58610-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha sud hukmini chiqarish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-675-son) · Sana: 18.02.2021 · Amalda
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi.
Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 5867-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi.
Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-fevral,
OʻRQ-675-son
