42-modda. Arbitraj sudi tomonidan tayinlangan ekspert
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, arbitraj sudi:
1) arbitraj sudi tomonidan belgilanadigan aniq masalalar boʻyicha oʻziga xulosa taqdim etilishi uchun bir yoki bir necha ekspertni tayinlashi mumkin;
2) tarafdan ekspertga ishga taalluqli har qanday axborotni taqdim etishni yoki ishga taalluqli har qanday hujjatlarni, tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni koʻzdan kechirish uchun berishni yoxud koʻzdan kechirish imkoniyatini yaratishni talab qilishi mumkin.
Taraflarning boshqacha shartlashuvi mavjud boʻlmagan taqdirda, ekspert, agar taraf iltimos qilsa yoki arbitraj sudi zarur deb hisoblasa, oʻzining yozma yoki ogʻzaki xulosasi taqdim etilganidan keyin taraflarga unga savollar berish va nizoli masalalar boʻyicha koʻrsatuvlar berish uchun guvoh-ekspertlarni tanishtirish imkoniyati beriladigan eshituvda ishtirok etishi kerak.
