon shahar Sanoat korxonalariga muzlatkich ishlab chiqarishni kengaytirish “Grand techno master” korxonasi 12 ming dona 512 100 412 5 2021-yil iyun 3. Nurobod tumani Changyutgich ishlab chiqarish “Press Plast Invest” korxonasi 100 ming dona 450 450 25 2021-yil iyun 4. Urgut tumani Konditsionerlar ishlab chiqarish “Sam-Ferre” korxonasi 12 ming dona 800 800 50 2021-yil iyul 5. Oltinkoʻl tumani Yarim avtomat kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish “Vodiy oltin kuz” korxonasi 30 ming dona 290 155 135 25 2021-yil sentabr 6. Termiz tumani Televizorlar ishlab chiqarish “Termiz Kanselariya Mollari” korxonasi 15 ming dona 6 428 2 088 4 340 50 2021-yil oktabr 7. Fargʻona shahar Elektr suv isitkichlari va ventilyatsiya uskunalari ishlab chiqarish “Farg'ona quvur taminot” korxonasi 2 ming dona 476 476 25 2021-yil noyabr 8. “Qoʻqon” EIZ Elektrotexnika buyumlari ishlab chiqarish “Taraqqiyot Fazilati” korxonasi 480 ming dona 240 240 25 2021-yil noyabr 9. Yashnobod tumani Kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish “Texnopark” korxonasi 1,1 mln dona 28 000 28 000 600 2021-yil dekabr 10. Yashnobod tumani Savdo sovutkichlari va muzlatkichlari ishlab chiqarish “Texnopark” korxonasi 75 ming dona 16 000 16 000 600 2021-yil dekabr 11. Urgut tumani Gaz plitalari va elektr pechlar ishlab chiqarish “Sam-Ferre” korxonasi 40 ming dona 10 000 10 000 30 2021-yil dekabr 12. Nurobod tumani LED lampalar ishlab chiqarish “Yunus Enginering” korxonasi 2 ming dona 1 200 1 200 25 2021-yil dekabr 13. Toshkent tumani Gaz plita va elektr duxovkalar ishlab chiqarishni kengaytirish “Trinity Technology” korxonasi 30 ming dona 1 000 1 000 100 2021-yil dekabr 14. Namangan shahar Yoritgich lampalari (LED) ishlab chiqarish “Sunny Light Trade Service” korxonasi 150 ming dona 500 500 30 2021-yil dekabr 15. Qoʻshtepa tumani Elektr texnikalari ishlab chiqarish “Mehribon Sulton Fayz” korxonasi 4,5 ming dona 450 450 40 2021-yil dekabr 16. Dangʻara tumani Elektr choynaklar ishlab chiqarish “Malibu inter klass” korxonasi 20 ming dona 286 286 15 2021-yil dekabr 17. Fargʻona shahar Elektr choynaklar ishlab chiqarish “Element Cristall” korxonasi 2,1 ming dona 143 143 15 2021-yil dekabr 18. Buxoro tumani Elektron tarozilar ishlab chiqarish “Tarozi Standart Servise” korxonasi 600 dona 95 38 57 15 2021-yil dekabr 19. Xatirchi tumani Maishiy texnika buyumlari ishlab chiqarish “One Step Solution” korxonasi 15 ming dona 3 000 1 000 2 000 30 2022-yil iyun 20. Navoiy shahar Sovutkich va uskunalar (vitrina) ishlab chiqarish “Davud Karmana” korxonasi 3 ming dona 295 238 57 50 2022-yil iyun 21. Uychi tumani Vitrinali mini muzlatkich ishlab chiqarishni kengaytirish “Uychi Ilxom Turdiyev” korxonasi 1 ming dona 240 240 8 2022-yil iyun 22. Uychi tumani LED lampalar ishlab chiqarish “Nur” korxonasi 32 ming dona 720 720 25 2022-yil iyul 23. Angren shahar Sovutkich va kir yuvish mashinalarni ishlab chiqarish “Premier Electrotech” korxonasi 330 ming dona 23 500 4 320 19 180 450 2022-yil sentabr 24. Oltinkoʻl tumani Changyutgich ishlab chiqarish “Vodiy oltin kuz” korxonasi 30 ming dona 95 95 10 2022-yil sentabr 25. Urgut tumani Sovutkich va muzlatkichlar ishlab chiqarish “Urg-Chin-Nolod” korxonasi 34 ming dona 3 810 1 510 2 300 120 2022-yil oktabr 26. Nurobod tumani Muzlatkichlar ishlab chiqarish “TESPACK” korxonasi 90 ming dona 2 500 600 1 800 100 120 2022-yil oktabr 27. Urgut tumani Zamonaviy maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish “Sam Mega Nur” korxonasi 90 ming dona 2 042 842 1 200 120 2022-yil oktabr 28. Samarqand shahar Interaktiv sensor panellar ishlab chiqarish “ELXOLDING” IICHB 5 ming dona 3 900 2 000 1 900 25 2022-yil noyabr 29. Namangan shahar Pech ishlab chiqarish “Asr Tex” korxonasi 3 ming dona 2 900 2 900 50 2022-yil noyabr 30. Urganch tumani Suv filtrlari ishlab chiqarish “ECO Company” korxonasi 3 ming dona 2 000 1 000 1 000 30 2022-yil noyabr 31. Angren shahar Sanoat sovutkichlari va sovutish uskunalari ishlab chiqarish “Anvarxon hoji ota wang” korxonasi 12 ming dona 12 682 4 822 460 7 400 200 2022-yil dekabr 32. Angren shahar Keng turdagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish “Sigma Techno Produstion” korxonasi 1,1 ming dona 10 000 10 000 250 2022-yil dekabr 33. Urgut tumani Zamonaviy maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish “UZEL Electronics” korxonasi 125 ming dona 9 000 2 000 7 000 300 2022-yil dekabr 34. Xazorasp tumani Kichik maishiy texnikalar ishlab chiqarish “Future Industry Systems” korxonasi 600 ming dona 7 500 2 000 5 500 250 2022-yil dekabr 35. Yashnobod tumani Oshxona texnikalari ishlab chiqarish “Texnopark” korxonasi 20 ming dona 7 000 7 000 175 2022-yil dekabr 36. Urgut tumani Maishiy konditsionerlar ishlab chiqarishni kengaytirish “Sam-Ferre” korxonasi 50 ming dona 5 000 1 500 3 500 120 2022-yil dekabr 37. Nukus shahar Televizorlar ishlab chiqarishni kengaytirish “Technic Globe” korxonasi 50 ming dona 4 000 4 000 30 2022-yil dekabr 38. Urgut tumani Zamonaviy maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish “Sam Elektro Servis” korxonasi 50 ming dona 3 500 1 000 2 000 500 120 2022-yil dekabr 39. Urgut tumani Maishiy sovutkichlar va sovutish uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish “Sam-Ferre” korxonasi 36 ming dona 3 000 1 000 2 000 100 2022-yil dekabr 40. Urgut tumani Kichik maishiy texnikalar ishlab chiqarish “Sam-Ferre” korxonasi 1 mln dona 2 000 700 1 300 150 2022-yil dekabr 41. Andijon shahar Qolipli non dastgohlari, muzqaymoq frizerlari va muzlatkichlar ishlab chiqarish “Grand techno master” korxonasi 8 ming dona 1 000 500 500 20 2022-yil dekabr 42. Nurobod tumani Kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish “Tesco Plus” korxonasi 30 ming dona 700 200 500 22 2022-yil dekabr 43. Denov tumani Kichik maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish “Abdihamid Ibragimov Savdo” korxonasi 20 ming dona 229 29 200 30 2022-yil dekabr 40. II. Kuchlanish va texnik maqsadli qurilmalar - 86 571 35 269 28 960 22 342 1 661 - 44. Uchtepa tumani Rentgen uskunalari ishlab chiqarish “TCG-MTL” korxonasi 100 dona 10 000 8 000 2 000 50 2021-yil iyul 45. Namangan shahar Shlagbaum, turniket, kameralar ishlab chiqarish “Mega kamera stroy” korxonasi 350 dona 143 48 95 10 2021-yil noyabr 46. Nurobod tumani Lift, eskalator va metallokarkas ishlab chiqarish “Gold Brend Elevator” korxonasi 950 dona 3 109 1 981 1 128 80 2021-yil dekabr 47. Kattaqoʻrgʻon shahar Yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari uchun keramik va polimer izolyatorlar ishlab chiqarish “Energo Texnika” korxonasi 3 mln dona 2 300 2 000 300 15 2021-yil dekabr 48. Payariq tumani Transformator ishlab chiqarish “Elektro Texnika kompleks” korxonasi 960 dona 600 600 60 2021-yil dekabr 49. Yuqorichirchiq tumani Elektr shkaflari, past va yuqori voltli qurilmalar ishlab chiqarish “Chagdash Power Systems” korxonasi 2 ming dona 600 300 300 30 2021-yil dekabr 50. Qarshi tumani Radiatorlar ishlab chiqarishni kengaytirish “Avtotraktor radiator” korxonasi 350 dona 550 170 380 10 2021-yil dekabr 51. Xoʻjaobod tumani Akkumulyator ishlab chiqarish “Xoʻjaobod Alibek” korxonasi 1,5 ming dona 285 190 95 20 2021-yil dekabr 52. Fargʻona shahar Issiqxona qurilmalari, isitish va sovutish tarmoqlari ishlab chiqarish “SINOBEACON” korxonasi 80 dona 271 271 40 2021-yil dekabr 53. Shahrisabz shahar Trancformator shitlari ishlab chiqarish “Shahrisabz kommunikatsiya montaj” korxonasi 55 dona 114 95 19 5 2021-yil dekabr 54. Kogon shahar Sanoatda foydalaniladigan isitish uskunalari (klarifel) ishlab chiqarish “Digital Security” korxonasi 750 dona 50 50 10 2021-yil dekabr 55. Kogon shahar Transformator ishlab chiqarish “Energo Maks T” korxonasi 120 dona 1 500 500 500 500 70 2022-yil mart 56. Namangan shahar Akkumulyator ishlab chiqarish “Sara akkumulyatorlar” korxonasi 500 dona 170 170 8 2022-yil mart 57. Toʻraqoʻrgʻon tumani Transformator, shitlar va boshqa elektrotexnika jihozlarini qayta ishlash “Pride Energy Services” korxonasi 120 dona 570 430 140 30 2022-yil may 58. Muborak tumani Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish uskunalari ishlab chiqarish “MT AMIR TEX” korxonasi 300 km 1 285 285 1 000 20 2022-yil iyun 59. Chortoq tumani Elektr qurilma jihozlari ishlab chiqarish “Namangan elektro-servis” korxonasi 2 ming dona 1 070 1 000 70 25 2022-yil iyul 60. “Qoʻqon” EIZ Akkumulyator ishlab chiqarish “Star Metal” korxonasi 100 ming dona 290 290 60 2022-yil iyul 61. Kattaqoʻrgʻon tumani Yuqori kuchlanishli vaakumli uskunalar ishlab chiqarish “Kattaqo'rg'on Elektro Texnika Zavodi” korxonasi 1 ming dona 855 570 285 25 2022-yil avgust 62. Namangan shahar Elektr qurilmalari, farfordan turli mahsulotlar ishlab chiqarish “Nam elektro” korxonasi 1,5 ming dona 500 500 60 2022-yil sentabr 63. Mirobod tumani Elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari ishlab chiqarish “Tashelektroapparat” korxonasi 500 dona 2 000 2 000 10 2022-yil oktabr 64. Nurobod tumani Elektr uskunalari ishlab chiqarish “Yunus Enginering” korxonasi 100 ming dona 1 500 500 1 000 80 2022-yil oktabr 65. Angren shahar Akkumulyator ishlab chiqarish “Camel M-Arash” korxonasi 500 ming dona 13 542 13 542 110 2022-yil noyabr 66. Yashnobod tumani Sanoat suv isitish qurilmalari ishlab chiqarish “Texnopark” korxonasi 3 ming dona 7 500 7 500 100 2022-yil dekabr 67. Urganch tumani Elektrotexnika mahsulotlari, elektron gaz gorelkalari, bugʻ va isitish qozonlari ishlab chiqarish “Asl Abband” korxonasi 1,6 ming dona 7 000 2 000 5 000 100 2022-yil dekabr 68. Qoʻshkoʻpir tumani Litiy-ionli batareyalar (AA va AAA turdagi) ishlab chiqarish “Ledultraenergy” korxonasi 5 mln dona 6 000 3 000 3 000 50 2022-yil dekabr 69. Sariosiyo tumani Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish “Asia Electron” korxonasi 1,5 mln dona 5 000 1 500 3 500 200 2022-yil dekabr 70. Namangan shahar Lift va eskalator ishlab chiqarish “GTG Elevator Group” korxonasi 500 dona 2 900 900 2 000 100 2022-yil dekabr 71. Yuqorichirchiq tumani Kuchlanish transformatorlari ishlab chiqarish “Yuqorichirchiq Metal Invest” korxonasi 2 ming dona 2 000 2 000 30 2022-yil dekabr 72. Urganch shahar Quyosh batareyasi tizimida ishlatiladigan yangi avlod invertorlarini yigʻish va ishlab chiqarish “ST-ENERGY” korxonasi 10 ming dona 2 000 1 000 1 000 25 2022-yil dekabr 73. Yashnobod tumani Elektr uskunalari ishlab chiqarish “Quality Electronics” korxonasi 100 ming dona 2 000 1 000 1 000 50 2022-yil dekabr 74. Bektemir tumani Suv isitish qozonlari ishlab chiqarishni kengaytirish “Statura” korxonasi 150 ming dona 2 000 1 000 1 000 10 2022-yil dekabr 75. Bektemir tumani Oshxona dudburonlari ishlab chiqarishni kengaytirish “Statura” korxonasi 120 ming dona 2 000 1 000 1 000 10 2022-yil dekabr 76. Karmana tumani Grafitli elektrodlar ishlab chiqarish “Navoiyskiy Elektrodniy Zavod” korxonasi 2 mln dona 1 100 400 700 20 2022-yil dekabr 77. Urganch tumani Suvni zararsizlantirish va boyitish uskunasi (Ozonator) ishlab chiqarish “ECO Company” korxonasi 3 ming dona 1 071 990 81 35 2022-yil dekabr 78. Qumqoʻrgʻon tumani Suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari uskunalarini ishlab chiqarish “Surxon Gold Garden” korxonasi 250 km 1 038 38 1 000 20 2022-yil dekabr 79. Gʻallaorol tumani Transformatorlar ishlab chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish “Yuqori Kuchlanish” korxonasi 250 dona 1 000 600 400 20 2022-yil dekabr 80. Mirobod tumani Chastota boshqaruvli past voltli qurilmalar ishlab chiqarish “Tashelektroapparat” korxonasi 3 ming dona 870 870 8 2022-yil dekabr 81. Denov tumani Tomchilatib sugʻorish uskunalari ishlab chiqarish “Guliston Denov Barokat” korxonasi 100 km 698 198 500 10 2022-yil dekabr 82. Termiz shahar Isitish qozonlari va suv tozalash filtrlari ishlab chiqarish “Teplo Montaj Centre Vostok” korxonasi 80 dona 642 642 20 2022-yil dekabr 83. Shoʻrchi tumani LED xonadon va koʻcha chiroqlari hamda kuzatuv kameralari ishlab chiqarish “Omega Lizing” korxonasi 300 ming dona 448 181 267 25 2022-yil dekabr 24. III. Kabel, sim va mis mahsulotlari - 86 547 28 861 50 549 10 637 1 449 - 84. Shahrixon tumani Kabel mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish “Kabel Market” korxonasi 2 ming km 150 150 20 2021-yil noyabr 85. Andijon shahar Kabel ishlab chiqarishni kengaytirish “Koʻxinur plyus” korxonasi 150 tn 500 500 15 2021-yil dekabr 86. Fargʻona shahar Kabel ishlab chiqarishni kengaytirish “Farg'ona Kabel Invest” korxonasi 100 km 429 143 286 30 2021-yil dekabr 87. Buvayda tumani Elektr kabellari ishlab chiqarish “Grand group fayz invest” korxonasi 400 tn 210 67 143 15 2021-yil dekabr 88. “Qoʻqon” EIZ Kabel mahsulotlari ishlab chiqarish “Beautifull Textile Plus” korxonasi 800 km 1 079 1 079 30 2022-yil mart 89. Dangʻara tumani Kabel ishlab chiqarishni kengaytirish “Evrika kabel” korxonasi 2 ming km 380 190 190 30 2022-yil iyun 90. Mirzaobod tumani Kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish “Orient Trading” korxonasi 300 tn 380 114 266 30 2022-yil iyun 91. Buvayda tumani Elektr kabellari ishlab chiqarish “Al-Mansur” korxonasi 50 tn 420 420 10 2022-yil iyul 92. Qorakoʻl tumani Kabel ishlab chiqarish “Shukurjon Ona” korxonasi 2,5 ming km 530 330 200 10 2022-yil sentabr 93. Chirchiq shahar Latundan fitinglar ishlab chiqarish “Baraka Brass and Commodity Invest” korxonasi 6 mln dona 6 934 3 467 3 467 80 2022-yil oktabr 94. Kattaqoʻrgʻon shahar Kabel ishlab chiqarish “Cable Trade Quvvat” korxonasi 32 ming km 2 950 950 2 000 200 2022-yil oktabr 95. Zomin tumani Ulanish simlari va monitor ishlab chiqarishni oshirish “Trust Electronics” korxonasi 1,5 ming dona 1 142 190 952 250 2022-yil oktabr 96. Uychi tumani Elektrod va sim mahsulotlari ishlab chiqarish “Trans sof savdo” korxonasi 4,8 ming tn 2 400 2 400 150 2022-yil noyabr 97. Urgut tumani Elektr kabellar ishlab chiqarish “Diamond Petrol” korxonasi 3 ming km 2 390 1 190 1 200 20 2022-yil noyabr 98. Fargʻona tumani Kabel ishlab chiqarish “Vodiy Shuz” korxonasi 118 ming km 10 000 10 000 100 2022-yil dekabr 99. Sirgʻali tumani Kabel ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish “Procab” korxonasi 15 ming tn 2 000 5 500 30 2022-yil dekabr 100. Xonobod shahar Egiluvchan kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish “Andijonkabel” korxonasi 117 ming km 2 200 700 1 500 21 2022-yil dekabr 101. Qarshi shahar Mis quvurlar ishlab chiqarish “ITT-Group” korxonasi 5 ming tn 18 360 500 11 360 6 500 67 2022-yil dekabr 102. Boysun tumani Elektromontaj kabellari ishlab chiqarish “Nelix kapital” korxonasi 100 km 1 276 476 800 45 2022-yil dekabr 103. Shoʻrchi tumani Kabel mahsulotlari ishlab chiqarish “Polvontosh” korxonasi 100 km 476 381 95 10 2022-yil dekabr 104. Denov tumani Kabel va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish “Janub Eksport” korxonasi 270 km 895 114 781 30 2022-yil dekabr 105. Mirzaobod tumani Aluminiydan yarim tayyor sim mahsulotlari ishlab chiqarish “Guliston Alyumin Pro” korxonasi 70 tn 100 100 6 2022-yil dekabr 106. Yashnobod tumani Konditsionerlar va sovutish qurilmalari uchun mis quvurlar ishlab chiqarish “Texnopark” korxonasi 15 ming tn 25 000 25 000 150 2022-yil dekabr 107. Jizzax shahar Magistral optik tolali kabel ishlab chiqarish (2-bosqich) “Global optical communication” korxonasi 50 km 6 346 3 109 3 237 100 2022-yil dekabr 29. IV. Mahalliylashtirishga yoʻnaltirilgan loyihalar - 180 844 53 794 61 850 65 200 2 037 - 108. Xazorasp tumani Elektr dvigatellari ishlab chiqarish “Future Industry Systems” korxonasi 1,8 mln dona 15 500 2 400 13 100 200 2021-yil mart 109. Namangan shahar Elektron platalar (SMT) ishlab chiqarish “Vodiy Circuits” korxonasi 800 ming dona 2 000 1 450 550 50 2021-yil noyabr 110. “Qoʻqon” EIZ Elektroskuterlar ishlab chiqarish “Bicycle Tranding Invest” korxonasi 4,5 ming dona 1 500 1 500 30 2021-yil noyabr 111. Olmazor tumani Shishatola ishlab chiqarish “Falk Porsche Fiberglass” korxonasi 13 ming tn 13 600 5 000 8 600 100 2021-yil dekabr 112. Bektemir tumani Maishiy texnika uchun shisha mahsulotlari ishlab chiqarish “Techno Continental” korxonasi 1,2 mln m.kv. 5 000 5 000 100 2021-yil dekabr 113. Angren shahar Maksimal oʻlchamlari 1200x600 mm boʻlgan sirlangan chinni tosh buyumlar va keramik plitalar ishlab chiqarish “National ceramics” korxonasi 1,9 mln m.kv. 5 000 2 000 3 000 30 2021-yil dekabr 114. Bektemir tumani Sovutkichlar va gaz plitalar uchun polka va panjaralar ishlab chiqarish “Techno Continental” korxonasi 2,1 ming tn 3 000 500 2 500 150 2021-yil dekabr 115. Mingbuloq tumani Maishiy texnika mahsulotlari logistika markazini kengaytirish “J-United Group” korxonasi - 2 000 2 000 20 2021-yil dekabr 116. Bektemir tumani Penopolistiroldan qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish “Techno Continental” korxonasi 2,4 ming tn 2 000 2 000 100 2021-yil dekabr 117. Urgut tumani Maishiy texnikalar uchun oyna va reshyotkalar ishlab chiqarish “Sam Elektro Servis” korxonasi 5 ming m.kv. 785 115 670 45 2021-yil dekabr 118. Xoʻjaobod tumani Tekstil asbob uskunalarini ishlab chiqarish “Muxammad nazar sifat” korxonasi 100 dona 570 285 285 60 2021-yil dekabr 119. Namangan shahar Dvigatel hamda suv nasoslari ishlab chiqarishni kengaytirish “Elektr mexanik taʼmir ishlab chiqarish” korxonasi 500 dona 483 333 150 10 2021-yil dekabr 120. “Qoʻqon” EIZ Elektroskuter, elektromotoroller va velosiped ishlab chiqarish “Stroy Plast” korxonasi 1,5 ming dona, 1,5 ming dona, 150 ming dona 505 505 25 2022-yil mart 121. Kosonsoy tumani Elektrod va mramor travertin mahsulotlarini ishlab chiqarish “Betakror Metall” korxonasi 2,3 ming dona 1 000 1 000 130 2022-yil may 122. Andijon tumani Tomchilab sugʻorish texnologiyasi uskunalarini ishlab chiqarish “Andijon saxovati” korxonasi 20 mln metr 5 600 5 600 120 2022-yil iyun 123. Uchkoʻprik tumani Elektr motor va skuter ishlab chiqarish “Technoworld” korxonasi 2 ming dona 2 248 2 248 25 2022-yil iyun 124. Namangan tumani Akkumlyator ishlab chiqarish “Nabiyev Egamberdi” korxonasi 500 dona 300 300 10 2022-yil iyun 125. Norin tumani Elektrod ishlab chiqarish “Jiydakapa Qurilish” korxonasi 540 ming quti 1 000 400 600 15 2022-yil iyul 126. Samarqand shahar Elektr dvigatelli yuk mototsikllari ishlab chiqarish “ELXOLDING” IICHB 500 dona 700 400 300 15 2022-yil oktabr 127. Navoiy shahar Elektr dvigatel va kley ishlab chiqarish “Golden Lift” korxonasi 500 dona 333 238 95 7 2022-yil oktabr 128. Angren shahar Elektromobillar butlovchi qismlarini ishlab chiqarish “Central Asia Motors” korxonasi 20 ming dona 68 000 10 000 10 000 48 000 100 2022-yil dekabr 129. Karmana tumani Aluminiydan profil mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish “Green Line Profil” korxonasi 58 ming tn 15 600 15 600 100 2022-yil dekabr 130. Yashnobod tumani NPL (yuqori bosim ostida presslangan) panellar ishlab chiqarish “Texnopark” korxonasi 1 mln m.kv. 9 000 9 000 100 2022-yil dekabr 131. Andijon shahar Tomchilab sugʻorish texnologiyasi asbob-uskunalarini ishlab chiqarish “Uraland” korxonasi 330 ming km 5 880 2 380 3 500 100 2022-yil dekabr 132. Buxoro tumani Logistika markazi tashkil etish “New Profi Technology” korxonasi - 5 000 5 000 200 2022-yil dekabr 133. Qorovulbozor tumani Dvigatel (motor) ishlab chiqarish “Buxara Real Moto” korxonasi 25 ming dona 5 000 4 000 1 000 60 2022-yil dekabr 134. “Qoʻqon” EIZ Elektroskuterlar ishlab chiqarish “Velomaks” korxonasi 20 ming dona 4 000 4 000 50 2022-yil dekabr 135. Yashnobod tumani Yangi turdagi elektron komponentlar (platalar, svetodiod chiplari) ishlab chiqarish “Quality Electronics” korxonasi 1 mln dona 5 000 2 500 2 500 50 2022-yil dekabr 136. Davlatobod tumani Qishloq xoʻjaligi, qurilish, maishiy kimyo sanoati uchun avtomatik va yarim avtomatik texnikalar ishlab chiqarish “Mehrim ziyo tekstil” korxonasi 300 dona 240 240 35 2022-yil dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga 1a-ILOVA
2021-2022-yillarda elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning
YIGʻMA PARAMETRLARI
T/r Hudud nomi Loyihalar soni (birlik) shu jumladan, ishga tushadigan: Loyihalar qiymati (ming doll.) shu jumladan, ishga tushadiganlar boʻyicha: Ish oʻrinlari (birlik) shu jumladan, ishga tushadiganlar boʻyicha: 2021-yilda 2022-yilda 2021-yilda 2022-yilda 2021-yilda 2022-yilda Jami: 136 45 91 531 921 138 095 393 826 9 657 3 010 6 647 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 1 4 000 4 000 30 30 2. Andijon viloyati 12 7 5 17 558 2 783 14 775 446 175 271 3. Buxoro viloyati 6 2 4 12 175 145 12 030 365 25 340 4. Jizzax viloyati 3 3 8 488 8 488 370 370 5. Qashqadaryo viloyati 4 2 2 20 309 664 19 645 102 15 87 6. Navoiy viloyati 5 5 20 328 20 328 207 207 7. Namangan viloyati 18 5 13 19 136 5 126 14 010 766 120 646 8. Samarqand viloyati 23 8 15 63 091 19 244 43 847 1 867 330 1 537 9. Surxondaryo viloyati 10 1 9 17 130 6 428 10 702 440 50 390 10. Sirdaryo viloyati 2 2 480 480 36 36 11. Toshkent viloyati 10 3 7 143 258 6 600 136 658 1 380 160 1 220 12. Fargʻona viloyati 17 9 8 22 927 4 005 18 922 565 235 330 13. Xorazm viloyati 7 1 6 41 071 15 500 25 571 690 200 490 14. Toshkent shahri 18 7 11 141 970 77 600 64 370 2 393 1 700 693
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga 1b-ILOVA
2021-2022-yillarda elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning
YIGʻMA PARAMETRLARI
T/r Hudud nomi 2021-yilda ishga tushadigan loyihalar boʻyicha 2022-yilda ishga tushadigan loyihalar boʻyicha Loyihalar qiymati (ming doll.) shundan: Loyihalar qiymati (ming doll.) shundan: tashabbuskor mablagʻlari bank kreditlari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar tashabbuskor mablagʻlari bank kreditlari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar Jami: 138 095 53 550 70 645 13 900 393 826 115 992 157 575 123 759 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 000 4 000 2. Andijon viloyati 2 783 1 856 927 14 775 3 675 5 500 5 600 3. Buxoro viloyati 145 88 57 12 030 9 830 1 700 500 4. Jizzax viloyati 8 488 790 4 461 3 237 5. Qashqadaryo viloyati 664 265 399 19 645 785 11 360 7 500 6. Navoiy viloyati 20 328 1 876 18 452 7. Namangan viloyati 5 126 4 331 795 14 010 11 200 2 810 8. Samarqand viloyati 19 244 17 146 2 098 43 847 14 962 25 985 2 900 9. Surxondaryo viloyati 6 428 2 088 4 340 10 702 3 559 6 343 800 10. Sirdaryo viloyati 480 114 266 100 11. Toshkent viloyati 6 600 3 300 3 300 136 658 24 609 13 927 98 122 12. Fargʻona viloyati 4 005 3 576 429 18 922 18 732 190 13. Xorazm viloyati 15 500 2 400 13 100 25 571 9 990 10 581 5 000 14. Toshkent shahri 77 600 18 500 48 500 10 600 64 370 11 870 56 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4090-son qarorida:
13-band “mahsulot” soʻzidan keyin “va butlovchi qismlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
16-bandning birinchi xatboshisidagi “Furqat koʻchasi, 1-uyda” soʻzlari “Koʻkcha darvoza koʻchasi, 1-boshi berk koʻcha, 10-uyda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qarorida:
a) 3-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Ishchi guruhiga (R. Gulyamov)” soʻzlari “Ishchi guruhiga (D. Sultanov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlar quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarni chet el bozorlari talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tadbirlari bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin bitta holat boʻyicha ekvivalenti 20 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
startap-loyihalarini moliyalashtirish, elektrotexnika sanoati tarmogʻida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarining ustav fondlarini (kapitallarini) shakllantirishda ishtirok etish, maxsus injiniring markazlari va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etish;
elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, boʻsh turgan va foydalanilmayotgan bino-inshootlarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va ulardagi tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash, shuningdek, hududlarda elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklar tashkil etish;
elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga tender savdolarida ishtirok etish uchun qisqa muddatga moliyaviy kafilliklar berish;
elektrotexnika sanoati tarmogʻi korxonalarining xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini, lekin bitta holat boʻyicha ekvivalenti 10 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
elektrotexnika sanoati tarmogʻi korxonalarining tashqi bozorlarda mahsulotlarning ommabopligini oshirish boʻyicha marketing olib borishi, tarmoq loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini (biznes-reja, texnik-iqtisodiy asoslar va boshqalar) ishlab chiqishi, shuningdek, jahon bozorini oʻrganish va marketing tahlillarini amalga oshirish uchun xalqaro maʼlumotlar bazalariga (axborot resurslariga) ulanishi bilan bogʻliq xarajatlarini 50 foizigacha qoplash;
mahalliy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni ilgari surish boʻyicha respublikada va xorijiy davlatlarda koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etish, seminarlar oʻtkazish, taqdimot materiallari va koʻrgazma stendlarini tayyorlash;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi ijro apparatiga xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman yoki toʻliq moliyalashtirish”;
g) 9-banddagi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar 2022-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “Elektrotexnika sanoati tarmogʻi korxonalari 2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qaroriga 4-ILOVA
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
Sultanov Dilshod Shuxratovich — moliya vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari Yunusov Mirziyod Miraxmadovich — “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi, Ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari Voitov Aziz Botirovich — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Abdinazarov Bobur Kalandarovich — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari Vafayev Shuxrat Abdusharifovich — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Xodjayev Sherzod Xikmatullayevich — energetika vazirining oʻrinbosari Nazarov Azimjon Soatmurod oʻgʻli — innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari Saliyev Mutalibdjon Obidjonovich — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Sattarov Dilshod Neʼmatovich — “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori Ummatov Bekzod Xamzayevich — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Abdukadirov Abdujalil Abduxalilovich — “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4812-son qarori 1-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “CIP” qisqartmasi “DDP” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qarorining 311-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “Tarkibida mis boʻlgan mahsulotlar eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3768-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4090-son qarorining 5-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qarorining 15-bandi.
