Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi · Sana: 22.02.2021 · Amalda
Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan foydalanishga toʻgʻri kelmaydigan dafn qilish joylari, chorva mollari koʻmiladigan joylarni, maishiy chiqindilar tashlanadigan axlatxonalarni va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun ajratiladi.
Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar uchun sanitariya-himoya zonalari oʻrnatiladi.
Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda belgilanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5307951
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 70-modda. Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-5307955/70 (lex.uz/docs/-5307951)