21-modda. Nashrga oid maʼlumotlar
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (541-I-son) · Sana: 26.12.1997 · Kuchini yo'qotgan
Davriy nashrning har bir sonida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
1) nashrning nomi;
2) tahririyatning manzili;
3) muassis (muassislar)ning nomi;
4) muharrirning (bosh muharrirning) familiyasi, ismi-sharifi;
5) davriy nashrning roʻyxatga olingan tartib raqami hamda bosilib chiqqan sanasi, gazetalarning esa, shuningdek, chop etishga ruxsat berilib, imzo qoʻyilgan vaqti;
6) aloqa korxonalari orqali tarqatiladigan davriy nashrlar uchun indeks raqami;
7) tiraji;
8) bosmaxonaning nomi va manzili.
Televideniye, radioeshittirish tahririyati har safar efirga chiqqanda, uzluksiz eshittirish chogʻida esa, bir kecha-kunduzda kamida toʻrt marta televideniye, radioeshittirish tahririyati nomini eʼlon qilishi shart.
