“Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-228-IV-son)
05.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 29-yanvar kuni qabul qilingan “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 5-fevral,
SQ-228-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 5-fevraldagi SQ-228-IV-sonli Qarori bilan TASDIQLANGAN
“Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi Yuridik taʼminlash boshqarmasi 2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi Yuridik taʼminlash boshqarmasi II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish 3. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlardan kelib chiqib Kodeksni qoraqalpoq va ingliz tillariga tarjima qilish. 3.1. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini qoraqalpoq va ingliz tillariga tarjima qilish. 3.2. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida chop etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Yuridik taʼminlash boshqarmasi 4. Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha saylov komissiyalari aʼzolari uchun oʻquv seminarlarini tashkil qilish va oʻtkazish. 4.1. Oʻquv seminarlarini tashkil qilish reja-grafigini ishlab chiqish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik taʼminlash boshqarmasi 4.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 5. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 5.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Markaziy saylov komissiyasi, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi Yuridik taʼminlash boshqarmasi 5.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida 6. OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. 6.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Markaziy saylov komissiyasi, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi Yuridik taʼminlash boshqarmasi 6.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida
