30-modda. Taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Arbitraj sudi tomonidan belgilangan taʼminlash chorasi majburiy kuchga ega deb tan olinadi va, agar arbitraj sudi tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunning 31-moddasi qoidalariga rioya etilgan taqdirda, arbitraj joyidan qatʼi nazar, sudga murojaat etish orqali ijroga qaratiladi.
Taʼminlash chorasini tan olishni yoki bajarishni soʻrayotgan yoxud iltimosnomasi qanoatlantirilgan taraf ushbu taʼminlash chorasining har qanday bekor qilinishi, toʻxtatib turilishi yoki oʻzgartirilishi toʻgʻrisida darhol sudga xabar qiladi.
Agar sud lozim deb topsa, soʻrayotgan taraf tomonidan tegishli taʼminot taqdim etilishi toʻgʻrisida, agar arbitraj sudi bungacha taʼminot taqdim etish borasida ajrim chiqarmagan boʻlsa yoki bunday qaror uchinchi taraflarning huquqlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa, farmoyish berishi mumkin.
