Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavkasini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1460-son)
22.03.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 22-martda 1460-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil., 52-son, 523-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 20-fevralda 5 va 98-15-son bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjalik korxonalariga qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan yonilgʻi-moylash materiallari va mineral oʻgʻitlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavkasini qoʻllash tartibiga (1998-yil 1-iyun, roʻyxat raqami 441) muvofiq, qaror qilamiz:
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavkasini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
27-son
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
50-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
2005-24-son
