40510-modda. Jinoyat ishini tugatish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-675-son) · Sana: 18.02.2021 · Amalda
Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda sud jinoyat ishini tugatadi.
Sud ajrimida:
jinoyat ishini tugatish asoslari koʻrsatiladi;
ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi;
ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ishni tugatishga haqlidir.
Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsga va jabrlanuvchiga topshiriladi.
