Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (100-son)
24.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan turizm salohiyati yuqori boʻlgan madaniy meros obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ziyorat turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 — 2025-yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Uzoq xorij va qoʻshni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Xorijiy tillarga tarjima qilinadigan va targʻiboti keng amalga oshiriladigan, allomalar va ziyoratgohlar toʻgʻrisidagi filmlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiya) tarkibi 6-ilovaga muvofiq;
Aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yoʻnalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) tarkibi 6a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda komissiyalarga quyidagi vakolatlar berilsin:
a) Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiyaga:
turoperatorlar (turagentlar), manfaatdor vazirlik va idoralarning Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiyaga kiritgan takliflariga asosan joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari narxlarining subsidiyalanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasini (summasini) belgilash;
subsidiyalash boʻyicha nizolarni muzokaralar oʻtkazish orqali tezkorlik bilan koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
b) Maxsus komissiyaga:
subsidiyalanadigan aviaqatnovlar yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni belgilash;
aviatashuvchilar takliflariga asosan aviachipta narxlarining subsidiyalanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasini (summasini) belgilash;
subsidiyalash hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar bandligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni muzokaralar oʻtkazish orqali tezkorlik bilan koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha qarorlar qabul qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi — Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiyaning, Transport vazirligi — Maxsus komissiyaning tegishlicha ishchi organlari etib belgilansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning 1-ilovasida belgilangan chora-tadbirlarni 2021-yil davomida amalga oshirsin.
Turizm va madaniy meros vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-ilovasida belgilangan madaniy meros obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan madaniyat yoʻnalishiga har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan ustuvor ravishda restavratsiya va konservatsiya qilinishini taʼminlasin.
3. Belgilansinki:
subsidiya joriy etilayotgan aviaqatnovlar chiptalariga 25 foiz, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryoʻl chiptalariga 15 foiz, mehmonxona xizmatlariga 10 foiz qoʻshimcha chegirmalar taqdim etiladi;
mahalliy yashovchining har bir yashagan kuni uchun joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizini tashkil etadi;
turistik tashkilotlarning ishchilari, gidlar (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar malakaviy imtihonlarini oʻtkazish 2022-yil 1-martdan boshlab amalga oshiriladi;
davlat organlarining ijtimoiy reklama mahsulotlari Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan ishlab chiqilgan ichki va ziyorat turizmi obyektlari aks ettirilgan dizayn tasviri asosida tayyorlanadi;
mazkur qarorning 4-ilovasida belgilangan filmlar “Al Buxoriy” ziyorat turizmi yoʻldosh telekanaliga bepul asosda taqdim etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan aviatashuvchilarga subsidiya ajratish Transport vazirligi hamda turoperator va turagentlarga avia va temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
4. Moliya vazirligi:
a) “Oʻzbekkino” milliy agentligining asoslangan talabnomalariga muvofiq ushbu qarorning 4-ilovasida belgilangan filmlar tarjimasi va yangi suratga olinadigan filmlar uchun 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida qoʻshimcha mablagʻlar ajratib borilishini;
b) Buxoro viloyat hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Buxoro viloyati “Yetti Pir” ziyoratgohlari yoʻnalishida taʼmirtalab 36 km masofadagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 90,5 mlrd soʻm mablagʻlarni manbasini aniqlab, keyinchalik mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berish sharti bilan ajratishni;
“Yetti Pir” ziyoratgohlariga boruvchi ichki yoʻllarni 2021-yil 1-avgustga qadar toʻliq taʼmirdan chiqarilishini;
v) subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetining qoʻshimcha manbalaridan qaytarishni hamda 2022-yilda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
5. Ziyorat turizmi yoʻnalishida toʻgʻri targʻibotni yoʻlga qoʻyish va ziyorat obyektlari haqida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Muvofiqlashtirish kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini toʻliq oʻrganish, maʼlumotlarni tizimlashtirish, ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni shakllantirish;
turizmi bozoridagi real ehtiyojni markazlashgan tarzda tahlil qilish;
targʻibot ishlarini sifatli va puxta tashkil qilish;
media kontent, audiovizual mahsulotlar, maqola va broshyuralar uchun ilmiy asoslangan materiallarni koʻrib chiqish va maʼqullash;
moddiy madaniy meros obyektlaridagi axborot tablolari, gidlar va ekskursiya yetakchilarining ekskursiya materiallari uchun sifatli materiallar shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
turli konfessiyalarning moddiy madaniy meros obyektlari uchun ziyorat odobi boʻyicha tavsiyalar tayyorlanishini tashkil qilish.
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida 3 shtat birligidan iborat “Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi” tashkil etilsin.
Bunda, mazkur boʻlimlarning rahbarlari Qoʻmita bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
7. Quyidagilarga:
a) Qoʻmita, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
xorijiy tillar boʻyicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy taʼlim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizmi fani boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida “Madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish” hamda Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Urganch davlat universitetlarida “arxeologiya” magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash;
ziyorat turizmi uchun istiqbolli mamlakatlar tilini oʻrganish filologiyasi yoʻnalishi bitiruvchilari uchun oliy taʼlim muassasalari qoshida pullik asosda ziyorat turizmi mavzusida qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining Milliy arxeologiya markazi filiali “Samarqand arxeologiya instituti”ning yuridik maqomini tiklagan holda, Fanlar akademiyasi tizimida mustaqil institut tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. Vazirning ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari va Ziyorat turizmini rivojlantirish departamentining (keyingi oʻrinlarda — Departament) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ular “Ipak yoʻli ofisi” unitar korxonasining Samarqand shahridagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Bunda, mazkur binoni taʼmirlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-son Farmonining 9-bandida belgilangan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
9. Qoʻmita:
a) Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
respublikaning ziyorat turizmi yoʻnalishidagi salohiyatini yurtimizda va xorijda targʻib qilishga oid ilmiy risolalar, reklama, rolik va targʻibot materiallari tayyorlash;
ekspertlar, olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va talabalarni jalb qilgan holda muntazam ravishda ziyorat turizmi yoʻnalishida targʻib qiluvchi tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrsin;
b) Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Transport vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan respublikaning ziyorat turizmi salohiyatini targʻib qilish imkoniyati boʻlgan xalqaro koʻrgazmalarda doimiy ravishda milliy stend bilan ishtirok etib borsin;
v) Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda ikki oy muddatda salohiyatli ziyorat turizmi bozoriga ega boʻlgan davlatlarda manzilli marketing chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
g) xorijiy mamlakatlarida Oʻzbekiston ziyorat turizm brendi elchisini tayinlash amaliyotini joriy etilishini hamda ular ishtirokida ziyorat turizmining keng targʻibot ishlarini amalga oshirilishini taʼminlasin.
10. Transport vazirligi:
a) Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikaning togʻli hududlari orqali avtotransport vositasi (avtobus, mikroavtobus, miniven)ning xavfsizlik standartlariga (GPS, yordamchi haydovchi, tormoz tizimiga talablar, maxsus yorugʻlik qaytaruvchi liniyasi, haydovchilarda mobil aloqa, avariya holatlarida “ogohlantiruvchi tugma” va boshqalarning mavjud boʻlishi) javob beradigan sertifikatlash tizimini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin;
b) Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan birgalikda uch oy muddatda Fargʻona vodiysini Toshkent va Samarqand viloyatlari bilan tekislik orqali bogʻlaydigan, Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyati hududidan oʻtuvchi marshrut orqali muntazam avtobus qatnovlarini chegaradan kesib oʻtish tartib-taomillarini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirishni koʻzda tutgan holda yoʻlga qoʻyishni taʼminlasin. Bunda, Qoʻmita ushbu yoʻnalishda soddalashtirilgan tartib yoʻlga qoʻyilgandan soʻng turoperatorlarni jalb qilgan holda turistik marshrutlarni targʻib qilib boradi;
v) uch oy muddatda transport va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda kompleks turizm xizmatlari koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻysin;
g) aviatsiya sohasida xalqaro alyanslarga aʼzo boʻlgan aviakompaniyalarning mamlakatimizga parvozlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarini ustuvor ravishda koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
11. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qoʻmita balansidagi avtotransport vositalari, shu jumladan, Mercedes-Benz S450L 4 Matic avtotransportini, ofis jihozlarini (zarur kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa kerakli inventar va uskunalarni) direksiyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi DUK balansiga direksiya talabnomalariga muvofiq begʻaraz oʻtkazib berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qoʻmita hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda tematik esdalik mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 433-son qaroriga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-fevral,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 1-ILOVA
Tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan turizm salohiyati yuqori boʻlgan madaniy meros obyektlari
ROʻYXATI
T/r Obyekt nomi Manzili Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Abdullo Norinjiy” ziyoratgohi Ellikqalʼa tumani, “Iftihor” MFY 2. “Shayx Jalil bobo” ziyoratgohi Qoraoʻzak tumani, “Kuyboq” OFY 3. “Hakim ota” ziyoratgohi Moʻynoq tumani, “Hakim ota” OFY 4. “Kechirmas ota” ziyoratgohi Ellikqalʼa tumani, “Guldirsin” OFY Andijon viloyati 5. “Bibi seshanba” ziyoratgohi Qoʻrgʻontepa tumani, “Jannatbuloq” MFY 6. “Asomiddin Mirpoʻstin ota” ziyoratgohi Andijon shahri, Mirpoʻstin koʻchasi 7. “Burxoniddin Qilich” qadamjosi “Uchbuloq” ziyoratgohi Baliqchi tumani, “Yangi koʻl” mahallasi 8. “Shirmonbuloq” ziyoratgohi Buloqboshi tumani, “Shirmonbuloq” MFY Buxoro viloyati 9. “Xoja Maxmud Anjir Fogʻnaviy” ziyoratgohi Vobkent tumani, Anjirbogʻ qishlogʻi Jizzax viloyati 10. “Saʼad ibn Abu Vaqqos” majmuasi Gʻallaorol tumani, “Avliyo” QFY 11. “Xoʻjamushkent” majmuasi Yangiobod tumani, Xoʻjamushkent qishlogʻi Qashqadaryo viloyati 12. “Abu Ubayda ibn al-Jarroh” majmuasi Qarshi shahri, “Gulshan” MFY 13. “Dorus-Saodat” majmuasi Shahrisabz tumani, Hovuz Mardon koʻchasi 14. “Dorut-Tilovat” majmuasi Shahrisabz tumani, Ipak yoʻli koʻchasi 15. “Hazrati Bashir” ziyoratgohi Kitob tumani, “Bashir” MFY Navoiy viloyati 16. “Qosim Shayx” majmuasi Karmana tumani, “Xoʻja Xisrav” MFY 17. “Mavlono Orif Degaroniy” ziyoratgohi Karmana tumani, “Degaron” MFY Namangan viloyati 18. “Chur-chur momo” ziyoratgohi Pop tumani, Chodak qishlogʻi Samarqand viloyati 19. “Shohi-Zinda” majmuasi Samarqand shahri, Shohi-Zinda koʻchasi, 39-uy 20. “Xoʻja Doniyor” maqbarasi Samarqand shahri, Islom Karimov koʻchasi, 7a-uy 21. “Amir Temur” maqbarasi Samarqand shahri, Oq Saroy koʻchasi, 1-uy 22. “Xoʻja Axror Vali” majmuasi Samarqand tumani, “Xoʻja Axror Vali-2” MFY 23. “Hazrati-Xizr” masjidi Samarqand shahri, Islom Karimov koʻchasi, 66-uy 24. “Xazrati Dovud gʻori” ziyoratgohi Narpay tumani, “Oqsoy” MFY 25. “Maxdumi Aʼzam” majmuasi Oqdaryo tumani, “Bodorjoy” MFY 26. “Ad-Doromiy” maqbarasi Tayloq tumani, “Yangi Tayloq” MFY 27. “Gavsuli Aʼzam” ziyoratgohi Urgut tumani, “Yetti uyli” MFY 28. “Ruhobod” maqbarasi Samarqand shahri, Oqsaroy koʻchasi, 1-uy Surxondaryo viloyati 29. “Imom Abu Iso Muhammad At Termiziy” majmuasi Sherobod tumani, “Choʻmichli” MFY 30. “Al-Hakim At-Termiziy” majmuasi Termiz tumani “Al-Hakim at-Termiziy” MFY 31. “Xoʻjamayxona” majmuasi Boysun tumani, “Temir darvoza” MFY 32. “Soʻfi Olloyor” majmuasi Oltinsoy tumani, “Vaxshivar-1” MFY 33. “Xoʻjaipok ota” majmuasi Boysun tumani, “Xoʻjaipok” MFY 34. “Sulton Saodat” majmuasi Termiz shaxri, “Namuna” MFY Toshkent viloyati 35. “Xazrat Ali buva” ziyoratgohi Parkent tumani, Kumushkon qishlogʻi 36. “Qirqqiz” ziyoratgohi Piskent tumani, “Qul ota” MFY 37. “Imom Sulton” ziyoratgohi Yangiyoʻl tumani, Niyozboshi qishlogʻi Fargʻona viloyati 38. “Xazrat Xizr qadamjolari” ziyoratgohi Rishton tumani, “Boʻston” MFY 39. “Yigit pirim” ziyoratgohi Uchkoʻprik tumani, “Olmurod” mahallasi 40. “Satkak azizlar” ziyoratgohi Fargʻona tumani, “Satkak” MFY 41. “Puri Siddiq” ziyoratgohi Margʻilon shahri, “Yurmadoz” MFY 42. “Burxoniddin Margʻinoniy yodgorligi” majmuasi Margʻilon shahri, “Pichoqchi” MFY 43. “Moʻyi Muborak” ziyoratgohi Qoʻqon shahri, “Nurafshon” MFY, “Sarmazor” qabristoni 44. “Huvaydo” ziyoratgohi Fargʻona tumani, “Chimyon” MFY Xorazm viloyati 45. “Uch avliyo bobo” ziyoratgohi Xiva shahri, Toshpulatov koʻchasi, 4-uy 46. “Said Muxammad Mohi ruyi Jahon” majmuasi Xiva shahri, Amir Temur koʻchasi, 84-uy Toshkent shahri 47. “Suzuk ota” majmuasi Shayxontohur tumani, Suzuk ota koʻchasi, 48-uy 48. “Shayx Xovandi Tohur” ziyoratgohi Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7v-uy 49. “Soʻgalli ota” ziyoratgohi Chilonzor tumani, Soʻgalli ota koʻchasi 50. “Abdulqosim” madrasasi Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 42-uy
Izoh: Ziyoratgohlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
1. Ziyoratgohlarga olib boruvchi yoʻllarni joriy taʼmirlash;
2. Viloyat markazidan va boshqa yirik aholi punktlaridan ziyoratgohga olib keluvchi yoʻl koʻrsatgich va axborot belgilarini oʻrnatish;
3. Sayyohlarni ziyoratgohga avtotransport vositalarining navbatlar hosil qilmasdan kirib-chiqishi uchun qulay harakatlanish rejasini ishga tushirish;
4. Transport vositalari (avtomobil va avtobus) uchun alohida avtoturargohlar tashkil etish;
5. Ziyoratgohlarda navbatlar va tirbandliklar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, obyekt boʻylab ziyoratchilar oqimini taqsimlash rejalarini ishlab chiqish va yoʻlga qoʻyish;
6. Ibodat marosimlarini uyushtirish jarayonlarida (namozlar) ziyoratchilarni joylashtirish sxemasini ishlab chiqib amalga oshirish;
7. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 30 mln soʻmgacha kreditlar taqdim qilinishini yoʻlga qoʻyish;
8. Ziyoratgohda sanitar-gigiyenik talablarga amal qilgan holda hojatxona va qushxonalarni tartibga keltirish choralarini koʻrish;
9. Ziyoratgohlarda qoʻshimcha xizmat turlari (ovqatlanish va esdalik sovgʻalarini sotish shoxobchalari, ziyorat amallarini amalga oshirish uchun lozim boʻlgan buyumlar savdosi)ni tashkil qilish va kengaytirish;
10. Ziyoratgohga tashrif buyurganlar uchun shart-sharoitlar (oʻrindiqlar, kutish xonalari va maydonlari, onalik va bolalik xonasi, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay boʻlgan sharoitlar, salqin ichimliklar va boshqa) yaratish;
11. Ziyoratgohdagi ziyorat tartibi va odobi haqida qoʻllanmalar ishlab chiqish va ziyoratgohlarga oʻtkazish choralarini koʻrish;
12. Ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 2-ILOVA
turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021 — 2025-yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish
DASTURI
T/r Obyekt nomi Barpo etilgan davri Manzili Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Redjep Xalifa” (arxitektura obyekti) XI-XII, XIII-XIV asrlar Xoʻjayli tumani, “Sarishungil” OFY 2. “Ishan qalʼa” kompleksi (arxitektura obyekti) XVIII-XIX, XX asrlar Kegeyli tumani, “Juzim bogʻ” OFY 3. Chilpiq qoʻrgʻoni (arxeologiya obyekti) I — IV, IX — XI asrlar Amudaryo tumani, “Qipchoq” OFY 4. “Ayazqalʼa 1” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar Beruniy tumani, “Qizilqalʼa” OFY 5. “Ayazqalʼa 2” (arxeologik yodgorligi) VII-VIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Guliston” OFY 6. “Ayazqalʼa 3” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar, III-IV asrlar Ellikqalʼa tumani, “Guliston” OFY 7. “Buran qalʼa” (arxeologik yodgorligi) IX-X asrlar Ellikqalʼa tumani, “Navoi” OFY 8. “Burgut qalʼa” (arxeologik yodgorligi) VI — VIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Qirqqiz” OFY 9. “Burli qalʼa 1” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar Ellikqalʼa tumani, “Sharq Yulduzi” OFY 10. “Burli qalʼa 2” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. I asr Ellikqalʼa tumani, “Sharq Yulduzi” OFY 11. “Duman qalʼa” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar, I — IV asrlar Ellikqalʼa tumani, “Dumanqalʼa” MFY 12. “Jildik qalʼa” (arxeologik yodgorligi) I — III asrlar Ellikqalʼa tumani, “Ellikqalʼa” OFY 13. “Katta Guldursin” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar, XII-XIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Guldursin” OFY 14. “Katta Qabat qalʼa” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar, XI — XIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Qavatqalʼa” MFY 15. “Katta Qirkqiz qalʼa” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar, III-IV, VI — VIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Qizil qum” MFY 16. “Qoʻrgoshin qalʼa” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar Ellikqalʼa tumani, “Qizilqum” MFY 17. “Qosh Porsan” (arxeologik yodgorligi) IV — VIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Guliston” OFY (Qilchinok jamoa xoʻjaligi) 18. “Teshik qalʼa” (Yerikli qala) (arxeologik yodgorligi) VII-VIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Qirqqiz” OFY 19. “Topraq qalʼa” (arxeologik yodgorligi) I — V, VI asrlar Ellikqalʼa tumani, “Sharq yulduzi” OFY 20. “Uyqalʼa” (arxeologik yodgorligi) VII-VIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Guliston” OFY 21. “Yakka porsan” (arxeologik yodgorligi) IV — VIII asrlar Ellikqalʼa tumani, “Guliston” OFY 22. “Aqchaxan qalʼa” (Qazaqli yatqan) (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar, IV asr Beruniy tumani, “Ozod” OFY 23. “Jambasqala” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar, IV asr Toʻrtkoʻl tumani, “Kaltaminor” OFY 24. “Qoʻy qirilgan qalʼa” (arxeologik yodgorligi) Mil.avv. IV-III asrlar, IV asr Toʻrtkoʻl tumani, “Kaltaminor” OFY 25. “Qumbosqan qalʼa” (arxeologik yodgorligi) VII-VIII asrlar Toʻrtkoʻl tumani, “A. Durdiyev” OFY Andijon viloyati 26. “Avliyo Nikolay” cherkovi binosi 1898-yil Andijon shahri, “Mustaqillik” MFY, Bektosh Raximov koʻchasi 27. “Muhammad Siddiq Eshon” ziyoratgohi Noaniq Asaka tumani, “Xonaqa” MFY 28. “Qarabosh ota” ziyoratgohi Noaniq Andijon tumani, “Mart” MFY, Qorabosh koʻchasi 29. “Mehmoni Valiy” ziyoratgohi Noaniq Andijon tumani, “Islomobod” MFY, Mehmon Valiy koʻchasi 30. “Oq mozor ota” ziyoratgohi Noaniq Izboskan tumani, “Taraqqiyot” MFY 31. “Yunus ota” ziyoratgohi Noaniq Qoʻrgʻontepa tumani, “Jannatbuloq” MFY 32. “Xoʻjaqambar ota” ziyoratgohi Noaniq Izboskan tumani, “Abdurahmon Jomiy” MFY, Ziyoratgoh koʻchasi 33. “Bibi Seshanba” ziyoratgohi Noaniq Qoʻrgʻontepa tumani, “Jannatbuloq” MFY 34. “Manak ota” ziyoratgohi Noaniq Xoʻjaobod tumani, “Beshqovoq” MFY, Bahor koʻchasi 35. “Qambar ota” ziyoratgohi Noaniq Xoʻjaobod tumani, “Yangi Fargʻona” MFY, Qambar ota koʻchasi 36. “Fozilmon ota” ziyoratgohi Noaniq Xonobod shahri, “Fozilmon” MFY, Xonobod massivi 37. “Qipchoqqoʻrgʻon” masjidi 1909-yil Shahrixon tumani, “Qipchoqqoʻrgʻon” MFY, Qipchoqqoʻrgʻon koʻchasi 38. “Yunusxoji” masjidi 1902-yil Andijon shahri, “Kengash” MFY, Kengash koʻchasi 71 uy 39. “Xoʻja Abdulloh tugʻdor” majmuasi 1996-yil Asaka tumani, “Shodlik” MFY, Imom Buhoriy koʻchasi 40. “Yilqichi ota” ziyoratgohi Noaniq Andijon shahri, “Gumbaz” MFY, Aravasoz koʻchasi 41. “Usta pir ota” ziyoratgohi Noaniq Andijon shahar, “Zahiriddin Muhammad Bobur” MFY Buxoro viloyati 42. “Chashmai Ayub” xazirasi Aniqlanmagan Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Xayrabotcha” qishlogʻi 43. “Nomozgoh” masjidi XII — XVI asrlar Buxoro shahar, “Turki Jandi” MFY, Nomozgoh koʻchasi 44. “Xoja Kalon” masjidi (Gavkushon majmuasi) 1573 — 1579-yillar Buxoro shahar, “H. Olimjon” MFY, B. Nashband koʻchasi 45. Quyi Xonaqo masjidi XVII asr Buxoro shahar, “Xoʻja Gʻunjoriy” MFY, Quyi Xonaqo koʻchasi 46. “Amir” saroyi 1914 — 1917-yillar Kogon shahar, “Temir Yulchi” MFY, Buxoro shox koʻchasi 47. “Vobkent” minorasi 1197-yil Vobkent tumani, “Vobkent” MFY, I. Buxoroiy koʻchasi 48. Abdurahmon Vali maqbarasi (Shoburgʻon ota majmuasi) XVI asr Qorakoʻl tumani “Yangibozor” MFY, “Quyi ogʻar” qishlogʻi 49. “Domullo Tursunjon” madrasasi 1796-1797-yillar Buxoro shahar, “Imom Buxoriy” MFY, Mushki Ambar koʻchasi 50. “Mir Said Kamol” madrasasi 1906-yil Buxoro shahar, “Mirzo Ulugʻbek” MFY, Xaqiqat koʻchasi 51. “Chor Bakr” majmuasi XVI — XVIII asrlar Buxoro tumani, “Shergiron” MFY, “Shergiron” qishlogʻi 52. “Qizbibi” majmuasi XVI asr Jondor tumani, “Romish” MFY, “Dehqonobod” aholi punkti 53. “Mavlono Asiriy” madrasasi XVIII asr Buxoro shahar, Mirdoʻstim koʻchasi 54. “Koʻkaldosh” masjidi XVI asr Buxoro shahar, “I. Buxoroiy” MFY, Roʻgʻangaron koʻchasi 55. “Xusayni” madrasasi XVIII asr Buxoro shahar, “Turki Jandiy” MFY, Nomozgoh koʻchasi 56. “Pochchaqul Xoja” masjidi XIX asr Buxoro shahar, “H. Olimjon” MFY, B. Naqshband koʻchasi 57. “Xoʻja Quteyba” masjidi XIX asr Shofirkon tumani, “Pashmon” MFY, “Pashmon” qishlogʻi 58. “Xoʻja Sharofiddin” masjidi 1910-yil Shofirkon tumani, “Gʻulomte” MFY, “Gʻulomte” qishlogʻi 59. “Tosh” masjid 2 XVI asr Vobkent tumani, “Bozorjoʻyi” MFY, “Otaliq” qishlogʻi 60. “Saidboy Oqsoqol” masjidi XIX asr Peshkoʻ tumani, “Sadir” MFY, “Dehdaroz” qishlogʻi 61. “Bozori gul” masjidi XVIII asr Buxoro shahar, “M. Ulugʻbek” MFY, X. Ashurova koʻchasi 62. “Mirzo Hamdam” madrasasi XIX asr Buxoro shahar, “I. Buxoriy” MFY, Roʻgʻangaron koʻchasi 63. “Xoja Bulgʻor” masjidi XVIII asr Buxoro shahar, “Jalol Ikromiy” MFY, Xoja Bulgʻor koʻchasi Jizzax viloyati 64. “Poyimard ota” ziyoratgohi IX — XX asrlar Zomin tumani, “Poyimard” qishlogʻi 65. “Qulfisar ota” ziyoratgohi XX asr boshi Sharof Rashidov tumani “Qulfisar” MFY 66. “Qirqchilton” ziyoratgohi X asr oxiri XX asr boshlari Sharof Rashidov tumani, “Koʻrpasoy” MFY 67. “Xoʻja Qahhor Vali” ziyoratgohi XIX asr Zomin tumani markazi 68. “Oqtepa-Archamozor ota” ziyoratgohi IX — XX asrlar Zomin tumani “Duoba” MFY, “Yettikechuv” qishlogʻi janubi 69. “Parpi ona” (Parpi oyim, Qoʻrgʻon tepa) ziyoratgohi IX-X asrlar Zomin tumani “Beshkubi” MFY, “Uvol” qishlogʻi janubida 70. “Koʻk toʻnli ota” ziyoratgohi V-VI asrlar Zomin tumani “Hulkar” QFY, “Qoʻriq” qishlogʻi 71. “Xoja Shohimardon Sherdor” qadamjosi XX asr boshi Zomin tumani, “Chorvador” QFY, “Turkman” qishlogʻi 72. “Gʻoyib ota” ziyoratgohi XIX asr oxiri XX asr boshlari Zomin tumani, “Istiqlol” QFY 73. “Toylon ota” ziyoratgohi XV-XVI asrlar Zomin tumani, “Toylon” qishlogʻi 74. “Gʻoyib ota” ziyoratgohi IX-X asrlar Zomin tumani, “Arja” qishlogʻi 75. “Oq tosh ota” ziyoratgohi V-VI asrlar Zomin tumani, “Zomin” shaharchasi 76. “Abduxoliq ota” ziyoratgohi XIX asr Zomin tumani, “Turkman” qishlogʻi 77. “Sugal ota” ziyoratgohi XX asr boshi Zomin tumani, “Turkman” qishlogʻi 78. “Koʻk toʻnli ota” ziyoratgohi IX-X asrlar Zomin tumani, “Qovun kesdi” qishlogʻi 79. “Chillamozor ota” tarixiy majmuasi ziyoratgohi V-VI asrlar Zomin tumani, “Ovul oʻpka” qishlogʻi 80. “Kindikli ota” ziyoratgohi XIX asr Zomin tumani, “Beshkubi” QFY, “Beshkubi” qishlogʻi 81. “Xoʻja koʻndalang” (Parpi ota) ziyoratgohi XX asr Zomin tumani, “Qutchi bolgʻali” qishlogʻi 82. “Gʻor bobo” (Sariq devona gʻori) ziyoratgohi XX asr boshi Zomin tumani, “Kultepa” qishlogʻi 83. “Besh ogʻayni ota” (Pistali ota) ziyoratgohi XIX asr Zomin tumani, “Qayirma” mahallasi 84. “Said Burhoniddin avliyo” ziyoratgohi V — VIII asrlar Zomin tumani, “Beshkubi” QFY, “Beshkubi” qishlogʻi 85. “Qilich Burhoniddin avliyo” maqbarasi V — VIII asrlar Zomin tumani, “Beshkubi” QFY, “Beshkubi” qishlogʻi 86. “Mart ota avliyo” ziyoratgohi V — VII asrlar Zomin tumani, “Beshkubi” QFY, “Beshkubi” qishlogʻi 87. “Xoʻjai tan ota” ziyoratgohi VII asr Zomin tumani, “Gʻallakor” QFY, “Xoʻjai tan ota” qabristoni hududida 88. “Isoxon ota” ziyoratohi V-VI asrlar Zomin tumani, “Yom” qishlogʻi, “Istiqlol” QFY, “Oshiq ota” qabristoni hududida 89. “Xasan ota” ziyoratgohi XX asr Forish tumani, “Qoraobdol” QFY, “Hasan ota” qishlogʻi 90. “Narvon ota” ziyoratgohi XIX asr oxiri XX asr boshlari Forish tumani, “Narvon” MFY, “Narvon” qishlogʻi 91. “Uch quloch ota” ziyoratgohi XVI asr Forish tumani, Band shaharchasi, “Uch quloch” qishlogʻi 92. “Oyna ota” tarixiy manzilgohi 1986-yil Forish tumani, “Egizbuloq” qishlogʻi 93. “Koʻk toʻnli ota” ziyoratgohi XIX asr oxiri XX asr boshlari Forish tumani, “Oq tosh” qishlogʻi 94. “Isar ota” ziyorat manzili VI-VIII asrlar Forish tumani, “Osmon soy” qishlogʻi 95. “Andagen ota” ziyoratgohi, “Xazrati Eshon Halifa” majmuasi xonaqosi va masjidi XVI asr Forish tumani, “Andagen” qishlogʻi 96. “Yetti gʻor” majmuasi XIX asr oxiri XX asr boshlari Forish tumani, “Ilonchi” qishlogʻi 97. “Norvon ota” (Narvoy ota) ziyoratgohi IX-X asrlar Forish tumani, “Narvon” qishlogʻi 98. “Oqar ota” ziyoratgohi XIX asr Zomin tumani, “Oqar” MFY, “Oqar” qishlogʻi 99. “Toshkesgan ota” ziyoratgohi XIX asr oxiri XX asr boshlari Zarbdor tumani, “Mustaqillik” MFY, “Oqar” qishlogʻi 100. “Sulton Xalil” maqbarasi XIV asr Gʻallaorol tumani markazi 101. “Mullabuloq” ziyoratgohi XI asr Gʻallaorol tumani, “Mulkish” QFY “Mullabuloq” qishlogʻi 102. “Sayfin ota” ziyoratgohi XIX asr oxiri XX asr boshlari Gʻallaorol tumani, “Sayfin ota” QFY “Sayfin” qishlogʻi 103. “Gʻoʻbdun ota” ziyoratgohi XIX asr oxiri XX asr boshlari Gʻallaorol tumani, “Gʻoʻbdun QFY”, “Gʻoʻbdin” qishlogʻi 104. “Xoshim ota” ziyoratgohi 1989-yil Gʻallaorol tumani, “Koʻk buloq” qishlogʻi 105. “Qozon ota” ziyoratgohi X-XI asrlar Gʻallaorol tumani, “Xitoyyuzi” qishlogʻi 106. “Moltob ota” ziyoratgohi XIX asr oxiri XX asr boshlari Gʻallaorol tumani, “Moltob” qishlogʻi 107. “Dugʻombir ota” ziyoratgohi IX — XX asrlar Yangiobod tumani, “Changovul” qishlogʻi 108. “Chilmaxram ota” ziyoratgohi XV asr Yangiobod tumani, “Balandchaqir” qishlogʻidan 20 km 109. “Rustam ota va Jumaqul ota” ziyoratgohi V-VII asrlar Yangiobod tumani, “Balandchaqir” qishlogʻi 110. “Qoʻltiqaziz” qadamjosi, topinish manzili XV asr Yangiobod tumani, “Balandchaqir” qishlogʻi 111. “Boʻtatosh Valiy” ziyoratgohi IX — XX asrlar Yangiobod tumani, “Yuqorisarmich” qishlogʻi 112. “Gʻoyib ota” qadamjosi XV asr Yangiobod tumani “Yuqorisarmich” qishlogʻi 113. “Ersuloymon bobo” ziyoratgohi XV asr Yangiobod tumani, “Joʻlangar” qishlogʻi 114. “Said Isohoʻja” ziyoratgohi XV asr Yangiobod tumani, “Joʻlangar” qishlogʻi 115. “Balogardon bobo” qadamjosi V — VII asrlar Yangiobod tumani, “Joʻlangar” qishlogʻi 116. “Changovul ota” ziyoratgohi IX — XX asrlar Yangiobod tumani, “Changovul” qishlogʻi 117. “Terakli ota” ziyoratgohi XV — XX asrlar Baxmal tumani, “Baxmal” MFY, “Terakli” qishlogʻi 118. “Malik Ajdar” ziyoratgohi X — XX asrlar Baxmal tumani, “Baxmal” MFY, “Duvlat” qishlogʻi 119. “Said Mirxalilloh” xonaqosi, masjidi XV asr Baxmal tumani, “Baxmal” MFY, “Bogʻimozor” qishlogʻi 120. “Xoʻja koʻndalang ota” ziyoratgohi XV asr Baxmal tumani, “Qirq” qishlogʻi 121. “Chinor bobo” ziyoratgohi XV asr Baxmal tumani, “Bogʻimozor” qishlogʻi 122. “Muhammad Said Xoʻja Abu Said Moʻmin Holiq Xoʻja” ziyoratgohi IX asr Baxmal tumani, “Oqqoʻrgʻon” QFY 123. “Xoʻja Ismoil Xalifa” ziyoratgohi XVIII asr Baxmal tumani, “Baxmal” QFY 124. “Palaxmon ota” ziyoratgohi XVIII asr Baxmal tumani, “Baxmal” QFY 125. “Tangatopdi” ziyoratgohi XVII asr oxiri XVIII asr boshlari Baxmal tumani, “Baxmal” MFY, “Tangatopdi” qishlogʻi 126. “Temir darvoza” (Amir Temur darvozasi yodgorliklari) XIII — XV asrlar Gʻallaorol tumani, “Ilonoʻtti” manzilgohi 127. “Jondahor ota” (Qoʻrgʻon) V-VI asrlar Forish tumani, “Garasha” QFY, “Garasha” qishlogʻi Qashqadaryo viloyati 128. “Abul Xasan Ishqiy” masjidi XIV asr Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “Langar” qishlogʻi 129. “Nayman ota” maqbarasi XIV asr Nishon tumani, “Guliston” MFY, “Otquduq” qishlogʻi 130. “Hazrati Sulton” maqbarasi 1895-yil Shahrisabz tumani, “Koʻhsor” MFY, “Shut” qishlogʻi 131. “Xoʻjaipok Ota” ziyoratgohi XVII asr Dehqonobod tumani, “Qoʻrgʻontosh” MFY, “Xoʻjaipok” qishlogʻi 132. “Xoʻja Shamsiddin Xalvoniy” yodgorlik majmuasi X-XI asrlar Kitob tumani, “Qovchin” MFY, “Qovchin” qishlogʻi 133. “Siypantosh qoya” rasmlari Bronza davri Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “Langar” qishlogʻi 134. “Abul Xasan Ishqiy” masjidi XIV asr Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “Langar” qishlogʻi 135. “Xoʻja Ilgʻor” maqbarasi VI-VII asrlar Yakkabogʻ tumani, “Xoʻjailgʻor” MFY, “Xoʻjailgʻor” qishlogʻi 136. “Diyishqon” masjidi XIX asr Kitob tumani, “Palandara” MFY, “Duyushqon” qishlogʻi 137. “Toʻpchoq” masjidi 1887-yil Kitob tumani, “Tupchoq” MFY, “Tupchoq” qishlogʻi 138. “Yomchi” masjidi 1870-yil Shahrisabz tumani, “Yomchi” MFY 139. “Samarqand darvozasi” yodgorligi XIV asr Shahrisabz shahri, Shahrisabz tarixiy markazi 140. “Koʻk gumbaz” masjidi 1436-yil Shahrisabz shahri, “Qushxovuz” MFY, Ipak yuli kuchasi, 89 uy 141. “Yerqoʻrgʻon” shahristoni I-II asr Qarshi tumani, “Sherbek” MFY, “Sherbek” qishlogʻi 142. “Toʻra” masjidi XIV asr Kasbi tumani, “Qatagʻon” MFY 143. “Xusam shayx ota” majmuasi X-XI asr Koson tumani, “Pudina” MFY, “Pudina” qishlogʻi 144. “Shulluktepa II” shahristoni VIII — XII asrlar Qarshi tumani, “Koʻchkak” MFY, “Koʻchkak” qishlogʻi 145. “Pandiron” masjidi XIV asr Kasbi tumani, “Pandiron MFY, “Pandiron” qishlogʻi 146. “Abdulaziz” madrasasi 1911-yil Qarshi shahri, “Darvozatutak” MFY, Nasaf koʻchasi, 309-uy 147. “Qalʼai Zahoki-Maron tepa” majmuasi I-II asrlar Qarshi shahri, “Zoxikimoron” MFY 148. “Burxoniddin” masjidi XVIII acp Qarshi tumani, “Poshton” MFY 149. “Qoʻrgʻoncha” masjidi XVIII asr Qarshi shahri, “Qoʻrgʻoncha” MFY 150. “Charmgar-I” masjidi XVIII asr Qarshi shahri, “Charimgar” MFY 151. “Charmgar-II” masjidi XIX asr Qarshi shahri, “Charimgar” MFY 152. “Kaxlak chorgumbaz” masjidi XVIII acp Qarshi tumani, “Kaxlat” MFY 153. “Xofiz Sheroziy” maqbarasi IX asr Qarshi tumani, “Nukrobod” MFY 154. “Yetti tugʻ ota” maqbarasi XIX asr Qarshi tumani, “Potron” MFY 155. “Koson Chor gumbaz” masjidi XIV asr Koson tumani, “Nartichukur” MFY 156. “Abdurahmon Xalifa” maqbarasi XIV asr Koson tumani, “Pulati” MFY 157. “Gʻulom Naqshband” maqbarasi IV — XII asrlar Gʻuzor tumani, “Yoqqishloq” MFY 158. “Nayman ota” maqbarasi XIV asr Nishon tumani, “Guliston” MFY, “Otquduq” qishlogʻi 159. “Xoʻjai pok ota” maqbarasi XVII asr Dehqonobod tumani, “Qoʻrgʻontosh” MFY, “Xoʻjaipok” qishlogʻi 160. “Gʻiylon” masjidi 1853-yil Kitob tumani, “Gʻiylon” MFY, “Gʻiylon” qishlogʻi Navoiy viloyati 161. Jaraquduq hududidagi “Tosh” oʻrmoni Aniqlanmagan Uchquduq tumani, “Bozdun” OFY 162. “Shohimardon” masjidi XVI asr Nurota tumani, “Shayxon” MFY 163. “Mirzachorbogʻ xon” qarorgohi 1905-yil Karmana tumani, “Koʻxna Qoʻrgʻon” MFY 164. “Oqmasjid” masjidi XVI asr Xatirchi tumani, “Bogʻchakalon” MFY “Bogʻchakalon” qishlogʻi 165. “Boyazid Bastomiy” masjidi XIX asr Qiziltepa tumani, “Boʻston” MFY 166. “Qalqon ota” majmuasi XVI asr Navbahor tumani, “Qalqonota” MFY 167. “Qalʼayi Azizon” masjidi XVIII asr Qiziltepa tumani, “Qalʼayi Azizon” MFY 168. “Bedir ota” majmuasi XIX asr Uchquduq tumani, “Aytim” MFY 169. “Kanarboy ota” majmuasi XIX asr Uchquduq tumani, “Uzunquduq” OFY Namangan viloyati 170. “Qodirxoʻja Eshon” uyi XIX asr Namangan shahri, “Obi hayot” MFY, Nodira koʻchasi, 8-uy 171. “Ovchi buloq tepa” majmuasi Oʻrta asr Uychi tumani, “Oʻnxayot” MFY, “Oʻnxayot” qishloq 172. “Imom ota” maqbarasi XVIII asr Pop tumani, “Imom ota” MFY, “Parda Tursun” qishlogʻi 173. “Devona buva” maqbarasi XVIII asr Uychi tumani, “Fayziobod” MFY 174. “Daxyakota” ziyoratgohi XIX asr Uychi tumani, “Daxyakota” MFY 175. Bronza davriga oid Chust madaniyati (Buonamozortepa, Bibiona ziyoratgohi) manzilgohi Antik davr Chust tumani, “Bibiona” MFY 176. “Xoja Abduraxmon ibn Avf” maqbarasi XII asr Chust tumani, “Toshqoʻrgʻon” MFY, “Toshqoʻrgʻon” qishlogʻi 177. “Mugʻtepa”, “Koson” shahristoni Antik davri Kosonsoy tumani, “Mugʻqalʼa” qishlogʻi 178. “Mavlono Namangoniy” maqbarasi 1806-yil Namangan shahri, “Gʻuncha” MFY, “Labbaytogʻa” qabristoni 179. “Devona Eshon buva” maqbarasi Aniq emas Namangan tumani, “Xonabod” MFY 180. “Munchoq tepa (Shahriston)” majmuasi Oʻrta asr Pop tumani, M.Fayazov koʻchasi 181. “Xoʻja amin” maqbarasi XVIII asr Namangan shahri, Koʻzagarlik koʻchasi, 49-uy 182. “Shayx Isoq Eshon” majmuasi 1872-yil Namangan shahri, Namangansoy koʻchasi, 3-uy 183. “Oʻn bir Axmad” ziyoratgohi 1993-yil qayta tiklangan Namangan shahri, “Gʻirvon” MFY 184. “Gungalak” yer osti hammomi XIX asr Kosonsoy tumani, “Joʼme” MFY 185. Xilvatxona (Chillaxona) XVIII asr Namangan tumani, “Mulla Kuding” MFY 186. “Langarbibi” maqbarasi XVIII asr Toʻraqoʻrgʻon tumani, “Gulqishloq” MFY 187. “Otchopar Eshon buva” xonaqosi 1690-yil Chust tumani, “Pansada” MFY 188. “Qorapolvon ota” ziyoratgohi XVIII asr Yangiqoʻrgʻon tumani, “Qorapolvon” MFY Samarqand viloyati 189. “Chorsu” cavdo-gumbazi XIX asr Samarqand shahri, Registon maydoni, “Chorsu” gumbazi 190. “Oq Saroy” maqbarasi XV asr Samarqand shahri, Oq Saroy koʻchasi, 5a-uy 191. “Gavsuli Aʼzam” ziyoratgohi XIX asr Urgut tumani, “Yetti uyli” MFY 192. “Bahodir Yalangtoʻshbiy” masjidi XIX-XX asrlar Oqdaryo tumani, “Bodorjoy” MFY 193. “Bobotepa” masjidi va “Qamchin ota” ziyoratgohi XIX-XX asrlar Jomboy tumani, “Sarichashma” MFY 194. “Xoʻja Abdi Berun” majmuasi (xonako, ayvon va dahma) XV asr Samarqand tumani, “Sarimozor” MFY Surxondaryo viloyati 195. “Kokildor ota” xonaqohi XIII-XVI asrlar Termiz tumani, “Namuna” MFY 196. “Sulton-Saodat” maqbaralar majmui X — XVII asrlar Termiz tumani, “Namuna” MFY 197. “Otaulla Said Vaqqos” maqbarasi XVI asr Sherobod tumani, “Guliston” MFY 198. “Said otaliq” madrasasi XVI asr Denov tumani, Mustaqillik koʻchasi 199. “Xoʻja Alouddin Attor Valiy” ziyoratgohi XIV asr Denov tumani, “Namozgoh” MFY, “Sarmazorota” qabristoni 200. “Xoʻja Barkux” maqbarasi XVI asr Denov tumani, “Dasti chinor” MFY 201. “Xoʻjjaipokota” (Xoʻja Avf xazratlari) ziyoratgohi XVI asr Oltinsoy tumani, “Xoʻjayipok” MFY 202. “Mavlono Muhammad Zohid” ziyoratgohi XVIII asr Oltinsoy tumani, “Katta Vahshivor” MFY 203. “Xoʻja Xasan Ilgʻoriy” maqbarasi XX asr Oltinsoy tumani, “Shakarkamish” MFY 204. “Soʻfi Olloyor” ziyoratgohi XVIII asr Oltinsoy tumani, “Jilibuloq” MFY 205. “Hazrati Kamar Aziz” ziyoratgohi XVI asr Boysun tumani, “Inkabod” MFY 206. “Sulton Sanjar Moziy” maqbarasi XVI asr Denov tumani, “Ostona” MFY 207. “Sayyid Jamoliddin” va “Sayyid Kamoliddin At-Termiziy” majmuasi XIX asr Qumqoʻrgʻon tumani, “Kakaydi” qishlogʻi 208. “Xoʻja Samandar Termiziy” maqbarasi XVIII asrlar Jarqoʻrgʻon tumani, “Surxon” MFY 209. “Qora tepa buddaviylik ibodatxonalar” markazi I — V asrlar Termiz tumani, “Yangiobod” MFY 210. “Zoʻrmola” minorasi I-II asrlar Termiz tumani, “Qahramon” MFY 211. Chinortepa yodgorligi Mil.avv. II-I asrdan to milodiy II-III asrgacha Termiz tumani, “Chinortepa” MFY 212. “Dalvarzintepa” yodgorligi I-II asrlar Shoʻrchi tumani, “Kushon” MFY 213. “Budrachtepa (Jumatepa)” yodgorligi V — XVI asrlar Denov tumani, “Lagʻmonota” MFY 214. “Xolchayon” yodgorliklari I-III asrlar Denov tumani, “Qorabogʻtepa” va “Obodturmush” MFY Toshkent viloyati 215. “Ulugʻ Sogʻ ota” majmuasi Aniqlanmagan Angren shahri, “Qorabogʻ” mahallasi 216. “Temirtaki ota” majmuasi Aniqlanmagan Bekobod tumani, “Xamza” MFY 217. “Qizilmozor” maqbarasi XVI — XVIII asrlar Bekobod tumani, “Taqachi” MFY 218. “Samsarak” shahar xarobasi IV asr Boʻka tumani, “Madaniyat” MFY, Oʻzbekiston koʻchasi 219. “Nurek ota” tabiiy maskan Aniqlanmagan Boʻstonliq tumani, “Gijol” qishlogʻi tepaligida 220. “Dovud nevara” (Shayx Umar Vali) ziyoratgohi Aniqlanmagan Boʻstonliq tumani, “Bogʻiston” qishlogʻi 221. “Qorasoqol ota” ziyoratgohi XIV asr Qibray tumani, “Navbahor” MFY 222. “Qilichli ota” ziyoratgohi XIV asr Qibray tumani, “Navbahor” mahallasi 223. “Shohruxiya” shahristoni VI, XI-XII asrlar Oqqoʻrgʻon tumani, “Xosildor” MFY, 2 boʻlim qishlogʻi 224. “Qadimiy” kon (Tunket) IV — VIII asrlar Ohangaron tumani, “Sarjaylak” qishlogʻi 225. “Barbal ota” ziyoratgohi Aniqlanmagan Ohangaron tumani, “Ungut” qishlogʻi 226. “Zarkent ota” ziyoratgohi VII — XIII asrlar Parkent tumani, “Zarkent” qishlogʻi 227. “Boʻgʻizyon otatepa” ziyoratgohi Aniqlanmagan Piskent tumani, “Koriz” qishlogʻi 228. “Pushti Mahmud” majmuasi VI — XII asrlar Piskent tumani markazi 229. “Piskent” shahristoni X asr Piskent tumani, Piskent shahri 230. “Ervali bobo” ziyoratgohi Aniqlanmagan Angren shahri, “Sogʻlom” MFY 231. “Suron ota” (soʻfiylar hujrasi) Oʻrta asrlar Boʻstonliq tumani, “Uch bogʻ” qishlogʻi 232. “Avliyosoy-Ikrima ota” ziyoratgohi IX-X asrlar Boʻstonliq tumani, “Chimboyliq” qishlogʻi 233. “Koʻktoʻnli ota” jome masjidi XIV asr Qibray tumani, “Navbahor” MFY, Shodlik koʻchasi, 54-uy 234. “Axtam Sahoba” jome masjidi Aniqlanmagan Nurafshon shahri, “Guzar” MFY, Guzar koʻchasi 235. “Mushuk ota” ziyoratgohi Aniqlanmagan Nurafshon shahri, “Navroʻz” MFY 236. “Shomirkari avliyo” ziyoratgohi XIV asr Oqqoʻrgʻon tumani, “Shohruxiya” qishlogʻi 237. “Paygʻambar ota” ziyoratgohi Aniqlanmagan Ohangaron tumani, “Susam” qishlogʻi 238. “Said ota” jome masjidi XIV asr Parkent tumani markazi 239. “Said Battol gʻozi” ziyoratgohi IX asr Chinoz tumani, “Yangi mahalla” MFY, Bahor koʻchasi 240. “Buzruk Buva” maqbarasi Aniqlanmagan Bekobod tumani, “Hamza” MFY Fargʻona viloyati 241. “Shahidlar xotirasi” majmuasi 2001-yil Fargʻona shahri, “Iftixon” MFY, Aeroport koʻchasidagi hiyobon 242. “Kirxa” binosi XIX asr Fargʻona shahri, Shukrona koʻchasi 59-uy 243. “Axmad Al-Fargʻoniy” yodgorlik majmuasi 1998-yil Fargʻona shahri, “Axmad Al-Fargʻoniy istirohat bogʻi” hududi 244. “Uzun xovuz” masjidi meʼmoriy obidasi XIX asr Margʻilon shahri, “Uzun xovuz” MFY, Abu Ali ibn Sino koʻchasi, 40-uy 245. “Dumba joʻsh” masjidi XIX asr Margʻilon shahri, “A.Navoiy” MFY, Shukrona koʻchasi, 25-uy 246. “Xoʻja Egiz” masjidi XIX asr Margʻilon shahri, “Ipak yoʻli” MFY, Hoʻja Egiz koʻchasi, 117a-uy 247. “Xoja Forso” masjidi XIX asr Margʻilon shahri, “Xoʻja Forso” MFY, Baxtiyorlik koʻchasi, 100-uy 248. “Xoʻja Maʼoz va Moʻyi Muborak” yodgorligi ziyoratgohi XIX asr Margʻilon shahri, “Xoʻja Maʼoz” MFY, Xoʻja Maʼoz koʻchasi, 43-uy 249. “Xurjun” madrasasi XVIII asr Qoʻqon shahri, “Yangi Chorsu” MFY, Umar Xayyom koʻchasi, 5-uy 250. “Chilmahram buva” ziyoratgohi Aniqlanmagan Beshariq tumani, “Navkat” MFY 251. “Bibi Ubayda” ziyoratgohi XVI — XX asrlar Buvayda tumani, “Buvimozor” MFY 252. “Ziyrak mozor” tepaligi I — IV asrlar Oltiariq tumani, “Boʻston” MFY 253. “Doʻsti Hudo” yodgorligi ziyoratgohi XIX asr Oltiariq tumani, “Zilol” MFY 254. “Ulugʻ Moji ona” maqbarasi XIX asr Oltiariq tumani, “Katput” MFY, Tol koʻchasi 255. “Bobo Ahtam” ziyoratgohi XXI asr Oltiariq tumani, “Fayziobod” MFY 256. “Zindontepa” ziyoratgohi I — XII asrlar Quva tumani, “Dehqonobod” MFY 257. “Quva” shahristoni Mil. avv.IV asr-milodiy V — VII-XIII asrlar Quva tumani, “Toshkent” MFY 258. “Saʼd Vaqqos” ziyoratgohi XXI asr Quva tumani, “Yangi hayot” MFY 259. “Nodir suratlar” ziyoratgohi Aniqlanmagan Soʻx tumani, “Tul” MFY 260. “Akkosha” ziyoratgohi XXI asr Toshloq tumani, “Togʻlik” MFY 261. “Sariqoʻrgʻon” arxeologik yodgorlik Mil. avv.I asr — milodiy I — VII-VIII asrlar Uchkoʻprik tumani, “Sariqoʻrgʻon” MFY 262. “Hazrat Ali Shohimardon” ziyoratgohi XX asr Fargʻona tumani, “Yordon” MFY 263. “Xoʻjam Podshoh” ziyoratgohi XVIII asr Fargʻona tumani, “Birdamlik” MFY 264. “Moʻyi muborak” jome masjidi Mil. avv.VII-VIII asrlar Oʻzbekiston tumani, “Ovchi” MFY 265. “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi XXI asr Rishton shahri, “Chinnigaron” MFY 266. “Xoʻja Roʻshnoyi” ziyoratgohi XIX asr Rishton shahri, “M.Topvoldiyev” MFY, Toʻqimachi koʻchasi, 11-uy 267. “Qori Soqiy ota” ziyoratgohi XX asr Yozyovon tumani, “Qorasoqol” MFY Xorazm viloyati 268. “Said Muxammadxon” madrasasi 1864-yil Xiva shahri, “Yangi Turmush” MFY, Najmiddin Qubro koʻchasi, 44-uy 269. “Tung otarlar” uyi XIX asr Xiva shahri, “Yangi turmush” MFY, Najmiddin Kubro koʻchasi 270. “Deshon Qalʼa” devori “Qoʻy darvoza”ga tutash qismi 1842-yil Xiva shahri, “Kaptarxona” MFY 271. “Deshon Qalʼa” devori Xiva shahar madaniyat bogʻi ichidagi darvoza qismi 1842-yil Xiva shahri 272. “Deshon Qalʼa” devori 1842-yil Xiva shahri 273. Ichon Qalʼa” devori XIV — XIX asrlar Xiva shahri 274. “Avaz Oʻtar uyi” 1-darajali uy XIX asr Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Amir Temur koʻchasi, 29-uy 275. “Bogʻcha xovuz” majmuasi XVIII asr Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Mustaqillik koʻchasi 276. “Xusan Muhammad boy” madrasasi 1905-yil Xiva shahri, “Qumyasqa” MFY, Polvon Qoriy koʻchasi, 23-uy 277. “Otajon boy” madrasasi 1884-yil Xiva shahri, “Ichon qalʼa” MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 23-uy 278. “Said Muhammad Moxiroʻy” majmuasi 1884-yil Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Amir Temur koʻchasi, 84-uy 279. “Xorazmshohlar” madrasasi 1915-yil Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Mevaston koʻchasi, 51-uy 280. “Muzxona” majmuasi XIX asr Xiva shahri, “Kalta minor” MFY, Qodir Yoqubbov koʻchasi, 67-uy 281. “Shixnazarboy” uyi XIX asr Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Markaz 6 282. “Islom Xoʻja” yozgi qarorgoxi XIX asr Xiva shahri, “Shixlar” MFY 283. “Ibroxim Xoʻja” madrasasi 1888-yil Xiva shahri, “Shixlar” MFY 284. Ollaqulixon Madrasasi 1834-35-yillar Xiva shahri, “Ichon qalʼa” MFY, Yu.Toshpoʻlatov koʻchasi, 33-uy 285. Xazarasp shahri qalasi devori Mill.avv. IV — II asrlar Xazorasp tumani, “Sulaymon qalʼa” MFY 286. “Sulaymon Boqirgʻoniy” jome masjidi XIV asr Xazorasp tumani, “Sulaymon qalʼa” MFY 287. “Shayx Muxtor Vali” maqbarasi XIV asr Yangiariq tumani Ostona qishlogʻi 288. “Yusuf Hamadoniy” majmuasi XIX asr Shovot tumani, Beshmargan qishlogʻi 289. Suratlar Galereyasi (Pochta) 1912 — 15 yillar Urganch shahri, Oʻzbekiston koʻchasi 290. “Ota Xovuz” majmuasi XVIII asr Xiva shahri, “Kalta minor” MFY, Tinchlik koʻchasi 291. “Toʻrt Shovvoz” madrasasi 1885-yil Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Mevaston koʻchasi, 29-uy 292. Anushaxon hammomi 1657-yil Xiva shahri, “Ichon qalʼa” MFY, Palvon Qori koʻchasi, 12-uy 293. “Xujash Maram” madrasasi 1839-yil Xiva shahri, “Ichon qalʼa” MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 11-uy 294. “Shayx Kabir” maqbarasi XVI asr Xiva shahri, “Ichon qalʼa” MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 6-uy 295. “Toʻra xovuz” majmuasi XVIII asr Xiva shahri, “Kaptarxona” MFY 296. “Kalajik” (Dovud-kalʼa) majmuasi Mill.avv. IV- III asrlar Bogʻot tumani, “Kalajik” QFY 297. “Chodira xovli” majmuasi 1871-yil Xiva tumani, Sayot qishlogʻi 298. “Yor Muhammad Devon” (Said Ota) masjidi XVIII asr Xiva shahri, “Ichon qalʼa” MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 26-uy 299. “Oqmasjid” majmuasi 1838 — 42 yillar Xiva shahri, “Ichon qalʼa” MFY, Islom Xoʻja koʻchasi, 24-uy 300. Otamurod Qushbegi” masjidi 1816-yil Xiva shahri, “Ichon qalʼa” MFY, A.Boltayev koʻchasi, 40-uy Toshkent shahar 301. “Azlarxon Eshon” majmuasi XVII asr Shayxontohur tumani, Yalonkor koʻchasi, 2-uy 302. “Eshonzodalar” sagʻanasi XIX-XX asrlar Shayxontohur tumani, Olmazor koʻchasi, 74-uy 303. “Chilla ota” ziyoratgohi Nomaʼlum (taxminan XV asr) Olmazor tumani, “Chustiy” mahallasi 304. “Saidvaqqos ota” maqbarasi XX asr Uchtepa tumani, Uygʻur koʻchasi, 592-uy, “Said Vaqqos ota” qabristoni 305. “Sultonhoji ota” maqbarasi XIX-XX asrlar Olmazor tumani, Nurafshon va Qorasaroy koʻchalari kesishuvi (Uchqoʻrgʻon 1 tor koʻchasi) 306. “Xoʻja Allambardor” majmuasi (maqbara va chillaxona) XIX asrlar Shayxontohur tumani, Yangiobod koʻchasi 307. “Shom ota” sagʻanasi Nomaʼlum Samarqand darvoza koʻchasi, 85-maktab hududi 308. “Gʻoyib ota” sagʻanasi XX asr Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, “Gʻoyib ota” qabristoni 309. “Qorahoji ota” maqbarasi XX asr Olmazor tumani, “Tansiqboyev” massivi, “Qoraxoji ota” qabristoni 310. “Shoshtepa” (Chochtepa) arxeologiya yodgorligi Miloddan avvalgi IV-eramizning XII asrlari Sergeli tumani, Choshtepa koʻchasi 311. “Chilonzor Oqtepasi” majmuasi XVI asr Shayxontohur tumani, S.Yesenin koʻchasi 312. “Yunusobod Oqtepasi” arxeologiya yodgorligi V — XII asrlar Yunusobod tumani, Otaboy ota Tursunov koʻchasi 313. “Kallaxona” masjidi XVIII-XIX asrlar Olmazor tumani, Saqchimon koʻchasi 314. “Chopon ota” majmuasi Aniqlanmagan Uchtepa tumani, 13-daha 315. “Koʻk masjid” arxitektura yodgorligi XIX asr Shayxontoxur tumani, Koʻk masjid koʻchasi, 60-uy 316. “Abulkosim” madrasasi XIX asr Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 317. “Ibrohim ota” maqbarasi XVII asr Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, “Ibroxim ota” qabristoni 318. “Koʻk toʻnli ota” maqbarasi XIX-XX asrlar Shayxontohur tumani, Suzuk ota koʻchasi 319. “Xoʻja Nuriddin” maqbarasi XVI asr Samarqand darvoza koʻchasi, 105-uy 320. “Sharofboy” masjidi XIX asr Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi, 58-uy 321. “Gulbozor” masjidi XIX asr Chilonzor tumani, Haqiqat koʻchasi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 3-ILOVA
Uzoq xorij va qoʻshni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlar Bajarish muddati Ijro uchun masʼullar Nazorat uchun masʼullar I. “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” brendini yaratish va targʻib qilish 1. 2021 — 2025-yillarda ziyorat turizmi targʻiboti uchun “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” yagona ziyorat turizmi brendi va targʻibot konsepsiyasini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: konsepsiya loyihasini ishlab chiqish 2021-yil may Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 2. Xorijiy ekspert va ziyorat turizmi mutaxassislari ishtirokida “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” targʻibot konsepsiyasi asosida targʻibot materiallarini xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga yetkazish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil may oyidan boshlab Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 3. “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” brendi ostida (dizayn, banner, poster, taqdimot va roliklarni qamrab olgan) namunaviy koʻchma koʻrgazma stend loyihasini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil iyun Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 4. Malayziya, Turkiya, Rossiya, Indoneziya, Singapur, Pokiston, Hindiston, Buyuk Britaniya va boshqa xorijiy mamlakatlarning markaziy masjidlarida “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” haftaligini oʻtkazish va haftalik doirasida koʻchma koʻrgazma va targʻibot suhbatlarini tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil avgust-sentabr Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 5. Soekarno-Natta International Airport (Indoneziya), Kuala-Lumpur International Airport (Malayziya), Istanbul Grand Airport (Turkiya), Dubai International Airport (BAA) va boshqa xorijdagi yirik aeroportlarda “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” koʻchma stendini tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil avgust oyidan boshlab Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Transport vazirligi (I. Mahkamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 6. Kuala-Lumpur shahridagi “Islom sanʼati muzeyi” va Jakarta shahridagi “Istiqlol muzeyi” hamda Turkiyaning Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Sakariya, Kayseri kabi yirik shaharlaridagi Madaniyat markazlarida “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” nomidagi maxsus pavilyon va koʻrgazmalarni tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil avgust oyidan boshlab Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), “Uzbekistan Airways” AJ (I. Mahkamov), Transport vazirligi (I. Mahkamov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 7. “Mir Arab madrasasi” bibliografik foto-albomini chop etish va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning muftiyatlariga tarqatilishini taʼminlash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil may Amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 8. “Alif TV” (Rossiya), “IlmFeed” (Buyuk Britaniya), “NalalTrip”, “NasDaily” (Singapur), “National Geographic” (AQSH), “TRT Avaz” (Turkiya), “Trans7”, “NetTV” va “SCTV” (Indoneziya), “AlNijrah” (Malayziya) va boshqa xorijiy media-platformalarda respublikaning “ziyorat turizmi” salohiyatini ommalashtirishga qaratilgan media-kontentlar yaratish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil davomida Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) II. Mamlakat hududida ziyorat turizmiga oid madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish 9. Xorijiy mamlakatlarda islomshunoslik sohasida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni ziyorat obyektlari bilan tanishtirishga qaratilgan “Islomiy akademik sayohat” (Islamic academic tour) dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi 2021-yil iyun Ishlab chiqish va amalga uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 10. “Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etish va oʻtkazish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil sentabr Tashkil etish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) III. Ziyorat turizmi yoʻnalishida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik 11. Respublika hududida joylashgan islom madaniyati va tarixi bilan bogʻliq madaniy meros obyektlarini Islom hamkorlik tashkilotining “Islom madaniy merosi roʻyxati”ga kiritish choralarini koʻrish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-2022-yillar Amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 12. Turkiya Din ishlari boshqarmasi, Qozogʻiston musulmonlari idorasi, Rossiya Muftiylar kengashi va hududlardagi muftiyatlar, Kavkaz musulmonlari idorasi bilan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi oʻrtasida ziyorat turizm sohasida uzviy hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil davomida Amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 13. Dunyo boʻylab oʻtkaziladigan Qurʼon, azon va hadis musobaqalarida Oʻzbekiston nomidan “Imomlar yurtiga sayohat” mukofotini joriy qilish va musobaqalar gʻoliblarining sayohatini tashkillashtirish. Amalga oshirish shakli: meʼyoriy huquqiy hujjat loyihasi 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 14. Toshkentdagi “Usmon musʼhafi”ning ahamiyatini keng targʻib qilish va ommalashtirish maqsadida “Usmon musʼhafi” nomli maxsus suvenirlar kolleksiyasini yaratish va sotuvini yoʻlga qoʻyish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil may Tashkil etish va oʻtkazish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) IV. Ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish 15. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish: arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish sohasiga doir atamalarni yangilash, shu jumladan, “dastlabki arxeologik ishlar”, “dala arxeologik tadqiqotlari”; “himoya-qutqaruv arxeologik ishlar”; “arxeologik materiallarni kameral ishlash” kabi yangi atamalarini kiritish; aniqlanmagan arxeologik obyektlarni saqlab qolishga qaratilgan “arxeologik ekspertiza” toʻgʻrisidagi normani kiritish; Oʻzbekiston Respublikasining elektron arxeologik xaritasini oʻzida mujassamlashtirgan arxeologik yodgorliklarning yagona elektron davlat reyestriga yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini belgilash; arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilash; arxeologik yodgorliklari davlat qoʻriqxonasi toʻgʻrisidagi normalar bilan toʻldirish. Amalga oshirish shakli: Qonun loyihasini ishlab chiqish 2021-yil iyul Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 16. Moddiy madaniy meros, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari hududlarining kirish qismida ularning Davlat va YUNESKO tomonidan muhofazaga olinganligini koʻrsatuvchi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar tomonidan kirishda belgilangan ehtiyot choralari toʻgʻrisida maʼlumot aks ettirilgan turistik koʻrsatkich belgilarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida oʻrnatish tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, mazkur koʻrsatkich belgilar har bir hududning tabiiy iqlim sharoiti, shu jumladan, quyosh va yogʻingarchilik mavsumiga chidamli materiallardan tayyorlanishiga alohida eʼtibor qaratilishi talab etiladi. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil oktabr Ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 17. Imom al-Buxoriyning hadislar toʻplami, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”dan tanlangan bandlari toʻplami, Imom Nasafiyning “Aqoid” asari, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Alisher Navoiy hikmatlari toʻplami, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” va boshqa allomalar asarlarini xorijiy (ingliz, arab, turk, rus) tillarda sifatli usulda nashr etish hamda ziyoratgohlar, temir yoʻl vokzallarida sotuvini yoʻlga qoʻyish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil may oyidan boshlab doimiy ravishda Amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (I. Mahkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 18. Buxoro viloyatidagi “Yetti pir” majmualaridagi infokiosklarda joylashtirish uchun “Tariqatning yetti piri” nomli multimedia dasturini ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil iyun Ishlab chiqish va joylashtirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) V. Xorijiy mamlakatlarda respublikaning ziyorat turizmi salohiyatini targʻib qilish 19. “2021-yil Oʻzbekiston ziyorat turizmi kalendari” va targʻibot materiallarini Rossiya ulamolari kengashi bilan hamkorlikda mamlakatdagi masjidlar va madrasalarga tarqatish. Amalga oshirish shakli: reja grafik ishlab chiqish 2021-yil aprel Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 20. Rossiya Federatsiyasining Tatariston, Checheniston, Dogʻiston va boshqa subyektlarida “Imomlar yurtiga sayohat” nomli targʻibot ishlarini olib borish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yil maydan boshlab doimiy ravishda Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 21. Checheniston hukumati bilan hamkorlikda “Ahmad Qodirov izidan” turmarshrutini ishlab chiqish va marshrutni Checheniston va Rossiyadagi chechenlar orasida targʻib qilish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yil maydan boshlab doimiy ravishda Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 22. Sankt-Peterburg va Moskva shaharlaridagi markaziy masjidlarda “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” koʻchma koʻrgazmasini tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil iyun — avgust Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 23. Saudiya Arabistoniga koʻchib ketgan oʻzbek diasporasi faollari bilan uchrashuv oʻtkazish, ular orasidan media targʻibot, investitsiya sohalarida hamkorlarni aniqlash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil may Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 24. Toshkentdagi “Usmon musʼhafi”ga atab Jakartaning markaziy bogʻida Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun kalligrafiya tadbirini tashkil etish. Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi 2021-yil may Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 25. Indoneziyadagi eng koʻp tomosha qilinadigan “Nafiz Indonesia” telemusobaqalariga rasmiy homiy boʻlish, final bosqichi gʻoliblarini Oʻzbekiston boʻylab ziyoratini tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil davomida Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 26. Eron fuqarolari uchun “Oʻzbekistonda Navroʻz” nomli maxsus sayohat dasturini ishlab chiqish va targʻib qilish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yil aprel Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 27. Bangladeshda Oʻzbekiston ziyorat turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha marketing strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yil may Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 28. Istanbul shahrida joylashgan “Turk dunyosi madaniyat markazi”dagi Oʻzbekiston burchagini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil davomida Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 29. “Sukarno izidan” va “Ollohshukur Poshshozoda izidan” nomi ostida turizm marshrutlarini ishlab chiqish va targʻib qilish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) VI. Markaziy Osiyo va Afgʻoniston davlatlari orasida mamlakatning ziyorat turizmi salohiyatini targʻib qilish 30. “Bobur” nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrida allomalar va yurtimiz haqidagi spektal va taqdimotlarni tashkil qilish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar Grafik asosida Amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev, A. Abduhakimov) 31. Qoʻshni mamlakatlar uchun “Oʻzbekistonda Navroʻz” nomli maxsus sayohat dasturi doirasida maxsus avtobus va temir yoʻl qatnovini yoʻlga qoʻyish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov) 32. Qoʻshni davlatlar diniy taʼlim muassasalari oʻqituvchi va talabalarining Oʻzbekiston islom akademiyasi, “Mir Arab” madrasasi, “Imom Buxoriy” hadis maktabi va shu kabi qator madrasalarga tanishuv sayohatlarini oʻz ichiga olgan turpaketlar ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yil mart Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 33. Mamlakatimiz hududida joylashgan qozoq biylari (“Ayteke bi”, “Toʻlabiy”) ziyoratgohlari, yassaviylik tariqati shayxlari (Shayx Hovandi Tohur, Suzuk ota, Hakim ota) toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini tayyorlash va chop etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil may Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 34. Afgʻonistondagi oʻzbek diasporasi faollari bilan uchrashuv oʻtkazish, ular orasidan media targʻibot, turizm targʻiboti sohalarida hamkorlarni aniqlash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar Kelishuvga asosan Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 35. Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston davlatlari bilan chegara oʻtkazish punktlari yaqinida ziyorat maʼlumot markazini tashkil etish, markazlarni targʻibot materiallari bilan taʼminlash va viloyat markazlariga avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yil iyun Markazni tashkil etish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegara qoʻshinlari (S. Xusanov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) Transport qatnovini amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) 36. Qoʻshni davlatlarning chegaradosh hududlaridagi telekanallar bilan hamkorlik oʻrnatish va Oʻzbekiston ziyoratgohlari haqidagi qiziqarli video kontentni muntazam yetkazib berish. Xususan, Ramazon oyida allomalarimiz haqidagi filmlarni taqdim etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar Kelishuvga asosan Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 37. Abu Rayxon Beruniy tugʻilgan va dafn etilgan joylar — Beruniy tumani va Gʻazni shahri (Afgʻoniston) oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish va ziyoratlarni tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar Kelishuvga asosan Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 38. Turkmaniston fuqarolari uchun “Ulli hovliga sayohat” turlarini ishlab chiqish, Xorazm va Buxoro universitetlari imkoniyatlarini namoyish etuvchi Taʼlim yarmarkalarini tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil davomida Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 39. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning yirik shaharlari oʻrtasida mavjud avtobus reyslari sonini koʻpaytirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash. Amalga oshirish shakli: tahliliy maʼlumot tayyorlash 2021-yil aprel Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) 40. Qoʻshni mamlakatlarning taniqli imomlari, bloger va yetakchi telekanallari uchun Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini ommalashtirish uchun oqim past mavsumda info-turlar tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar Grafik asosida Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 41. Xorijiy mamlakatlarning yirik masjidlari (Sulton Ahmad (Istanbul), Al Buxoriy (Kuala-Lumpur), Istiqlol (Jakarta), Dehli jomye (Dehli) masjidlari) va boshqa diniy muassasalarda respublika imomlari tomonidan Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyati borasidagi mavʼiza va maʼruzalarini oʻtkazib borish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar Kelishuvga asosan Amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Musulmonlar idorasi (U. Alimov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) VII. Transport-logistika xizmatlarini yaxshilash va rivojlantirish 42. “Toshkent-Buxoro-Mashhad-Tehron” xalqaro avtobus marshrutini yoʻlga qoʻyish. Bunda, yoʻnalishni amalga oshirish uchun Eron Hukumati bilan tranzit reyslar boʻyicha kelishuvga erishish choralarini koʻrish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar Kelishuvga asosan Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov) 43. Turkiyaaviakompaniyalari tomonidan taqdim etilgan Turkiya shaharlaridan Samarqand va Buxoro shaharlariga hamda Anqara shahridan Toshkent shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni amalga oshirish boʻyicha murojaatlariga ruxsatnoma rasmiylashtirilishini hal etish. Bunda, asosan ziyorat turizm yoʻnalishida xorijiy turistlar oqimini oshirishga birinchi navbatda eʼtibor qaratiladi. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar 2021-yil Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Fuqaro aviatsiyasi agentligi (T. Oʻljayev) Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov) 44. “Air Cairo” ( Misr), “Pegasus Airlines” (Turkiya), “Corendon Airlines” (Turkiya), “Flydubai” (BAA), “Jazeera Airlines” (Quvayt), “Aseman Airlines” (Eron), Zagros Airlines (Eron) va Air Arabia (BAA) aviakompaniyalarining tegishligiga koʻra doimiy va charter reyslarini tashkil etish, muntazam reyslar sonini oshirish boʻyicha murojaatlarining rasmiylashtirilishini hal etish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar 2021-yil Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Fuqaro aviatsiyasi agentligi (T. Oʻljayev) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Umurzakov) 45. “Numo air” aviakompaniyasi faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish va avia qatnovlarini amalga oshirilishini taʼminlash. Xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga, shuningdek, respublika hududlarini oʻzaro bogʻlovchi qoʻshimcha va yangi avia qatnovlarni yoʻlga qoʻyish maqsadida salohiyatli investorlar bilan aviakompaniya tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar 2021-yil aprel-may Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Fuqaro aviatsiyasi agentligi (T. Oʻljayev) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Umurzakov) 46. Kuwait Airways (Quvayt), Garuda (Indoneziya), Citilink (Indoneziya), Lion Air (Indoneziya), Malaysia Airlines (Malayziya), Biman Airlines (Bangladesh), FlyNas (Saudiya Arabistoni), Freebird Airlines (Turkiya), Gulf Air (Baxrayn), Salam Air (Oman), Oman Air (Oman), Qatar Airways (Qatar), Serene Air (Pokiston), Wizz Air (Vengriya), IFLY (Rossiya), SkyUp (Ukraina), LOT Airlines (Polsha), Nainan Airlines (XXR), Asiana Airlines (Koreya), Air Baltic (Latviya) va Czech Airlines (Chexiya) aviakompaniyalari bilan muzokaralar olib borgan holda, ular bilan Respublika shaharlariga doimiy va charter reyslarini tashkil etish, muntazam reyslar sonini oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishish. Bunda, asosan ziyorat turizm yoʻnalishida xorijiy turistlar oqimini oshirishga birinchi navbatda eʼtibor qaratiladi. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil aprel-may Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Umurzakov) 47. Oʻzbek diasporasi istiqomat qiladigan qoʻshni mamlakatlarning yirik shaharlari (Oʻsh, Jalolobod, Turkiston, Chimkent, Dushanbe, Xoʻjand, Mozorisharif)dan turizm salohiyati yuqori boʻlgan shaharlarimizga avtobus marshrutlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil aprel Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov) 48. “QANTAS” aviakompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatish maqsadida muzokaralar olib borish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil davomida Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Umurzakov) 49. “Oʻsh-Toshkent” yoʻnalishini amalga oshirish uchun Tojikistonning Hoʻjand shahridan oʻtgan magistralda harakatlanish boʻyicha Tojikiston hukumati bilan kelishuvga erishish choralarini koʻrish. Kelishuv natijasiga koʻra xalqaro muntazam avtobus yoʻnalishini tashkil qilish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar Kelishuvga asosan Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov) 50. Fargʻona-Urganch-Fargʻona, Termiz-Urganch-Termiz va Qarshi-Urganch-Qarshi hamda Toshkent shahridan Buxoro, Nukus, Termiz, Urganch shaharlari va Fargʻona vodiysiga qatnov yoʻnalishlari boʻyicha aviareyslarni, shuningdek, Andijon-Xiva-Andijon hamda 2021-yil 1-aprelga qadar yoʻlga qoʻyiladigan Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand temir yoʻl qatnovlarini subsidiyalash boʻyicha Maxsus komissiyaning qarorini qabul qilish. Bunda, subsidiyalashning eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi) ni oʻrnatishni nazarda tutish. Amalga oshirish shakli: Maxsus komissiyaning qarorini 2021-yil mart Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (I. Mahkamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 51. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalanishi belgilangan transport qatnovlari va ularni hamda mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdori toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib borish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar doimiy Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (I. Mahkamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) VIII. Mamlakatning buddaviylik, yahudiylik, zardoʻshtiylikka oid ziyorat turizmi salohiyatini targʻib qilish 52. Buxoro yahudiylari kongresslari bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini Isroil, AQSH, Kanada, Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng targʻib qilish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yil davomida Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 53. “The Bukharian Times” (AQSH) va “Menora” (Isroil) nashrlarida Oʻzbekistonning butunjahon yahudiylari uchun ziyorat turizmi salohiyatini targʻib qilish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil davomida Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 54. Xorazm va Qoraqalpogʻiston hududlarida joylashgan zardoʻshtiylik obidalari boʻylab yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish. Eron, Hindiston va Yevropa zardoʻshtiylik jamoalari uchun targʻibot ishlarini amalga oshirish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 55. Butunjahon yahudiylar kongressining Oʻzbekistondagi vakolatxonasini tashkil qilish masalasini oʻrganib chiqish. Amalga oshirish shakli: takliflar ishlab chiqish 2021-yil may Amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 56. Buxoro yahudiylarining yurtimizdagi merosini namoyish etuvchi muzey tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: takliflar ishlab chiqish 2021-yil may Ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 57. Isroil shaharlarida madaniy tadbirlar, fotokoʻrgazmalar va konsertlarni tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Tashkil etish va oʻtkazish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 58. Isroil shaharlarida “Buxoro va Samarqandni bilasizmi?” intervyularini tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 59. Oʻzbekistonning Isroildagi turizm elchisi va “Xanda-xanda” teatr bilan hamkorlikda targʻibot videoroliklarini yaratish va xorijiy bozorlarda keng tarqatish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Tashkil etish va oʻtkazish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev, A. Abduhakimov) 60. Surxondaryodagi buddizm merosini qayta tiklash va uni ilmiy oʻrganish boʻyicha yapon arxeologi Kyudzo Kato boshlagan ishlarni tiklash, malakali yapon olimlarini jalb qilish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov) Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev, A. Abduhakimov) 61. Buddizm obidalarini oʻrganish boʻyicha arxeologik turizm yoʻnalishida buddizm eʼtiqodi tarqalgan mamlakatlardan oʻqituvchi va talabalar uchun maxsus turlar tashkil etish, ularning uzoq muddatga Surxondaryoda qolib, izlanish va amaliyot darslarini tashkil etish boʻyicha sharoitlar yaratish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yildan boshlab doimiy ravishda Amalga oshirish uchun — Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev, A. Abduhakimov) 62. Oʻzbekiston hududida buddizm kirib kelishi va rivoji tarixiga bagʻishlab maxsus video rolik va broshyuralar yaratish va xorijiy bozorlarda targʻib etish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi 2021-yil may oyidan boshlab doimiy ravishda Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 63. Xitoy bozori uchun Oʻrta Osiyoning buddizm merosi va Fargʻona otlari (Samoviy duldullar) mavzulari boʻyicha videoroliklar yaratish. Amalga oshirish shakli: targʻibot materiallari ishlab chiqish 2021-yil may-iyun Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) 64. Yurtimizning turli dinlar merosini aks ettiruvchi videoroliklarni avia, jumladan xorijiy aviakompaniyalar va poyezdlar bortlari mediatekasiga kiritish. Amalga oshirish shakli: targʻibot materiallarini ishlab chiqish 2021-yil mart oyidan boshlab doimiy ravishda Ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov) Tashkil etish uchun — Transport vazirligi (I. Mahkamov) Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, A. Abduhakimov)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 4-ILOVA
Xorijiy tillarga tarjima qilinadigan va targʻiboti keng amalga oshiriladigan, allomalar va ziyoratgohlar toʻgʻrisidagi filmlar
ROʻYXATI
T/r Filmlar nomi Tarjima qilinadigan tillar Targʻib qilish yoki yaratish mexanizmi Tarjima qilinadigan mavjud filmlar 1. “Imom At-Termiziy” badiiy film (2018-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Mavjud filmdan epizodlar olib, roliklar tayyorlash 2. “Ibn Sino” hujjatli film (2016-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 3. “Az-Zamaxshariy” hujjatli film (2014-yil, oʻzbek tilida) Arab, ingliz, turk, rus, urdu tillari Toʻliq film tarjimasi 4. “Abu Rayhon Beruniy” hujjatli film (2011-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, afgʻon, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 5. “Zahiriddin Muhammad Bobur” hujjatli film (2012-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 6. “Mahmud Koshgʻariy” hujjatli film (2013-yil, oʻzbek tilida) Turk, ozarbayjon, rus, ingliz tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 7. “Nasafiy” hujjatli film (2017-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 8. “Jomiy” hujjatli film (2018-yil, oʻzbek tilida) Rus, ingliz, tojik tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 9. “Suzuk ota” hujjatli film (2019-yil, oʻzbek tilida) Rus, turk, qozoq, ingliz, indonez tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 10. “Naqshbandiy” hujjatli film (2018-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 11. “Pahlavon Mahmud” hujjatli film (2019-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 12. “Ulugʻbek” hujjatli film (1993-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Filmdan epizodlar olib, roliklar tayyorlash 13. “Najmiddin Kubro” hujjatli film (1995-yil, oʻzbek tilida) Arab, fors, rus, ingliz tillari Filmdan epizodlar olib, roliklar tayyorlash 14. “Amir Temur” badiiy film (1996-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 15. “Buyuk Sohibqiron” hujjatli film (1996-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Filmdan epizodlar olib, roliklar tayyorlash 16. “Imom al-Buxoriy” hujjatli film (1998-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 17. “Behzod” hujjatli film (1999-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 18. “Fiqh olamining sultoni (Margʻinoniy)” hujjatli film (2000-yil, oʻzbek tilida) Arab, turk, rus, urdu tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 19. “Xoʻja Ahmad Yassaviy” hujjatli film (2004-yil, oʻzbek tilida) Arab, ingliz, turk, rus, urdu tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 20. “Mirzo Ulugʻbek” hujjatli film (2007-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash 21. “Imom al-Buxoriy” hujjatli film (2007-yil, oʻzbek tilida) Ingliz, turk, indonez, arab, urdu, bengal, rus, fors, fransuz, malay tillari Toʻliq film tarjimasi va epizodlar olib, roliklar tayyorlash Yangi tasvirga olinadigan filmlar mavzulari 22. “Imom Dorimiy” hujjatli film (oʻzbek tilida) Ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 23. Kamoliddin Behzod miniaturalari asosida multfilmlar seriyasi (oʻzbek tilida) Ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 24. Ahmad al-Fargʻoniy hayoti va ijodi toʻgʻrisida badiiy film (oʻzbek tilida) Ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 25. “Imom Moturidiy” hujjatli film (oʻzbek tilida) Turk, arab, ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 26. “Pahlavon Mahmud” badiiy film (oʻzbek tilida) Fors, ingliz, urdu, hind, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 27. “Muhammad al-Xorazmiy” hujjatli film (oʻzbek tilida) Ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 28. “Amir Temur va Ahmad Yassaviy maqbarasi” hujjatli film (oʻzbek tilida) Turk, fors, ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 29. “Buxoro yahudiylari tarixi” mavzusidagi hujjatli film (oʻzbek tilida) Ingliz, ivrit, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 30. “Buxoro yahudiylaridan chiqqan taniqli shaxslar” hujjatli film (oʻzbek tilida) Ingliz, ivrit, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 31. Buddizm sayohati — Termiz hududidagi buddizm saltanati (oʻzbek tilida) Ingliz, hind, yapon, xitoy, koreys, vyetnam, tay, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 32. Zardusht va qadimgi Xorazm mavzusidagi hujjatli film (oʻzbek tilida) Fors, hind, ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 33. Oʻzbekiston madrasalari mavzusida maʼrifiy serial (oʻzbek tilida) Turk, arab, indonez, fors, ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 34. “Sulton Uvays Qoroniy” hujjatli film (oʻzbek tilida) Ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 35. “Nasriddin Afandi” miniseriyalari (oʻzbek tilida) Turk, ingliz, indonez Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 36. “Oltin Silsila” Naqshbandiya pirlari haqida hujjatli film (oʻzbek tilida) Turk, ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 37. “Xoʻjanazar Huvaydo” hujjatli film (oʻzbek tilida) Turk, ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi 38. “Samarqand toliblari” — Abdulloh Rudakiy, Umar Hayyom, Ali Qushchi kabi allomalarning Samarqanddagi hayoti va ijodi haqida hujjatli film (oʻzbek tilida) Tojik, turk, fors, ingliz, rus Ssenariy “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan shakllantiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan aviatashuvchilarga mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar uchun chipta narxining bir qismini, shuningdek, turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning avia va temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
aviatashuvchi — Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyasi;
transport chiptasi — Oʻzbekiston Respublikasining bir hududidan ikkinchi hududiga avia va (yoki) temir yoʻl transporti orqali sayohatni amalga oshirish uchun xarid qilingan yoʻl hujjati;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, oʻtov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa obyektlar, shuningdek, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti;
mehmonxona xizmatlari — joylashtirish vositalarida vaqtinchalik yashash joyi berish boʻyicha xizmatlar;
mahalliy turist — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
maxsus komissiya — subsidiyalanadigan aviaqatnovlar chiptalari va aviaqatnov yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarni belgilash boʻyicha tuzilgan komissiya;
Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiya — turoperator va turagentlar hamda mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha tuzilgan komissiya;
maxsus tarif — avia chiptalar narxining hamda subsidiyalanadigan mehmonxona xizmatlari narxining qatʼiy miqdorda belgilanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi);
subsidiyalanadigan aviaqatnov — maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan mahalliy yoʻnalishlar, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan aviaqatnov;
sayohat tashkilotchisi — turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi asosida mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab sayohat (tur) tashkil qilgan turoperator yoki sayohat (tur)ni sotuvchi turagent;
subsidiya — aviatashuvchilarga mahalliy yoʻnalishlardagi, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini, shuningdek, turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari narxlarining bir qismini qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻ.
3. Subsidiya 2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyungacha sayohat tashkilotchilariga — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narxining 15 foizi hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10 foizi miqdorida ajratiladi.
31. Aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarda avia chipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiya 2027-yil 1-yanvargacha ajratiladi.
4. Sayohat tashkilotchilarining mehmonxona xarajatlari uchun subsidiya sayohat amalga oshirilgan hududlardagi joylashtirish vositalarida kamida bir kecha tunab qolish sharti bilan taqdim etiladi.
2-bob. Mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratish tartibi
5. Subsidiyalanadigan aviaqatnovlar yoʻnalishlari Maxsus komissiya qarori bilan tasdiqlanadi. Maxsus komissiya qarorida subsidiyalanadigan aviaqatnov amalga oshiriladigan yoʻnalish (marshrut) va amal qilish muddati, uni uzaytirish shartlari hamda maxsus tarif belgilanadi.
Subsidiya har oyda toʻlab boriladi.
6. Aviatashuvchilarga subsidiya respublikaning bir viloyati/shahridan ikkinchi viloyati/shahriga amalga oshirilgan aviaqatnovlar uchun havo kemasining tejamkor (“econom”) xizmat koʻrsatish toifasi chipta narxining 25 foizi miqdorida ajratiladi.
Bunda, maxsus komissiya tejamkor (“econom”) xizmat koʻrsatish toifasi chipta narxini bir xil narxda belgilashi mumkin.
7. Aviatashuvchi maxsus tarifni mustaqil pasaytirish huquqiga ega. Maxsus komissiya tomonidan zarur hollarda maxsus tarif qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
8. Subsidiyalanadigan aviaqatnov Maxsus komissiya qaroriga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
9. Aviatashuvchi amalga oshirilgan subsidiyalanadigan aviaqatnovlar uchun har oy yakuni boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda Transport vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
10. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
amalga oshirilgan subsidiyalanadigan aviaqatnovlar soni, havo kemalari turi va ulardagi oʻrindiqlar soni, haqiqatda sotilgan chipta soni va narxi boʻyicha jamlama reyestr.
11. Subsidiya ajratish uchun taqdim etilgan hujjatlar, maʼlumotlar va hisob-kitoblar aviatashuvchi tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.
12. Subsidiyalanadigan aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
13. Ariza va arizaga ilova qilinadigan barcha hujjatlarning asosliligi Transport vazirligi tomonidan oʻrganib chiqiladi.
14. Transport vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
15. Transport vazirligi arizani oʻrganib chiqqandan soʻng, bir ish kuni mobaynida subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qarorning nusxasi qabul qilingan kunda aviatashuvchiga yuboriladi.
16. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan qaror aviatashuvchiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Aviatashuvchi qarorni olgan kundan boshlab koʻpi bilan ikki hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Transport vazirligiga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
17. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki toʻliq hajmda taqdim qilinmaganligi;
b) taqdim qilingan hujjatlarning notoʻgʻriligi;
v) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan mablagʻlar ajratish muddatining tugashi.
Subsidiya olishni ushbu bandda koʻrsatib oʻtilmagan asoslar boʻyicha rad etish mumkin emas.
18. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Transport vazirligi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
Bunda yangi asoslar boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish mumkin emas.
19. Ushbu Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
20. Transport vazirligi aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga aviatashuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilayotgan mablagʻlar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
21. Moliya vazirligi Transport vazirligi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻlarni aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Transport vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bunda aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligi tomonidan Transport vazirligiga belgilangan tartibda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
22. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng Transport vazirligi uch ish kunida aviatashuvchining ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
3-bob. Aviatashuvchilarga ajratiladigan subsidiya miqdorini aniqlash tartibi
23. Subsidiya miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Sm = (CHS* x MT) / 100 x 25
Bunda,
Sm — subsidiya miqdori;
CHS — tejamkor (“econom”) xizmat koʻrsatish toifasida sotilgan chipta soni;
* — sotilgan chipta soni havo kemasining tejamkor (“econom”) xizmat koʻrsatish toifasi boʻyicha 50 foizdan kam yuklanishini tashkil etgan boʻlsa, 50 foiz yuklanishdagi chipta soni;
MT — maxsus tarif.
24. Maxsus tarifni aniqlashdagi havo kemasining yuklanish darajasi aviatashuvchi tomonidan Maxsus komissiya bilan kelishilgan holda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratish talabi yuzaga kelishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Maxsus tarifga qonunchilikda koʻzda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilgan taqdirda, subsidiya miqdori maxsus tarifdan kelib chiqib aniqlanadi.
26. Aviatashuvchi avia chipta narxini subsidiya miqdorini ayirgan holda avia chiptalarni realizatsiya qilishi shart.
27. Aviatashuvchi har bir avia chiptani barcha tejamkor (“econom”) xizmat koʻrsatish toifalarida mavjud oʻrinlar uchun Maxsus komissiya tomonidan belgilangan narxda realizatsiya qilishi shart.
Aviatashuvchi tomonidan sayohat tashkilotchilariga avia chipta miqdori (soni) ni cheklagan miqdorda realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Aviatashuvchi tejamkor (“econom”) xizmat koʻrsatish toifasi sonini shaffof koʻrsatishi shart.
4-bob. Sayohat tashkilotchisiga transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari uchun subsidiya ajratish tartibi
29. Subsidiya sayohat tashkilotchisining mahalliy turistlarga Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning quyidagi xarajatlari uchun ajratiladi:
a) transport chiptalari xarajatlarining 15 foizi;
b) mehmonxona xizmatlari xarajatlarining 10 foizi.
30. Sayohat tashkilotchisi tomonidan sayohat transport chiptalarini xarid qilmasdan tashkil etilgan boʻlsa, sayohat tashkilotchisi ushbu Nizomning 29-bandi “b” kichik bandida belgilangan mehmonxona xizmatlari xarajatlari uchun ariza topshirish va subsidiya olish huquqiga ega.
Bunda, subsidiya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar asosida ajratiladi.
31. Subsidiya sayohat tashkilotchisiga maxsus tarifda belgilangan avia chiptalar va mehmonxona xizmatlari narxidan yuqori boʻlgan xarajatlar uchun ajratilmaydi.
32. Ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan muddatlardan oldin va keyin amalga oshirilgan sayohatlarga subsidiya olish uchun berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
5-bob. Sayohat tashkilotchilarining subsidiya olish uchun arizalarni topshirish tartibi
33. Sayohat tashkilotchisi subsidiya olish maqsadida Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) ga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) avia va temir yoʻl chiptalari uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar sayohat subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl yoʻnalishlari orqali amalga oshirilgan boʻlsa);
v) sayohat tashkilotchilari tomonidan joylashtirish vositalarida mahalliy turistlarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (elektron hisobvaraq-faktura, kassa yoki terminal apparat cheklari, bank toʻlov hujjatlari) nusxalari;
g) turistik vaucherlarning nusxalari.
34. Sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
35. Qoʻmita ariza olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi.
36. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqqandan soʻng, bir ish kuni mobaynida subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qarorning nusxasi qabul qilingan kunda sayohat tashkilotchisiga yuboriladi.
37. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan qaror sayohat tashkilotchisiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Sayohat tashkilotchisi qarorni olgan kundan boshlab koʻpi bilan ikki hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
38. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 33-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki toʻliq hajmda taqdim qilinmaganligi;
b) taqdim qilingan hujjatlarning notoʻgʻriligi;
v) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan mablagʻlar ajratish muddatining tugashi.
Subsidiya olishni ushbu bandda koʻrsatib oʻtilmagan asoslar boʻyicha rad etish mumkin emas.
39. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qoʻmita tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
Bunda yangi asoslar boʻyicha subsidiya ajratishni rad etish mumkin emas.
40. Ushbu Nizomning 37-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
41. Qoʻmita sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga sayohat tashkilotchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilayotgan mablagʻlar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
42. Moliya vazirligi Qoʻmita tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻlarni sayohat tashkilotchilariga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bunda sayohat tashkilotchilariga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligi tomonidan Qoʻmitaga belgilangan tartibda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
43. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng Qoʻmita uch ish kunida sayohat tashkilotchilarining ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligiga ariza beruvchilar masʼul hisoblanadi.
45. Transport vazirligi aviatashuvchilar uchun, Qoʻmita sayohat tashkilotchilari uchun subsidiya ajratish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarning yetkazilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi.
46. Subsidiya mablagʻlari aviatashuvchilar va sayohat tashkilotchilariga oʻtkazilishi ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Aviatashuvchilarga mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Subyektlar Tadbirlar Muddat Aviatashuvchi Transport vazirligiga subsidiya ajratish uchun murojaat qiladi Har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasigacha Transport vazirligi Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga mosligini koʻrib chiqadi va subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. besh ish kunida Transport vazirligi Aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga aviatashuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilayotgan mablagʻlar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi. bir ish kunida Transport vazirligi Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan qaror aviatashuvchiga yuboradi. bir ish kunida Aviatashuvchi Qarorni olgan kundan boshlab koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Transport vazirligiga takroran ariza bilan murojaat qiladi ikki hafta muddatda Moliya vazirligi Transport vazirligi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻlarni aviatashuvchiga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Transport vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi. uch ish kunida Transport vazirligi Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng Transport vazirligi aviatashuvchining ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi. uch ish kunida
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga Subsidiya ajratish toʻgʻrisida ARIZA __________________________________________________________________________________________, (yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga binoan soʻrovchining toʻliq nomi) ___________________________________________________________________________________________ (manzil, telefon, faks, elektron pochta) _________________________________________________________manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan, (roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)_______________________________________________________________________________shaxs nomidan,(soʻrovchi rahbarining lavozimi, F.I.O.) transport chiptalari xarajatlarini qoplash uchun;mehmonxona xizmatlari xarajatlarini qoplash uchun;(zarurat boʻlganda tanlash lozim)___________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________ manzilda joylashgan(viloyat, tuman (shahar), koʻcha, bino)Xarajatlarni qoplashda jami: ________________ soʻm miqdorida subsidiya ajratishingizni soʻrayman. Korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________ ______________________________________ STIR raqami: _________________________________________ Elektron pochta manzili: _______________________________________________________________________ Hisobraqam: ________________________________________________________________________________Ilova: ______ varaqda____________________________________ (F.I.O.)_____________ (shaxsiy imzo)20____ yil _________________
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
Sayohat tashkilotchilariga transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
SubyektlarTadbirlarMuddat Sayohat tashkilotchisiQoʻmitaga subsidiya ajratish uchun murojaat qiladiHar oy yakuni bilan keyingi oyning 15 sanasigacha QoʻmitaAriza va unga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga mosligini koʻrib chiqadi va subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.oʻn ish kunida QoʻmitaSayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga aviatashuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilayotgan mablagʻlar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.bir ish kunida QoʻmitaSubsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan qaror aviatashuvchiga yuboradi.bir ish kunida Sayohat tashkilotchisiQarorni olgan kundan boshlab koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qiladiikki hafta muddatda Moliya vazirligiQoʻmita tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻlarni sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.uch ish kunida QoʻmitaMablagʻlar kelib tushganidan soʻng Qoʻmita sayohat tashkilotchisining ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.uch ish kunida
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 6-ILOVA
“Turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha komissiya
TARKIBI
1.A. Aqqulov—Turizm qoʻmitasi raisi2.J. Abruyev —Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari4.J. Choriyev—transport vaziri oʻrinbosari5.A. Xaydarov—iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari6.lavozimiga koʻra—Turizm qoʻmitasi boshqarmasi boshligʻi — komissiya kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 6a-ILOVA
Aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yoʻnalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI
1.I. Maxkamov—transport vaziri, komissiya raisi2.J. Abruyev —Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari3.X. Mustafayev—iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari4.T. Nazarov—Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori 5.A. Aqqulov—Turizm qoʻmitasi raisi6.A. Ximmatov—Transport vazirligining Moliya-iqtisod va tarif boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 7-ILOVA
Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi
TARKIBI
1. A. Abduhakimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi 2. S. Toshboyev — Din ishlari qoʻmitasi raisi 3. U. Alimov — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy 4. Sh. Minovarov — Islom sivilizatsiyasi markazi direktori 5. J. Nosirov — Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari 6. F. Abduxalikov — “Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori 7. Z. Eshonqulov — Samarqand viloyati bosh imom-xatibi 8. B. Qodirov — Din ishlari qoʻmitasi Konfessiyalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi 9. M. Qalandarov — Sharqshunos tadqiqotchi, Eron, Fors madaniyati, Tasavvuf adabiyoti boʻyicha mutaxassis 10. B. Rustamov — Din ishlari qoʻmitasi Ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi 11. J. Salamov — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Muslim Tour” sayyohlik firmasi rahbari 12. B. Sadibekova — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, i.f.n., “Respublikamiz hududlaridagi buddizm obidalari turmarshrutlarining 3D modellarini yaratish” innovatsion loyihasi rahbari 13. I. Abdullayev — Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi 14. G. Razzoqov — Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohi majmuasi bosh imomi 15. A. Inoyatov — Chor-Bakr majmuasi bosh imomi 16. Sh. Ziyodov — Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori 17. K. Hayitov — “Bahouddin Naqshband” YOMM raisi 18. S. Xolxoʻjayev — “Ipak yoʻli ofisi” UK boʻlim boshligʻi, Kengash masʼul kotibi
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga quyidagi tahrirdagi “p” kichik band qoʻshilsin:
“p) yuridik shaxs shtatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan taʼlim muassasalarining oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan yoki ushbu taʼlim muassasalarida malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning boʻlishi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha “ziyorat” turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun).”;
2. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida koʻrsatish mumkin.
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 3-marta (har 1,5 yilda) inspeksiya nazoratini oʻtkazgan holda besh yildan iborat boʻladi.
Turoperator xizmatlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) xizmatlari va turistlarga transport xizmatini koʻrsatish xizmatlari uchun ixtiyoriylik asosida berilgan sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini oʻtkazgan holda besh yildan iborat boʻladi.
Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.”;
b) 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Rejadagi inspeksiya nazorati bitimga asosan sertifikatning amal qilishi davrida uch marta oʻtkaziladi.
Sertifikatlashtirishdan keyin:
birinchi rejadagi inspeksiya nazorati sertifikat berilgandan keyin kamida olti oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi;
keyingi rejadagi inspeksiya nazoratlari avvalgi inspeksiya nazorati oʻtkazilgandan keyin kamida oʻn sakkiz oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi.”;
v) 64-band quyidagi mazmundagi “i” kichik band bilan toʻldirilsin:
“i) inspeksiya nazorati davrida, shu jumladan yashirin baholashning natijalari asosida Markaz tomonidan berilgan koʻrsatma va tavsiyalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarning 30 foizidan ortigʻi bajarilmanganligi holatlari aniqlanganda.”;
g) 5a-ilovadagi “uch” soʻzi “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “turar-joy binosiga” degan soʻzlar “binoga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
