Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (93-son)
31.03.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Urugʻlik chigitni ishlab chiqarish, uning sifati, saqlanishi hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlardan oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Paxta tozalash korxonalari boshqaruv organlarining paxta tozalash korxonalari urugʻchilik laboratoriyalarini xonalar, asbob-uskunalar va xodimlar soni bilan birga “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi balansiga tekin berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
6. “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi:
bir oy muddatda “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin;
2005-yil 1-sentabrgacha urugʻchilik laboratoriyalarini paxta chigitining sifat parametrlarini amaldagi davlat standartlariga muvofiq aniqlash imkonini beradigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni taʼminlasin;
ikki oy muddatda Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini malakali va tajribali kadrlar bilan taʼminlasin, ularni paxta chigitini miqdori va sifati jihatidan hisobga olishning zamonaviy metodlariga oʻqitsin.
9. “Oʻzstandart” agentligi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” va “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmalari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
paxta chigiti uchun barcha normativ hujjatlarni va amaldagi standartlarni xatlovdan oʻtkazsin hamda zarurat boʻlganda ularga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
texnik chigitni sertifikatlash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
10. “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi budjetga daromad (foyda) soligʻi va mulk soligʻi toʻlashdan bir yil muddatga ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar paxta chigitini sertifikatlash va nazorat qilish tizimini rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-mart,
93-son
