2021-2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4995-son)
17.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish, yangi bogʻ va uzumzorlarni tashkil etish, pillachilik va chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini va veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish, shuningdek, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, tibbiy va aloqa xizmatlari sifatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur):
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida mevali bogʻ, uzumzor va tutzorlar maydonlarini kengaytirish, chorva mollari bosh sonini koʻpaytirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida ijtimoiy, energetika va telekommunikatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha manzilli dastur 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2024-yil 1-yanvarga qadar:
yangi tashkil qilinadigan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan klaster tashkilotlari yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, foyda soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy miqdordagi daromad soligʻining;
jismoniy shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻining 50 foizini toʻlashdan ozod qilinsin.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan markazlashtirilgan manbalar hisobiga joriy yilda moliyalashtiriladigan loyihalarni:
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini 2021-yil uchun moʻljallangan parametrlari doirasida koʻzda tutsin;
kelgusi yillar uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin.
5. Qurilish vazirligi:
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi, Uzun tumani hokimligi bilan birgalikda Bobotogʻ hududining shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan uchastkalarida mazkur hududni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish boʻyicha yangi quriladigan obyektlarni joylashtirishni taʼminlasin;
buyurtmachi va loyihachi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifati boʻyicha nazorat oʻrnatsin.
6. Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari bir oy muddatda salohiyatli tadbirkorlarga Bobotogʻ hududida qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini biriktirib bersin hamda sabzavot-polizchilik, mevali bogʻ va uzumchilik, chorvachilik yoʻnalishidagi klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Uzun tuman tibbiyot birlashmasining mavjud shtat birliklari doirasida Bobotogʻ hududiy boʻlimida tunu-kun xizmat koʻrsatuvchi navbatchi hamshiralik guruhini tashkil etish choralarini koʻrsin.
8. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2021-yil 1-aprelga qadar Bobotogʻ hududida konteyner tipidagi zooveterinariya shoxobchasini tashkil etsin va unga “Damas” rusumli xizmat avtomobili ajratilishini taʼminlasin.
9. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Xamzayev) 2021-2022-yillarda Surxondaryo viloyati Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligining togʻ va togʻoldi hududlarida 1400 gektar maydonda pista plantatsiyalarini barpo etishga masʼul etib belgilansin.
10. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida noruda foydali qazilmalar istiqbolli maydonlari roʻyxatini shakllantirsin va geologik jihatdan oʻrganish uchun belgilangan tartibda tashabbuskorlarga taklif etsin.
11. Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kelgusi uch oʻquv yili davomida Uzun tumani Bobotogʻ hududidagi yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish, yuqori malakali pedagog va tibbiyot xodimlarini tayyorlash, taʼlim va tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida davlat grantlari boʻyicha kvotalarni oshirish limitlari doirasida Surxondaryo viloyatidagi pedagogika va tibbiyot yoʻnalishlaridagi oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha maxsus kvotalar ajratilishini taʼminlasin.
Bunda, maxsus kvota boʻyicha oʻqishga qabul qilingan yoshlar oliy maʼlumotga ega boʻlganidan soʻng, oʻz hududida kamida 5 yil davomida mehnat qilishi nazarda tutilsin.
12. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Denov tumanidagi “Nurli kelajak”, “Jiydabuloq”, “Bobotogʻ”, “Paxlavon” va “Doʻgʻob” mahallalarini Uzun tumaniga oʻtkazish hamda Uzun va Denov tumanlari chegarasini oʻzgartirish masalalari yuzasidan iltimosnomalarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimining Bobotogʻ hududini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholining ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini taʼminlash;
hududning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar bilan jihozlash tadbirlarini amalga oshirish;
ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini taʼmirlash, jihozlarini yangilash, hududlarini obodonlashtirish, sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish.
14. Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Moliya vazirligi Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin.
Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi bir oy muddatda Uzun tumani hokimining Bobotogʻ hududini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalarini tasdiqlasin.
15. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “Qishloqqurilishinvest” IK, Surxondaryo viloyati hokimligi 2021-yil oxiriga qadar Bobotogʻ hududida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari uchun namunaviy (koʻp qavatli 30 xonadonli turar joy binolari) loyihalar asosida xizmat uylari qurilishini taʼminlasin.
16. Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari:
manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha tadbirlar ijrosini hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
har chorak yakuni boʻyicha qarorda nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini xalq deputatlari viloyat va tuman kengashlari yigʻilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
17. Vazirlar Mahkamasi (A.J. Ramatov):
tegishli davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari tomonidan mazkur qarorda nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlar va chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda oʻrgansin hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrsin;
zaruratga koʻra, belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, loyihalarning qiymati va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
18. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga mazkur qarorda nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlar va chora-tadbirlarning oʻz vaqtida hamda toʻliq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-fevral,
PQ-4995-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari
(gektar) T/r Yillar Foydalanishga kiritiladigan jami yer maydoni Shundan: suvli yerlarda shundan: yaylov yerlarda shundan: ekinlarni joylashtirish koʻp yillik daraxtzorlar barpo qilish pistazor tashkil etish chorvachilik fermer xoʻjaliklariga biriktirish sabzavot poliz dukkakli don ekinlari bogʻ uzumzor tutzor 1. 2021-yil 1150 400 60 60 60 100 60 60 750 500 250 2. 2022-yil 982 232 40 30 40 52 40 30 750 500 250 3. 2023-yil 750 200 30 30 30 40 30 40 550 400 150 Jami 2882 832 130 120 130 192 130 130 2050 1400 650
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga 2-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Foydalanishga kiritiladigan va suv taʼminoti yaxshilanadigan yerlar Ijro muddati Moliyalashtirish Masʼul ijrochilar Miqdori,* mln soʻm manbai 1. “MR-1” kanalining 19,2 km uzunlikdagi qismini va gidrotexnik inshootlarini taʼmirlash. 462 gektar yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanadi 2021-2022-yillar 200 Mahalliy budjet Surxondaryo viloyati hokimligi, Uzun tuman hokimligi, Amu-Surxon ITHB, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi “MR-1” kanalining PK17+50 qismida joylashgan “Shoʻrob” seltraktini rekonstruksiya qilish. 2022-yil 2000 Respublika budjeti 2. “MR-2” kanalining 7,5 km uzunlikdagi qismini inshootlari bilan birgalikda rekonstruksiya qilish. 166 gektar suvli yer qayta foydalanishga kiritiladi va 276 gektarning suv taʼminoti yaxshilanadi 2022-yil 2000 Respublika budjeti Suv xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 3. “MK” kanalining 11,5 km uzunlikdagi qismini inshootlari bilan birgalikda rekonstruksiya qilish. 142 gektar suvli yer qayta foydalanishga kiritiladi va 33 gektarning suv taʼminoti yaxshilanadi 2022-2023-yillar 6000 Respublika budjeti Suv xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 4. “Oqmachit” nasos stansiyasini modernizatsiya qilish. 1200 gektar yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanadi 2021-2022-yillar 29253,2 Rossiya tashqi iqtisodiy banki mablagʻlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi 5. “Madaniy turmush” nasos stansiyasini modernizatsiya qilish. 600 gektar yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanadi 2021-2022-yillar 28188,1 Rossiya tashqi iqtisodiy banki mablagʻlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi 6. “Malik-1” nasos stansiyasini modernizatsiya qilish. 100 gektar yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanadi 2021-2022-yillar 11114,2 Rossiya tashqi iqtisodiy banki mablagʻlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi 7. “Malik-2” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish. 100 gektar yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanadi 2022-2023-yillar 1950 Respublika budjeti Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi 8. Bobotogʻ hududidagi “Yangiobod” mahallasidan Kofirnihon daryosiga 24 NDN rusumli 2 dona agregatli nasos stansiyasini oʻrnatish va diametri D-630 mm boʻlgan 2,5 km quvur tortish hamda “Guliston-1”, “Yangiobod” nasos stansiyalarini davlat tasarrufiga oʻtkazish. 300 gektar yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanadi 2021-2022-yillar 8000 Respublika budjeti Suv xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 9. Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegara mintaqasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish. 524 gektar yer maydoni qayta foydalanishga kiritiladi 2021-yil Surxondaryo viloyati hokimligi, DXX Chegara qoʻshinlari Jami: 88705,5 Shundan: Respublika budjetidan 19 950 Mahalliy budjetdan 200 Rossiya tashqi iqtisodiy banki mablagʻlaridan 68 555,5
* Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng, bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga 3-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskori nomi Loyiha maqsadi (yoʻnalishi) Loyiha qiymati, mln soʻm* Moliyalashtirish manbalari Ish oʻrni Ishga tushirish muddati Xizmat koʻrsatuvchi bank oʻz mablagʻi, mln soʻm bank krediti, mln soʻm Jami (75 ta loyiha) 66030 24515 41515 419 Sanoatni rivojlantirish loyihalari 4200 1595 2605 44 1. “Shohjahon Bahrom Fayz” oilaviy korxonasi Qum-shagʻal ishlab chiqarishni tashkil etish 1500 500 1000 5 2021-yil II chorak Xalq banki 2. “Odil-O” fermer xoʻjaligi Vino ishlab chiqarish korxonasini qayta tiklash 1000 500 500 6 2022-yil III chorak Mikrokreditbank 3. “Zaynura-Sherali” xususiy korxonasi Non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 300 100 200 5 2021-yil III chorak Mikrokreditbank 4. Yakka tartibdagi tadbirkor Hayitmatov Nabijon Mebel ishlab chiqarishni kengaytirish 550 150 400 10 2021-yil III chorak Mikrokreditbank 5. “Ulugʻberdiyev Botirbek Alisherovich” oilaviy korxonasi Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 150 100 50 2 2021-yil III chorak Kapitalbank 6. “Karimova Maxramoy Shaymardanovna” oilaviy korxonasi Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 100 50 50 3 2021-yil IV chorak Qishloqqurilishbank 7. Fuqaro Shamatova Mavluda Milliy shirinliklar ishlab chiqarishni tashkil etish 100 50 50 3 2021-yil IV chorak Mikrokreditbank 8. Fuqaro Boboqulova Mavjuda Milliy shirinliklar ishlab chiqarishni tashkil etish 100 45 55 3 2021-yil IV chorak Mikrokreditbank 9. “Pironov Maruf” oilaviy korxonasi Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 150 50 100 4 2021-yil IV chorak Oʻzsanoatqurilishbank 10. Fuqaro Karimov Fozil Milliy shirinliklar ishlab chiqarishni tashkil etish 250 50 200 3 2021-yil IV chorak Xalq banki Xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish loyihalari 26660 10000 16660 150 11. Yakka tartibdagi tadbirkor “Choʻponqulov Xudoyberdi” Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasini tashkil etish 200 150 50 4 2021-yil IV chorak Aloqa bank 12. “Ziyayev Alisher” oilaviy korxonasi Sport maydonchasini tashkil etish 500 350 150 4 2021-yil IV chorak Aloqa bank 13. “Salmon-Xon Servis” xususiy korxonasi Savdo markazini tashkil etish 9300 3300 6000 25 2021-yil IV chorak Oʻzsanoatqurilishbank 14. “Salmon-Xon Servis” xususiy korxonasi Aholiga suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchasini modernizatsiya qilish 700 100 600 4 2021-yil III chorak Oʻzsanoatqurilishbank 15. “Uzun Oq Machit AGRO” masʼuliyati cheklangan jamiyati Savdo markazi va sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni tashkil etish 1250 550 700 12 2021-yil III chorak Xalq banki 16. “Mirzayev Sayfullo” xususiy korxonasi Toʻyxona xizmati va savdo kompleksini tashkil etish 2500 500 2000 8 2021-yil IV chorak Xalq banki 17. “Xaft Avroich” masʼuliyati cheklangan jamiyat Savdo markazi va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish 1250 250 1000 6 2021-yil IV chorak Xalq banki 18. Fuqaro Xoʻjaqulov Dilmurod Maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish 500 300 200 5 2021-yil III chorak Agrobank 19. Fuqaro Kenjayev Xayrullo Sunʼiy qoplamali mini futbol maydonini tashkil etish 300 100 200 4 2021-yil III chorak Agrobank 20. Fuqaro Boirov Chori Umumiy ovqatlanish xizmatini va dorixona tashkil etish 1100 500 600 5 2021-yil IV chorak Agrobank 21. Fuqaro Saidov Boʻri Yoshlar guzarini tashkil etish 1000 500 500 10 2021-yil II chorak Mikrokreditbank 22. Fuqaro Isomiddinov Zarobiddin Maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish 400 150 250 4 2021-yil III chorak Mikrokreditbank 23. Fuqaro Ulugʻberdiyev Botir Sunʼiy qoplamali mini futbol maydonini tashkil etish 400 50 350 2 2021-yil III chorak Xalq banki 24. “Berdiyev Oʻtkir” oilaviy korxonasi Sartaroshxona, goʻzallik saloni, tikuvchilik sexini tashkil etish 400 200 200 4 2021-yil III chorak Agrobank 25. “Ramazonova Dilorom” oilaviy korxonasi Sartaroshxona, goʻzallik saloni, tikuvchilik sexini tashkil etish 1000 500 500 3 2021-yil III chorak Agrobank 26. “Gulomov Xolmat” oilaviy korxonasi Uy mehmonxona xizmatini tashkil etish 1500 800 700 8 2021-yil III chorak Agrobank 27. “Saitova Munisa” oilaviy korxonasi Savdo va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish 500 200 300 2 2021-yil III chorak Agrobank 28. “Turakulov Alisher” oilaviy korxonasi Savdo va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish 600 200 400 3 2021-yil III chorak Agrobank 29. “Qurbonov Ganisher” oilaviy korxonasi Sunʼiy qoplamali mini futbol maydonini tashkil etish 350 100 250 2 2021-yil III chorak Agrobank 30. “Ziyayev Baxtiyor” oilaviy korxonasi Savdo va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish 400 300 100 2 2021-yil III chorak Aloqa bank 31. “Shaymardanova Anorxol” oilaviy korxonasi Tikuvchilikni tashkil etish 300 100 200 6 2021-yil III chorak Aloqa bank 32. Fuqaro Qurbonov Alisher Sunʼiy qoplamali mini futbol maydonini tashkil etish 250 100 150 2 2021-yil III chorak Ipoteka bank 33. “Imonov Samandar” oilaviy korxonasi Tikuvchilikni tashkil etish 250 100 150 2 2021-yil III chorak Qishloqqurilishbank 34. “Saidova Zaynura” oilaviy korxonasi Tikuvchilikni tashkil etish 400 100 300 6 2021-yil III chorak Mikrokreditbank 35. “Voxidova Muxayyo” oilaviy korxonasi Goʻzallik salonini tashkil etish 400 100 300 4 2021-yilII chorak Mikrokreditbank 36. “Shaymardonov Xasan” oilaviy korxonasi Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish 550 250 300 4 2021-yil III chorak Mikrokreditbank 37. Fuqaro Boyniyozova Muazzam Tikuvchilikni tashkil etish 85 35 50 2 2021-yil III chorak Mikrokreditbank 38. Fuqaro Eshmurodova Oytosh Tikuvchilikni tashkil etish 105 45 60 3 2021-yil III chorak Mikrokreditbank 39. Fuqaro Toʻraxonova Dilfuza Tikuvchilikni tashkil etish 85 35 50 2 2021-yil III chorak Mikrokreditbank 40. Fuqaro Elbosheva Bibixol Tikuvchilikni tashkil etish 85 35 50 2 2021-yil III chorak Mikrokreditbank Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish loyihalari 35170 12920 22250 225 41. Fuqaro Boboyev Abdurasul Xasanovich Grek yongʻogʻi bogʻini tashkil etish 2500 1000 1500 30 2021-yil III chorak Qishloqqurilishbank 42. Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi Pistazor tashkil etish 4500 4500 50 2021 — 2023-yillar Agro bank 43. “Sardor Suxrobbek Baraka” masʼuliyati cheklangan jamiyat Asalarichilikni tashkil etish 1900 400 1500 7 2021-yil I chorak Xalq banki 44. “Gulgun tut yakka tut” fermer xoʻjaligi Chorvachilik kompleksini tashkil etish 3300 500 2800 10 2021-yil III chorak Xalq banki 45. “Gulgun tut yakka tut” fermer xoʻjaligi Anorzor tashkil etish 3600 600 3000 10 2021-yil IV chorak Xalq banki 46. “Gulgun tut yakka tut” fermer xoʻjaligi Xisori qoʻychilikni tashkil etish 1300 300 1000 5 2021-yil II chorak Xalq banki 47. “Surxon Imkon Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyat Anorzor tashkil etish 2300 500 1800 7 2021-yil IV chorak Xalq banki 48. “Uzun Golshteyn Chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyat Chorvachilik kompleksini tashkil etish 2500 500 2000 8 2021-yil III chorak Xalq banki 49. “Omad Abdulxafiz Fayz” xususiy korxonasi Chorvachilik kompleksini tashkil etish 1500 500 1000 10 2021-yil III chorak Hamkorbank 50. “Kenjayev Marka” oilaviy korxonasi Xisori qoʻychilik xoʻjaligini tashkil etish 700 200 500 3 2021-yil III chorak Agro bank 51. “Xurramov Xasan” oilaviy korxonasi Xisori qoʻychilik xoʻjaligini tashkil etish 750 250 500 2 2021-yil III chorak Agro bank 52. “Boyirov Baxriddin” oilaviy korxonasi Intensiv bogʻ tashkil etish 350 150 200 10 2021-yil III chorak Aloqa bank 53. “Muxammadiyev Raxmonqul” fermer xoʻjaligi Uzumchilikni tashkil etish 600 200 400 3 2021-yil III chorak Asaka bank 54. “Saidov Zayniddin” fermer xoʻjaligi Uzumchilikni tashkil etish 800 300 500 4 2021-yil III chorak Asaka bank 55. “Qurbonov Olloyor” oilaviy korxonasi Intensiv bogʻ tashkil etish 400 200 200 5 2021-yil III chorak Milliy bank 56. “Nurinov Abdusattor” oilaviy korxonasi Intensiv bogʻ tashkil etish 400 200 200 5 2021-yil III chorak Milliy bank 57. “Gʻulomov Fazliddin” oilaviy korxonasi Intensiv bogʻ tashkil etish 800 200 600 6 2021-yil III chorak Milliy bank 58. “Qurbonov Alisher” oilaviy korxonasi Intensiv bogʻ tashkil etish 300 100 200 2 2021-yil III chorak Milliy bank 59. “Xolmoʻminov Alisher” oilaviy korxonasi Intensiv bogʻ tashkil etish 400 100 300 2 2021-yil III chorak Milliy bank 60. “Manguberdi Djaloliddin” masʼuliyati cheklangan jamiyat Intensiv bogʻ tashkil etish 600 200 400 4 2021-yil III chorak Milliy bank 61. “Sholiyev Barot” oilaviy korxonasi Intensiv bogʻ tashkil etish 150 50 100 2 2021-yil III chorak Milliy bank 62. “Kenjayev Xayrulla” oilaviy korxonasi Intensiv bogʻ tashkil etish 270 70 200 2 2021-yilIII chorak Milliy bank 63. “Togʻayev Erkin Musayevich” oilaviy korxonasi Bogʻ barpo etish va non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 450 150 300 4 2021-yil III chorak Turon bank 64. “Gʻulomov Olimjon” oilaviy korxonasi Bogʻ barpo etish 650 150 500 5 2021-yil III chorak Turon bank 65. “Saidova Idimo” oilaviy korxonasi Limonchilikni tashkil etish 100 50 50 2 2021-yil III chorak Turon bank 66. “Boboyev Toshmamat” oilaviy korxonasi Limonchilikni tashkil etish 100 50 50 2 2021-yil III chorak Turon bank 67. “Rabiyev Rustam” oilaviy korxonasi Limonchilikni tashkil etish 100 50 50 2 2021-yil III chorak Turon bank 68. “Tagʻoyev Boʻri” oilaviy korxonasi Issiqxona va chorvachilikni tashkil etish 250 50 200 1 2021-yil III chorak Turon bank 69. “Xolov Mirza” oilaviy korxonasi Parrandachilikni tashkil etish 150 50 100 2 2021-yil III chorak Oʻzsanoatqurilishbank 70. Fuqaro Gʻulomov Saidbaxrom Chorvachilik kompleksini tashkil etish 1000 500 500 7 2021-yil III chorak Xalq bank 71. “Shomatova Nodira” oilaviy korxonasi Chorvachilikni tashkil etish 250 50 200 2 2021-yil III chorak Xalq bank 72. “Kenjayev Musulmon” oilaviy korxonasi Chorvachilik kompleksini tashkil etish 1500 500 1000 5 2021-yil III chorak Xalq bank 73. “Saidov Nurmuhammad” oilaviy korxonasi Chorvachilikni tashkil etish 150 50 100 2 2021-yil III chorak Xalq bank 74. Fuqaro Qurbonov Aliyor Chorvachilikni tashkil etish 150 50 100 2 2021-yil III chorak Xalq bank 75. Fuqaro Omonov Oʻrol Intensiv bogʻ tashkil etish 400 200 200 2 2021-yil III chorak Agrobank
* Loyiha hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng, loyiha qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga 4-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida mevali bogʻ, uzumzor va tutzorlar maydonlarini kengaytirish, chorva mollari bosh sonini koʻpaytirishning prognoz koʻrsatkichlari
T/r Yoʻnalishlar Oʻlchov birligi Loyiha amalga oshiriladigan hudud Yillar boʻyicha Masʼul ijrochilar 2021-yil 2022-yil 2023-yil Mevali bogʻlar maydonini kengaytirish 1. Yongʻoqzor gektar Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda 35 15 13 Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi 2. Bodomzor gektar 25 15 12 3. Mevali bogʻ gektar 40 22 15 4. Uzumzor gektar 60 40 30 5. Tutzor gektar 50 40 40 jami: gektar 210 132 110 Lalmi va yaylov maydonlarda pista va bodomzorlarni barpo etish 6. Pistazor gektar Oʻrmon fondi yerlarida 500 500 400 Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 7. Bodomzor gektar 35 70 130 jami: gektar 535 570 530 “Hisori” qoʻylarni koʻpaytirish 8. “Hisori” qoʻy bosh Chorvachilik subyektlariga ajratilgan yerlarda 1250 1250 750 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga 5-ILOVA
2021-2022-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida ijtimoiy, energetika va telekommunikatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha
MANZILLI DASTUR
T/r Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Oʻlchov birligi Quvvati Loyiha qiymati, mln soʻm Amalga oshirish muddati Moliyalashtirish manbasi Masʼul ijrochilar Sogʻliqni saqlash muassasalarini rivojlantirish 1. Bobotogʻ hududidagi 1989-yilda qurilgan 76-son qishloq oilaviy poliklinikasiga moslashtirilgan binoni yangidan qurish.* qatnov 100 2000 2022-yil Respublika budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Maktablarni rivojlantirish 2. Uzun tumani “Toltoʻgʻay” mahallasidagi 32-son maktabga qoʻshimcha 210 oʻrinli oʻquv binosini qurish. oʻrin 210 1827 2021-yil Respublika budjetidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi 3. Uzun tumani “Yangiobod” mahallasidagi 36-son maktabga: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi qoʻshimcha 330 oʻrinli oʻquv binosini qurish; oʻrin 330 4570 2021-yil Respublika budjetidan 12x24 oʻlchamdagi sport zal qurish. metr 12x24 4. Uzun tumani “Toltoʻgʻay” mahallasidagi 33-son maktabga: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi qoʻshimcha 210 oʻrinli oʻquv binosini qurish; oʻrin 210 3843 2021-yil Respublika budjetidan mavjud 360 oʻrinli binoni mukammal taʼmirlash. oʻrin 360 5. Uzun tumanidagi 46-son maktabga 12x24 oʻlchamdagi sport zal qurish. metr 12x24 1600 2021-yil Respublika budjetidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi 6. Uzun tumani “Yangiobod” mahallasidagi 35-son maktabni sport jihozlari bilan taʼminlash. 100 2021-yil Mahalliy budjetdan Surxondaryo viloyati hokimligi 7. Uzun tumani “Oqmachit” mahallasidagi 45-son maktabga: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi qoʻshimcha 210 oʻrinli oʻquv binosini qurish; oʻrin 210 4843 2021-yil Respublika budjetidan 360 oʻrinli mavjud binoni mukammal taʼmirlash. oʻrin 360 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish 8. “Yangi obod” mahallasidagi 50 oʻrinli 9-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining atrofini oʻrash, yozgi shiyponcha, oʻyin maydoni, oshxona va omborxona qurish. oʻrin 50 400 2021-yil Mahalliy budjetdan Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi 9. “Oqmachit” mahallasi aholisi uchun 150 oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish.* oʻrin 150 4000 2022-yil Respublika budjetidan Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi 10. “Toltoʻgʻay” mahallasi aholisi uchun 150 oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish.* oʻrin 150 4000 2022-yil Respublika budjetidan Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va chegara qoʻshinlari harbiylari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish 11. Bobotogʻ hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda holat va yongʻinlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida massiv hududida 2 ta yongʻin oʻchirish avtomobiliga moʻljallangan “Yongʻin qutqaruv qismi”ni qurish, 2 ta “Yongʻin oʻchirish avtomobili”ni xarid qilish hamda 3 smenada ish (6 tadan 18 ta qutqaruvchi, 1 ta boshliq va 1 katta texnik xodim) tashkil etish.* oʻrin 20 13000 2021-yil Respublika budjetidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 12. Bobotogʻ hududidagi DXX chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari uchun xizmat uylarini qurish (“Qishloqqurilishinvest” IK tomonidan ishlab chiqilgan hamda hududlarda qurilgan koʻp qavatli 30 xonadonli turar joy binolari namunasida).* xonadon 72 13000 2021-yil Respublika budjetidan Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, “Qishloqqurilishinvest” IK, DXX chegara qoʻshinlari, Surxondaryo viloyati hokimligi Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash 13. “Toltoʻgʻay”, “Bobotogʻ”, “Oqmachit”, “Yangiobod” mahallalari aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 12 km masofada 0,4 — 10 kV havo elektr uzatish tarmogʻini qurish va 6 dona TP 10/0,4 kVtli transformator punktlarini oʻrnatish. dona 6 dona 1500 2021-2022-yillar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 14. “Toltoʻgʻay”, “Bobotogʻ”, “Oqmachit”, “Yangiobod” mahallalari aholisini uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash uchun 110 kV havo elektr uzatish tarmogʻini mukammal taʼmirlash. km 42 480 2021-yil “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 15. Bobotogʻ hududidagi Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan Bobotogʻ bojxona posti va 9220-harbiy qismga qarashli qoʻriqlash postini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash va aholi isteʼmolchilaridan ajratish maqsadida yuqori kuchlanishli uzunligi 1 km kabel tarmogʻini tortish. km 1 150 2021-yil Mahalliy budjetdan Surxondaryo viloyati hokimligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Gaz taʼminotini yaxshilash 16. Bobotogʻ hududidagi aholi xonadonlarini gaz ballonlari bilan taʼminlash. dona 400 130 2021-yil “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari “Hududgaz Surxondaryo” GTF 17. Bobotogʻ hududidagi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballon tashuvchi maxsus ISUZU rusumli avtotransport vositasini ajratish. dona 1 370 2021-yil “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari “Hududgaz Surxondaryo” GTF 18. Bobotogʻ hududidagi aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida oylik gaz fondini 60 tonnaga yetkazish. tonna 720 2021-yil “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari “Hududgaz Surxondaryo” GTF Yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish 19. Bobotogʻ hududidagi 4K 620 “Denov sh.-Bobotogʻ massivi Oqmachit q.” avtomobil yoʻlining 60 — 65 km oraligʻini joriy taʼmirlash va piyodalar yoʻlagi qurish. km 5 5000 2021-yil Respublika budjetidan Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 20. Bobotogʻ hududidagi “Yangiobod”, “Toltoʻgʻay”, “Oqmachit”, “Bobotogʻ” mahallalari hududidagi ichki yoʻllarni joriy taʼmirlash. km 20 5000 2021-2022-yillar Mahalliy budjetdan Surxondaryo viloyati hokimligi 21. Bobotogʻ hududidagi 4K 620 “Denov sh.-Bobotogʻ massivi Oqmachit q.” avtomobil yoʻlining 78 km da lotokobrot (sel yoʻlagi) oʻrnatish. dona 1 400 2021-yil Mahalliy budjetdan Surxondaryo viloyati hokimligi 22. Bobotogʻ hududidagi Qoplonsoy, Toshliselka va “Izolyator” massivlarining sel kelish yoʻlida joylashgan “Chinor” MFYning Namuna qishlogʻidagi sel yoʻlagini qayta rekonstruksiya qilish hamda koʻprikni taʼmirlash. km 1 400 2021-yil Mahalliy budjetdan Surxondaryo viloyati hokimligi Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash 23. Investitsiya dasturiga kiritilgan “Bobotogʻ” aholi punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan qurilish ishlarining 3-bosqichini amalga oshirish.* km 37,6 4500 2022-yil Respublika budjetidan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Aloqa kommunikatsiya xizmatlarini yaxshilash 24. “Bobotogʻ”, “Oqmachit”, va “Toltoʻgʻay” mahallalarida mobil aloqa qamrovini yaxshilash maqsadida mavjud BSlar 3G/4G texnologiyasini modernizatsiya qilish. dona 3 100 2021-yil “Oʻzbektelekom” AK va kredit mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 25. “Yangiobod” mahallasida mobil aloqa qamrovini yaxshilash maqsadida yangi BS oʻrnatish. dona 1 500 2021-yil “Oʻzbektelekom” AK va kredit mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 26. Bobotogʻ hududidagi ijtimoiy soha obyektlarini internet xizmatlari bilan taʼminlash. km 30 300 2021-yil “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jami: 72 013 Shundan: Respublika budjetidan 62 183 Mahalliy budjetdan 6 450 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlaridan 2480 “Oʻzbektelekom” AK va kredit mablagʻlari 900
* Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng, bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga 6-ILOVA
Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy
TUZILMASI
boshqaruv xodimlari soni jami: 25 nafar
** — hokim oʻrinbosari maqomida
