Viloyat hokimining 2020-yil 15-avgustdagi Q-401-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Q-559-son)
08.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qaroriga asosan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2020-yil 24-avgustdagi 24/6-3712-son xatini inobatga olib, viloyat hududidagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari atrofida harakat xavfsizligini taʼminlash, bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida, qaror qilaman:
1. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2020-yil 24-avgustdagi 24/6-3712-son xati inobatga olinsin.
2. Viloyat hokimining 2020-yil 15-avgustdagi Q-401-son qarori ilovasi quyidagi mazmundagi 51.1-band bilan toʻldirilsin:
“ 51.1 Gʻur-gʻur M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻli 1590 — 1599 70 55-son maktab ”.
3. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Suvankulov zimmasiga yuklansin.
Hokim T. BOBOLOV
Termiz sh.,
2020-yil 8-oktabr,
Q-559-son
