Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1462-son)
28.03.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-martda 1462-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi R-2146-sonli Farmoyishining 8-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizomning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 3-yanvardagi 4,18 va 18-son qarori bilan tasdiqlangan (2002-yil 4-yanvar, roʻyxat raqami 1094) “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 24-apreldagi 10, 293 va 22-son qarori bilan tasdiqlangan (2002-yil 14-may, roʻyxat raqami 1094-1) nizomga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori v.v.b. X. MASUDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
05/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
01-77-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
01/1185-son
