Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-677-son) · Sana: 25.02.2021 · Amalda
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini oʻz ichiga olgan hujjat auditorlik xulosasidir.
Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga auditorlik tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan boʻlsa, oʻsha moliyaviy hisobot ilova qilingan boʻlishi kerak.
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5307886
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 39-modda. Auditorlik xulosasi Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-677-son). neolex.uz/uz/laws/law-5307899/39 (lex.uz/docs/-5307886)