4054-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-675-son) · Sana: 18.02.2021 · Amalda
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi:
1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
2) sudyaning lavozimi va familiyasi;
3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi;
4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi;
5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar;
6) dastlabki eshituv ishtirokchilari;
7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt.
