2021-2025-yillarda sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (103-son)
26.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2021 — 2025-yillarda markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari Dasturda nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarning bosh rejasi asosida Dasturda yangidan qurilishi belgilangan obyektlar uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, zaruratga koʻra, Dasturda nazarda tutilgan parametrlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy sud, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari koʻrsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2021 — 2025-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturda nazarda tutilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi boʻyicha belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-fevral,
103-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi 103-son qarorigaILOVA
2021 — 2025-yillarda markazlashtiriladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish
DASTURI
* Obyektlarning umumiy qiymatiga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda tender (tanlov) savdolari natijalariga asosan aniqlik kiritiladi.
** Yangidan qurilishi belgilangan obyektlarning tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishi mahalliy budjet mablagʻlaridan amalga oshiriladi.
Sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarida zamonaviy yoritish vositalari, isitish va sovutish tizimi hamda zarur texnik vositalar va jihozlar nazarda tutilgan.
