1215-modda. Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsni qayta soʻroq qilish uchun asoslar
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-675-son) · Sana: 18.02.2021 · Amalda
Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan guvohlarni, jabrlanuvchilarni (fuqaroviy daʼvogarlarni) qayta soʻroq qilishga keyinchalik sudga qadar ish yuritish bosqichida yoki sud muhokamasi davomida koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi savollar tugʻilganda yoʻl qoʻyiladi”;
14) 225-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi taʼminlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
15) 226-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) eʼtiboran koʻpi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi”;
16) 243-moddaning:
yettinchi qismidagi “agar ishda qatnashayotgan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi, himoyachi bundan mustasno”;
17) 247-moddaning beshinchi qismidagi “agar ishda qatnashayotgan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
18) 345-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat kodeksining 97 — 1031, 108, 116, 137, 141 — 149, 175-moddalarida, 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 180 — 1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 1841-moddasida, 186-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 1921 — 19211, 1971, 205 — 215, 218 — 222, 2294, 230 — 2302, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 233 — 236, 2411 — 242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi”;
